Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi


BOSHLANG„ICH SINF O„QISH DARSLARIDA BADIIY MATNLARNI



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

BOSHLANG„ICH SINF O„QISH DARSLARIDA BADIIY MATNLARNI 

TAHLIL QILISH YO„LLARI 

Zuhra KOMILOVA,

  

 



o„qituvchi (Guliston) 

Badiiy  asar  ustida  ishlash  va  uning  asosiy  bosqichlarini  belgilashda 

o‗qituvchi  darsda  o‗qish  darslarining  ta`lim-tarbiyaviy  vazifalariga,  san`at  asari 

sifatida  badiiy  asarning  o‗ziga  xos  xususiyatlariga  va  kichik  yoshdagi 

o‗quvchilarning yoshlariga mos ravishda badiiy asarni idrok etish xususiyatlariga 

amal qilinadi.  

Badiiy  asarni  idrok  etishda  oldin  tayyorgarlik  ishlari  bajariladi,  ikkinchi 

sintezdan so‗ng esa o‗qigan holda asarga ijodiy xarakterdagi ishlar o‗tkaziladi.  




272 

 

Agar badiiy asar maqsadga muvofiq tahlil qilinsa, bolalar faollashadi, chunki 



o‗quvchi uchun badiiy asar analiz jarayonidir. 

Agar  o‗quvchilarda  bunday  bilim  bo‗lmasa,  asarni  o‗qishdan  oldin  bolalar 

tasavvurini  boyitish  va  unga  aniqlik  kiritishga  qaratilgan  tayyorgarlik  ishlari 

o‗tkaziladi.  O‗qituvchi  biron  bir  hikoyani  aytib  berishdan  oldin,  bu  hikoya  nima 

haqida, qaysi yozuvchi qalamiga  mansub, qisqa bo‗lsada shu yozuvchi yoki shoir 

haqida  ma`lumot  berish,  uning  sevgan  mashg‗uloti,  kasbi  haqida  o‗quvchilar 

saviyasiga  mos  hayajonli  qilib  aytib  beradi.  O‗qituvchining  badiiy  hikoyasi 

o‗quvchilarning badiiy asarga qiziqishini orttiradi.  

1-sinfda ta`limning boshlang‗ich bosqichida o‗qituvchi yozuvchi haqida juda 

qisqa  ma`lumot  beradi,  masalan:  o‗qish  kitobida  Q.Hikmatning  ―Do‗stlik‖ 

haqidagi  she`rni  o‗qishdan  oldin  o‗qituvchi  bolalarga  shoir  taniqli  bolalar  shoiri, 

she`rlarining  asosiy  qahramonlari  kattalarning  yordamchisi  bo‗lgan  bolalar 

hisoblanadi, deb shoirning kitoblarini ko‗rsatadi.  

Ma`lumki,  yaxlit  asarni  yaxlit  idrok  etish  muhim  bo‗lgani  uchun  maktab 

tajribasida asar ustida ishlashni shu asarni yoki uning bir darsda o‗rganishga yaxlit 

o‗qishdan boshlash odat bo‗lib qoldi. Hikoya, masal, she`rning mazmunini to‗g‗ri 

o‗qish matnning emotsional ta`sirini oshirish uchun ifodali o‗qish katta ahamiyatga 

ega.  Buning  uchun  asarni  o‗qituvchi  o‗qiydi.  Bu  vaqtda  o‗quvchilarning  kitoblari 

yopiq  bo‗ladi.  Asarni  yaxlit  idrok  etish  maqsadida  magnitafon  lentasidagi 

yozuvdan,  filmdan  foydalanish  mumkin.  Ba`zi  mantlarni  musiqa  sadosi  ostida 

ifodali o‗qib berish mumkin. Bu badiiy asarni ta`sirini kuchaytiradi, o‗quvchining 

estetik jihatdan rivojlanishiga imkon beradi.  

Asarni  birinchi  marta  o‗qilgandan  so‗ng  o‗tkazadigan  suhbat,  birinchidan, 

o‗quvchiga qanday ta`sir etganini bilish; 

Ikkinchidan, bolalarni matnni tahlil qilish bilan, qiziqtirish bilan darsda faol 

ishlashiga sharoit yaratish maqsadini ko‗zda tutadi. 

