davomida shakllanib, taraqqiy etib kelgan she`riyat o‗tgan asrning 60-yillariga
kelib, yana bir bor yuksalish jarayonini o‗z boshidan kechirdi. Bu davrga kelib
adabiyotda, xususan, she`riyatda yangicha talqinlar, tuyg‗ular ifodasi yana-da,
teranroq ifodalana boshladi. Bu jarayonda iste`dodli shoir Erkin Vohidovning
o‗ziga xos o‗rni mavjud. Yangilanishga harakat etayotgan she`riyatning turfa xil
36
Erkin Vohidovning o‗nlab she`riy asarlarida Vatan, millat, uning erki,
ozodligini ifodalovchi asarlar o‗rin oldiki, bularning zamirida lirik qahramonning
ruhiy-ma`naviy istiroblari, o‗zlikni anglashga bo‗lgan intilishlari go‗zal tashbehlar
asosida talqin etilgan.
Adabiyotshunos Umarali Normatov qayd qilib o‗tganidek: ―Zamin, zamon
va inson tashvishlariga hamdardlikb oddiy kundalik hodisalarida katta insoniy
muammolarni ko‗ra bilishb, ulardan umumbashariy ma`nolar qidirish, o‗sha
kezlari o‗zini hayajonga solgan masalalarni dadil o‗rtaga qo‗yib, ularga javob
izlash, odamlar e`tiborini jalb etish – bu davrdagi eng yaxshi doston va she`rlariga
xos xususiyatidir‖ [1, 132].
Darhaqiqat, shoir lirik qahramonidagi mavjud dard va alamlar kitobxon
qalbini larzaga solar, hayotga, tarixga teranroq nazar solishga undar edi. SHu
jihatdan, o‗tgan asr boshlaridagi A.Qodiriy, Cho‗lpon, Fitratlar boshlagan
an`analarni izchillik bilan she`riyatda, ya`ni o‗z ijodida davom ettirdai. 70-
yillarning so‗ngida yaratilgan ―Ruhlar isyoni‖ asarida makon va zamonni Hind
o‗lkasiga ko‗chirib, asar qahramoni Narzul Islom obrazi misolida, millatimiz tarixi,
uning erki, ozodligi, Ona-Vatanning mustaqilligini, shaxs erki kabi mavzularni
baralla talqin etganligi bilan izohlash mumkin.
Yoki, Cholpon boshlagan Turkiston birligi, uning ozodligini ifodalovchi bir
qator asarlari maydonga keldiki, bularning zamirida Ona-Vatan erki va ozodligi
haqidagi mulohazalar o‗z ifodasini topgan edi. Masalan: ―Turkiston bir, vatan bir‖
she`ridan o‗rin olgan quydagi misralarga e`tibor qarataylik:
Qadim ona bu tuproq,
Turkiston bir, vatan bir.
Bizga jondan azizroq
Turkiston bir, vatan bir
Al-Beruniy yodi bor,
Yassaviy faryodi bor,
Qashg‗ariy ijodi bor,
Turkiston bir, Vatan bir yu... [2, 202]
Yuqorida qayd qilgan mavzularni Erkin Vohidov mazmunan boyitib, lirik
qahramon kechinmalari asosida parchalangan Turkistonning birligini, Vatanning
ajralmas tarixi borligiga e`tibor qaratadi. Shuning uchun ham boshqa bir o‗rinda
qayd etilganidek:
Yovlar pora qilgan tan,
Xomtalmsh bo‗lgan vatan.
Oh, bo‗lurmi qaytadan
Turkiston bir, Vatan bir... misralarida lirik qahramonning qalb to‗la
armonlari, umidlari mujassamlashgan. ―Vatan qadri‖ nomli she`rida esa, Vatanning
ulug‗ligini, unga bo‗lgan muhabbatini, undan-da, aziziroq narsa yo‗qligini juda
go‗zal misralarda mujassamlashtiradi:
Ey, vatandoshim, eshit
Boburu, Furqat nolasin,
Besabab anduh tig‗ida
37
Bag‗rini tilmas kishi,
Bilma, farzandim, vatan hajrini,
Lek qadrin bil –
Kim vatan qadrin bilmas,
Angla, komilmas kishi.
Shoir lirik qahramon asosida, uning inja tuyg‗ulari orqali haqiqatga tik
qaraydi. Bu haqiqatning zamirida, vatanga bo‗lgan muhabbat bilan bir qatorda,
uning erki, ozodligi, go‗zalligini anglash, vatanga bo‗lgan e`tiqodni his eta olish
tushunchasi mujassamlashgan. Shu bilan birgalikda, hayotning yashashning
mohiyatini anglash, tushunish falsafasi ham o‗z ifodasini topgan. Vatan haqida
she`r yozmagan ijodkor deyarli mavjud emas, ammo iste`dodli ijodkorning Vatan
haqidagi she`rlaridagi tarix, o‗tmiz voqeligi shunday tashbehlar, talmehlar asosida
betakrorlik kasb etadi.
Xullas, ma`lum bir davrdagi mafkuraviy ziddiyatlarga qaramasdan, Erkin
Vohidov ijodida Vatan mavzusi falsafiy misralar zamiriga singdarildiki, bu
tushunchani o‗nlab she`rlari yoki birgina ―O‗zbegim‖ qasidasi misolida asoslash
ham mumkin. Xalq taqdiri, vatan erki, ozodligi kabi tushunchalar zamirida ona-
Vatanga bo‗lgan muhabbat, sadoqat mujassamlashgan.
Istiqlol yillarida ham bu mavzu shoir ijodida yana-da, falsafiy tushunchalar
zamiriga singdirilib, olam va odamni anglash, o‗zlikni qidirish, komil inson kabi
badiiy-estetik talqinlarni yuzaga chiqishiga asos bo‗ldi. Bu kabi tasvirlar
uyg‗unligini ―Kuzatish‖, ―O‗zbekiston bog‗lariga qaytib keldi bulbullar‖, ―Kel, ey
Bobur Vatanga...‖ kabi o‗nlab asarlar misolida isbotlash mumkin.
Umumun olganda, shoir she`riyati millatni uyg‗onishi, o‗zlikni anglashi,
komil inson sifatida Vatanga bo‗lgan muhabbat tushunchalari bugungi yoshlarni
tafakkur qilishga, mulohaza yuritishga, sadoqatga, haqiqatga tik qarashga undaydi.
Adabiyotlar:
1.
Normatov U. Ijod sehri. – Toshkent: Sharq, 2007. – 352 b.
2.
Vohidov E. Umrim daryosi. Saylanma, 3-jild. – Toshkent: Sharq, 2001, - 400
b.
Do'stlaringiz bilan baham: