Elimov!- deydigan bola bo„lishi uchun
“Bolamov!”- deydigan el bo„lishi kerak
‖,- der edilar. Shoir ana shu haqiqatni:
Shoir bo‗lsang bo‗lsin qalbing
Elga qurbon bo‗lgulik.
Shoir bo‗lsang, bo‗lsin xalqing
Senga qalqon bo‗lgulik
deya poetik ifoda qiladi. Chindan ham shoirdan fidoyilik talab qiladigan xalq
fidoyi shoiriga qalqon bo‗la olishi ham lozim.
E.Vohidovning «
Arslon o„ynatuvchi
» she`ri – XX asr o‗zbek milliy
poeziyasining jiddiy yutuqlaridan biri. Bu she`r qaramlik, mutelik va erksizlikka
qarshi o‗tkir poetik aybnomadir. She`rda erksizlik dunyosining shafqatsizligi, kun
ko‗rish tashvishi nafaqat odamzod, balki umuman, tirik mavjudotni har ko‗yga
solishi mumkinligi butun keskinligi bilan ko‗rsatiladi. She`rda kishilarni bir-biriga
ko‗rinmas kishanlar bilan bog‗lab tashlagan ehtiyojning qudrati ochib beriladi.
She`rda hayvonlar podshosi bo‗lmish qudratli arslonni charsillab yonib turgan
olov halqa ichidan sakrab o‗tishga majbur qilgan, shunday qudratli jonliqni jisman
ojizgina odamga qaram, befarq olomonga esa ermak qilib qo‗ygan bilgisiz kuch
nima ekani haqida mushohada yuritiladi. Muallif hodisaning sirtiga emas,
mohiyatiga nazar tashlaydi. Chuqur poetik tahlil va nozik tasvir orqali haqiqiy
aybdor tsirk maydonidagi arslon ham, hayvon o‗ynatuvchi ham, tomoshabin ham
emas, balki sahna ortidagi ayovsiz hayot ekani ko‗rsatiladi. Ularning biriga
qamchi, boshqasiga qafas, o‗zgalariga chipta bergan qudrat tirikchilik ekani ta`sirli
10
yo‗sinda ifoda qilinadi. Arslonning ta‘nalariga o‗rgatuvchi bergan javobning
ta`sirli ifodasi asar mohiyatini aks ettirishi jihatidan beqiyosdir:
Netay, men ham egalik qul,
Boshda xo‗jam bor,
G‗azab qilsa,
Ko‗zlarimga dunyo bo‗lar tor.
Menda-ku dard, iste`dod bor,
Bor andak sehr,
Hech bo‗lmasa hayvonotga
Shafqatu mehr!
Tomoshagoh egasi kim
Mening qoshimda!
Ammo qamchi o‗ynatar u
Doim boshimda.
Holatimni tushun,
Isyon qilma, birodar,
Charx oldida ikkimiz ham
Asli barobar.
...Goh jonimdan o‗tsa zulm
Na`ra tortaman,
Lekin bundan
Faqat boshga balo ortaman.
She`rning mana shu o‗rinlarida hayotning nechog‗lik chigal va
tushunarsizligi, sirtdan qaraganda qudratli hokim ko‗ringan kishining aslida nochor
mahkum ekani g‗oyat samimiy aks ettirilgan. Asarning xotimasi kutilmagan
darajada hayajonli:
Bu so‗zlarga chidolmadi,
To‗lg‗ondi arslon:
— Bo‗ldi, bas qil!
Yuragimni qon qilma, inson!
O‗t olsin bu charxi falak
Rizqu ro‗zini!..
Arslon olov chambarakka
Otdi o‗zini.
Bu satrlarda ehtiyoj oldida odamu jonliqning har ko‗yga tushishi, ilojsiz va
nochorligi holati o‗ta ta`sirli aks ettirilgan.
«
Tush
» she`rida shoir odamning tushi bilan uning arosatdagi mudroq, lanj
o‗ngini muvoziy tasvirlaydi. She`rning lirik qahramoni mudrab yurgan elga
qo‗shilib, o‗zining ham mudragan ko‗yi asta sudralib borayotgani holatini takror-
takror tushida ko‗radi: «
Do'stlaringiz bilan baham: |