   O‗quvchilar asar mazmunini to‗g‗ri idrok etishlari tasavvurga borliq haqida 

ma`lum darajada aniq bilimga ega bo‗lishlari zarur. 

Badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi: 

1.  Asar  mazmunini  tahlil  qilish  va  to‗g‗ri,  tez,  ongli  ifodali  o‗qish 

malakalarini 

shakllantirish 

bir 

jarayonda 



boradi, 

asarning 

mazmunini 

tushuntirishga  oid  topshiriq  o‗quv  malakalarini  takomillashtirish  topshirig‗i  deb 

hisoblanadi. 

2.  Asarning  g‗oyaviy  asoslarini,  uning  obrazlari,  syujet  chizig‗i  va  tasviriy 

vositalarini  tushuntirish  o‗quvchilarning  shaxs  sifatida  umumiy  kamol  topishiga 

yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog‗lanishli nutqning o‗sishini ta‘minlaydi.  

3.  O‗quvchilarning hayotiy  tajribasiga tayanish  asar  mazmunini  ongli  idrok 

etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.  

4.  Sinfda  o‗qishga  o‗quvchilarning  bilish  faoliyatini  faollashtirish  va  atrof-

muhit  haqidagi  bilishlarini  kengaytirish  hamda  ilmiy  dunyoqarash  asoslarini 

shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi.  

Asarni  tahlil  qilishda  hisobga  olish  zarur  bo‗lgan  muhim  omillardan  biri 

uning  o‗quvchilarga  emotsional  ta`siridir.  O‗quvchilar  muallifning  asosiy  fikrini 



273 

 

tushunibgina  qolmay,  balki  muallif  hayajonlangan  voqealardan  ular  ham 



hayajonlansinlar,  loqayd  bo‗lmasinlar.  Matnni  tahlil  qilishda  o‗quvchida  fikr 

qo‗zg‗atish,  hayotiy  tajribasini  muallif  qayd  etgan  dalillarga  to‗g‗ri  kelish-

kelmasligini  aniqlashi  zarur.  Tahlil  davomida  asarning  estetik  qimmati,  badiiy 

go‗zalligi ham alohida qayd qilib o‗tiladi.  

Badiiy  asarda  borliqni,  voqeilikni  obrazlar  vositasida  tasvirlash,  ob‘ektni 

mazmun va sub‘ktiv bahoni konkret materialda berish haqidagi qoidalar metodika 

uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.  

Boshlang‗ich  sinf  o‗qish  darslarida  to‗g‗ri,  tez,  ongli  va  ifodali  o‗qishga 

o‗rgatish vazifani o‗quvchilarda asarni tahlil qilish bilan barcha amalga oshiriladi. 

O‗qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o‗zaro bog‗liqligi 

asarni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab turadi.  

Asarni tahlil qilishning uslubiy qoidasi asar mazmunini uning tasviriy ifodali 

vositalari  bilan  bog‗liq  holda  qarashdir,  yana  bir  asosiy  qoida  asar  ustida  ishlash 

jarayonida  ta`lim-tarbiyaviy  kompleks  ravishda  amalga  oshirish  hisoblanadi.  Bu 

qoidalar  asar  ustida  ishlashning  asosiy  yo‗nalishini  belgilaydi,  shuningdek  asarni 

tahlil qilish jarayonida o‗quvchilar bajariladigan topshiriqlarni va muhokama qilish 

uchun  o‗quvchilarga  beriladigan  savollarning  xarakterini  aniqlab  olishga  yordam 

beradi.  

Maktabda ya`ni o‗qish darslarida badiiy asarni tahlil qilish murakkab ijodiy 

jarayon  bo‗lib,  bu  jarayon  har  bir  sinfning  xususiyati  hisobiga  olingan  holda 

amalga 

oshiriladi, 

o‗quvchilarda  tasavvur  etish,  estetik  his-hayajonni 

rivojlantirishni ta‘minlaydigan turli metodlar qo‗llaniladi, badiiy adabiyotning har 

biri badiiy asarning o‗ziga xos xususiyati shuni taqozo etadi. 

O‗qish darslarida badiiy asarni tahlil qilish o‗quvchilarda biron bir hikoyani 

tanlab  o‗qish  bilan  belgilanadi.  Bunda  o‗quvchi  matnning  berilgan  vazifaga 

asarning  faktik  mazmunini  oydinlashtirish,  sabab  natija  bog‗lanishini  belgilash 

badiiy  xususiyatlarni  ochish  o‗qilgan  matnga  o‗z  shaxsiy  munosabatini 

ifodalashdan iborat bo‗lishi mumkin.  

O‗qish  darslarida  tanlab  o‗qishning  yana  ham  murakkabroq  turi  matndan, 

sabab-natija munosabati bilan bog‗langan faktlarni taqqoslashni, umumlashtirishni 

talab  qiladigan  o‗rinlarni  topib  o‗qish  hisoblanadi.  Bunda  o‗quvchi  biror 

qatnashuvchi  shaxs  o‗zini  qanday  tutishni  tasdiqlash  uchun  matndan  material 

tanlab o‗qiydi.  

Tanlab  o‗qish  ongli  va  ifodali  o‗qish  malakasini  shakllantirishning  badiiy 

asar  ustida  ishlash  ko‗nikmasini  shakllantirish  bilan  birga  qo‗shib  olib  borishga, 

bolalarning ijodiy va estetik tasavvurini, nutqi va zehnini o‗stirishga imkon beradi, 

shuning  uchun  undan  o‗qish  darslarida  keng  foydalaniladi.  O‗quvchilar  asarni 

mustaqil  ravishda  qismlarga  bo‗la  olish,  har  bir  qismga  sarlaha  topishga,  asarga 

mos rejani tuzishga asta-sekinlik bilan o‗qish darslarida o‗rgatib boriladi.  

Boshlang‗ich sinf o‗quvchilari bilan ishlashda badiiy so‗z katta o‗rin tutadi. 

Bolalar xalq ertaklari, afsonalar, dostonlar, hikoyalar eshitishni yaxshi ko‗radilar.  



274 

 

Bolalar  adabiyoti,  avvalo,  o‗zining  qiziqarli  mazmuni,  badiiy  obrazlarning 



go‗zalligi,  tilning  ifodaliligi,  she`riy  so‗zlarning  musiqaviyligi  bilan  bolalarga 

quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta`sir ham ko‗rsatadi.  

Badiiy  asarni  o‗qib  berishdan,  hikoya  qilib  berishdan,  she`r  yod  olishdan 

avval  albatta  tayyorgarlik  ishlari  o‗tkazilishi  kerak.  Ko‗pgina  muallimlar,  olimlar 

badiiy  asarlar  bilan  tanishtirish  mashg‗ulotini  yangi  so‗zlarni  o‗zlashtiruvchi 

manbaga  aylantirib  yubormaslikni  uqtiradilar.  Badiiy  adabiyotlarni  foydalanilgan 

mashg‗ulotlar g‗oyat osoyishta sharoit yaratilishini talab etadi.  

Muhimi,  badiiy  asar  mazmunidagi  hech  bir  narsa  bola  e`tiboridan, 

eshitishidan chetda qolmasligi kerak. 

Kuzatuvlar  shuni  ko‗rsatdiki,  bolalar  yangi,  hajmi  jihatidan  katta,  tili 

jihatidan  sermazmun  bo‗lgan  asarlar  bilan  tanishtirishning  ―so‗zlarni  o‗zgartir‖ 

(tushuntir)  degan  mashq  tarzida  belgilash  yaxshiroq.  Bu  mashq  o‗qituvchiga 

bolalar  u  yoki  bu  so‗zlarni  qanday  tushunadilar,  so‗zlarni  sinonimlar  bilan 

almashtira oladilarmi va shunga o‗xshash holatlarni aniqlab olishga yordam beradi. 

Ayniqsa  eng  asosiysi-bu  mashq  bolalar  uchun  yangi  so‗z  bo‗lgan  so‗zlarni, 

jumlalarni esda saqlab qolishga, voqea va xodisalarni aks ettiruvchi so‗zlar asosida 

ularning xotira va nutqini boyitishga yordam beradi.  

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.Jumaboyev M. O‗zbek bolalar adabiyoti. – T.: O`zbekiston, 2002. 

2. Jumaboyev M. O‗zbek va chet bolalar adabiyoti. – T.: O`zbekiston. 2002. 

3.Qosimova  K.  va  boshqalar.  Ona  tili  o‗qitish  metodikasi.  –  T.:  Noshir. 

2009. 



Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish