Ammo shoir she`riyati, undagi latofat va falsafiylik, o‗ziga xos joziba va sevimlilik
mohiyati hali to‗liq namoyon bo‗lmagandek tuyuladi. Shu bois shoir she`riyati
borasida qancha ko‗p mulohaza yuritilsa va yozilsa, faqat va faqat ko‗ngil istagi
38
o‗zi xam uning keng bilimi, tariximiz, mumtoz adabiyotimizdan chuqur
xabardorligidan dalolat beradi,
E.Vohidovning ―Ishq savdosi‖ nomli saylanmasiga kirgan she`rlari
shoirning mumtoz adabiyotimiz, uning vakillari ijodidan yaxshigina voqif
ekanligini anglatadi. Shoir she`rlarida mumtoz adabiyotimiz an`analarini
quyidagilarda ko‗rish mumkin.
1. Mumtoz shoirlarimiz she`rlari ta`sirida, ular ruhi va shaklida yaratilgan
ijod namunalari.
2. Shoir she`rlarida mumtoz shoirlarimiz tilga olingan misralar.
3. Sharq adabiyotida mashhur bo‗lgan an`anaviy obrazlar talqini.
4. Shoir she`rlarida mumtoz she`riyat shakllari haqidagi qaydlar.
5. E.Vohidov she`rlarida mumtoz adabiyotimizga xos badiiy vosita va she`riy
san`atlarning qo‗llanishi va boshqalar.
E.Vohidovning bir turkum she`rlari bizni o‗tmish bilan bog‗laydi. Mashhur
ajdodlarimizni hozirgi zamonga yaqinlashtiradi. Biz Afrosiyob, Al Xorazmiy,
Beruniy, Forobiy, Muqanna, Firdavsiy, Umar Xayyom, Hofiz Sheroziy
,
Ulug‗bek,
Navoiy, Bobur, Fuzuliy, Mashrab, Nodira, Muqimiy, Furqat kabi ulug‗ zotlarning
siymosini his qilgandek, ularning dardli, hazin nidolarini eshitgandek bo‗lamiz.
Adabiyotshunos I.G‗afurovning mana bu fikrlari ayni haqiqat: ―E.Vohidov
zamondoshimiz. U o‗zi bilan birga she`r xazinalarini olib yuradi. Uning bilan birga
Navoiy yurgandek, Fuzuliy yurgandek, Gyote yurgandek, Geyne yurgandek,
G‗afur G‗ulom, Hamid Olimjon, Cho‗lpon yurgandek…‖ [1, 7]
E.Vohidovning mazkur ―Saylanma‖siga kirgan aksariyat asarlarida, ayniqsa,
―Yoshlik devoni‖ga kirgan she`rlarida mumtoz shoirlarimiz ta`siri, mumtoz
she`riyatimiz an`analari aniq sezilib turadi. Shoirimizning mumtoz adabiyotimizga
bo‗lgan cheksiz muhabbati namoyon bo‗ladi. E.Vohidovning ―Bandi zulf‖,
―Ko‗zing‖, ―Kiprigingdan o‗q uzib‖, ―Yo‗q emish orzuda ayb‖, ―Senga baxtdan
taxt tilarman‖, ―Dostonga yoz‖, ―Samar bo‗lg‗ay‖, ―Hijron yuki‖, ―Uyg‗otmagil‖,
―Rashk‖, ―Xazina‖, ―Hofizga‖ kabi she`rlarida mumtoz she`riyatimiz xos uslub,
g‗oya, ohang ko‗zga tashlanadi. Ayni paytda, ko‗pgina she`rlarda mumtoz
she`riyatimizga xos so‗z, ibora, atama, tushuncha, obraz va timsollar ishlatilgani
kuzatiladi. ―Azganush‖ he‘ridagi ―orazi gul‖, ―sochi sunbul‖, ―parivash‖; ―Tun
bilan yig‗labdi bulbul…‖ she`rida ―bulbul‖, ―g‗uncha‖, ―sabo‗, ―sanam‖,
―Bisitun‖; ―Surma‖ she`ridagi ―surma‖, ―mayxona‖, ―mastonavor‖, ―g‗am tog‗i‖;
―Yo‗q emish orzuda ayb…‖da ―sayd‘, ‗sayyod‖, ‗dom‘, ‗ohu‖, ―band‘, ―jodu‖,
―ishq‘, ―ishq domi‖, ―kahrabo‖; ―Uzum‖ she`rida ―mashshota‖, ‗xum‘, ‗qadah‘,
―gulgun‖, ―sharob‖, ―may‖, ―devon‖; ―Zamon‖ she`rida ―charx‖, ‗falak‖,
―kajraftor‘, ‗zolim‖, ―badxu‖, ―bevafo‖, ―Xayyom‖, ―may‖, ―sayyor‖, ―ohu‖,
―fitna‖ ―fano‖, ―g‗azal‖, ―nazm‖ kabilar fikrni tasdiqlaydi.
Shoirning ba`zi she`rlarida mumtoz shoirlarimiz, ayniqsa, Navoiy asarlarida
singdirilgan g‗oyalarga mos mulohazalar bildirilgan. Navoiyning asarlarida,
xususan, ―Xamsa‖da inson umri, hayoti bilan bog‗liq qarashlar bayon qilingan.
Navoiy inson vafot etish uchun tug‗iladi, deydi. E.Vohidovning ―Insoniyat tarixi‖
she`rida ana shu mazmun sigdirilgan. Mana, shoirning xulosasi:
39
Olimlar donishmandi
Shunda debdi: xoqonim,
Odamlar tug‗iladi,
G‗am chekadi, o‗ladi,
Insoniyat tarixin
Mazmuni shu bo‗ladi [1, 102].
E.Vohidov Navoiy g‗azallarini teran anglaydi. Ularni hech bir olimdan kam
bo‗lmagan holda sharhlay oladi. 1991-yil chop etilgan ―Alisher Navoiy. G‗azallar.
Sharhlar‖ [2] kitobida mumtoz adabiyotimiz bilimdonlari S.G‗anieva, N.Komilov,
Muhammad Ali, J.Kamol, A.Abdug‗afurov, I.Haqqulovlar qatorida shoirimiz
tomonidan tahlil qilingan Navoiyning ―Junun vodiysida‖ g‗azali sharhi kiritilgan.
Tahlil shoirona badiiy ifoda bilan olimga xos teran mushohada uyg‗unligini
o‗zida singdirgan. G‗azal tahliliga o‗tish jarayonida bildirilgan mana bu fikrlar
Navoiyga bo‗lgan ulug‗ muhabbatni anglatadi: ―Navoiy baytlari bizning
hayotimizga bolalikdan, dastlabki o‗qish kitoblari bilan kirib keladi. Biz ilk bor
buyuk shoirni donishmand muallim sifatida taniymiz… So‗ng o‗smirlik, yigitlik
faslida bizga Navoiy muhabbat, vafo darsini beradi‖ [3, 89]. Shoir she`rlarida
Navoiy o‗zgacha bir mehr, e`tiqod bilan eslanadi.
Navoiydek bobosi borligidan ko‗ksi qalqonligidan masrur shoir ko‗p
she`rlarida buni ifodalaydi. Navoiy va Fuzuliy she`rlarini hayoti mazmuni ekanligi,
ularsiz ko‗k ham tatimasligini uqtiradi.
―Kosmonavt va shoir‖ she`rida ana shu mazmun mavjud:
Navoiyning, Fuzuliyning she`rlarini
Olar edim, olar edim men barini.
Bularsiz men uchmoqqa hech rozimasman,
Fazolarga kuchmoqqa hech rozimasman [4, 56].
Shoirning ―Debocha‖ she`rida Mir Alisher, ―O‗zbegim‖ qasidasida Navoiy,
―Uzum‖ she`rida Navoiy nomlari tilga olinadi. Fuzuliy, Boburlar kabi Navoiy
g‗azaliga muxammas bog‗lanishi ham ko‗p narsani bildiradi. ―Hijron yuki‖
she`riga Navoiyning mashhur g‗azalidan ―Aylagin jondin judo Etguncha jonondin
judo‖ misrasini epigraf qilib keltirilishi, shu ruh va mazmunda misralar bitish
shoirning ulkan iqtidoridan nishonadir.
E.Vohidov she`rlarida Sharq adabiyotida tez-tez uchraydigan an`anaviy
obrazlar ham uchraydi. Mumtoz adabiyotimizda sevgi-muhabbat timsollari
hisoblangan Farhod, Shirin, Layli, Majnun, Qays, Laylo kabilarni shoir she`rlarida
ham ko‗ramiz. Ba`zi o‗rinlarda lirik qahramon o‗zini Farhod va Majnunlarga
qiyoslasa, boshqa bir misralarda ishq va jafokashlikda ulardan ustunligini,
mahbubasi ham go‗zallikda Shirin va Layli yoki Laylodan ortiqligini sevinch bilan
tasvirlaydi. Agar ―Yoshlik‖ she`rida yoshlik – bu sevish va sevilish davri, ishqu
oshiqlik onlari, ya`ni Majnunu Laylilik fasli ekanligini uqtirsa, ―Visol sog‗inchi‖da
yor visoli umidida Farhodu Majnundan-da dardli holga tushganini bayon etadi:
Gar sog‗inchim sharhin aytsam
Yondirar Farhod o‗zin,
Yo ochay Majnunga dardim,
40
Ul-ku mendan sog‗rog‗ (1, 194).
Shoirning she`rlarida mumtoz adabiyotimiz shakllari – janrlar ham qayd
etilgan. G‗azal, muxammas, musaddas kabilar tilga olingan. ―Yoshlik‖ she`rida:
Na bir g‗azal, na bir musaddas,
Uning o‗zi she`rdan muqaddas (1, 43).
Mumtoz adabiyotimizda badiiy san`atlarning alohida o‗rni bor. Ular she`r
badiiyatini oshiradi. Shoirning yuksak mahoratini ko‗rsatadi. E.Vohidov
she`rlarida ham tazod, tashbeh, tajnis atamalari va ular singdirilgan she`rlarni
uchratamiz. Tazodning yuksak namunasini ―Barcha shodlik senga bo‗lsin‖,
―Dutorim tori ikkidur…‖ she`rlarida ko‗rish mumkin. Mana bu misralar mumtoz
she`riyatimiz ruhiga hamohang:
Sen shahanshohlikni olgin,
Menga qullik bo‗lsa bas,
Bor jafokorlik senga-yu,
Bor vafodorlik menga [1, 117].
Umuman, bunday mulohazalarni ko‗plab keltirish mumkinki, shularning o‗zi
ham
E.Vohidov
she`riyati
mumtoz
adabiyotimiz
an`analarini
o‗zida
mujassamlashtirganini ko‗rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Vohidov E. Ishq savdosi. Saylanma. 1-jild. – T.: Sharq, 2000.
2. Alisher Navoiy. G‗azallar. Sharhlar. – T.: Kamalak, 1991.
3. Vohidov E. Junun vodiysida . / Alisher Navoiy. G‗azallar. Sharhlar. – T.:
Kamalak, 1991.
4. Vohidov E. Ishq savdosi. Saylanma. 1-jild. – T.: Sharq, 2000.
Do'stlaringiz bilan baham: