MAKTABGACHA TA`LIMDA ERKIN VOHIDOV IJODINI
O„RGATISHNING O„ZIGA XOSLIGI
Dilrabo OLIMOVA,
I bosqich magistrant (NamDU),
So‗nggi yillarda ta`lim sohasida asosiy o‗zgarishlar uning mazmuni, usullari
va tashkiliy shaklida ro‗y bermoqda. Axborot almashinuvining globallashuvi,
dunyoning o‗zgarishi, odam imkoniyatlarining ortishi adabiyot o‗qitishga
tamomila yangicha yondashish zaruriyatini keltirib chiqardi. Bugungi inson badiiy
asarga yaqin o‗tmishdagi kabi taqlid vositasi, ibrat yoxud o‗rnak manbai
sifatidagina qaramaydi. XXI asr kishisi uchun badiiy adabiyot butunlay o‗zgacha
mohiyat kasb etadi. Davr o‗zgarishi bilan badiiy adabiyotning mohiyati ham,
adabiyotni o‗quv fani sifatida o‗qitish jarayonini uyushtirish yo‗sinlari ham jiddiy
o‗zgarishlarga uchraydi. Shularga tayyor bo‗lmagan mutaxassis samarali
pedagogik faoliyat ko‗rsata olmaydi.
264
Maktabgacha ta`lim sohasi mazkur tizimning ilk bo‗g‗ini hisoblanadi va
butun talim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi – barkamol avlodni tarbiyalashga
erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha davr – bu bolaning o‗sish,
rivojlanish, o‗zini namoyon etishga intilish, o‗rganishga, bilishga ishtiyoqi kuchli
bo‗lgan davrdir. Aynan shu davrda bolaning insoniy sifatlari va aqliy salohiyati
rivojlanishi uchun poydevor yaratiladi. Maktabgacha yoshdagi bola bilan ta`lim-
tarbiya qanchalik erta boshlansa, samarasi shunchalik erta namoyon bo‗ladi va
bolaning butun hayotiga ijobiy ta`sir qiladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasining asosiy vazifasi – har bir bola shaxsini
yosh bosqichiga mos tarzda sifatli rivojlantirish va uni navbatdagi ta`lim
bosqichiga puxta tayyorlashni ta'minlash hamda muassasada ijobiy muhit va zarur
sharoit yaratishdan iboratdir [1, 10].
Ma`lumki, badiiy adabiyotda bitmas-tuganmas ma'rifiy, axloqiy-ma`naviy,
badiiy-estetik imkoniyatlar mavjud bo‗lib, ular yoshlar shaxsining shakllanishi,
takomili va kamolga yetishuviga juda katta ta`sir ko‗rsata oladi. Bunday
imkoniyatdan maktabgacha ta`lim bosqichida foydalanish kichik yoshdagi
bolajonlar nutqini, fikrlash salohiyatini o‗stirishga, tasavvurlar olamini boyitishga
xizmat qiladi.
O‗zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov ijodi namunalaridan
―O‗lka‖, ―Ukamaning jangi‖ kabi she`rlari o‗rgatiladi. ―O‗lka‖ she`ri
tarbiyalanuvchilarning tug‗ilib o‗sgan yurtiga mehr, el-yurtidan faxrlanish va
g‗urur tuyg‗ularini o‗stirish kabi tarbiyaviy vazifani bajarishga yo‗naltiriladi. [2,
81] Mazkur she`rni tarbiyachi ifodali yod o‗qib berish orqali Vatan tuyg‗usini his
qildirishga erishadi. She`rning birinchi bandidagi ―Bog‗laringni sayr etganimda sen
bor eding qalbda, Vatanim‖ misralari shoirning qalbida jo‗sh urgan Vatanga mehr
hissini obrazli ifoda etishi; yer yuzidagi yuz ming millat, elat farzandlari ham shoir
kabi o‗z Vatanini eng go‗zal, eng maftunkor yurt deya uning bog‗lari, daraxtu
tog‗larini o‗z tilida madh etadi. Har bir niholu daraxtini shu yurtning bir qismi
sifatida e'zozlaydi, yurt go‗zalligini tarannum etadi:
―Jilmayadi o‗zida yo‗q shod
Yangi oy ham ketmay qoshingdan
Etak-etak olib koinot
Yulduzlarni sochar boshingdan‖ misrasi lirik kechinma yakunini ifoda etadi.
Tarbiyachi ko‗kdan Vatan husniga lol jilmayib turgan yangi oy; yulduzlarni ―etak-
etak olib‖ ko‗kdan sochayotgan koinot tasviriga xos obrazlilikni kichik yoshdagi
tinglovchilarga tushuntirishda shoir qo‗llagan tasviriy vositalarga izoh berib o‗tsa,
matnning tushunarli bo‗lishi ta'minlanadi. Shoirning o‗xshatish, jonlantirish,
mubolag‗a, poetik ko‗chim, sinekdoxa usulida tasvir yaratish mahorati tufayli
she`rning
ta`sirchanligi
ta'minlanganligi
asoslanadi.
Shu
yo‗l
bilan
tarbiyalanuvchilar Erkin Vohidov qalamiga mansub ―O‗lka‖ she`rini mexanik
tarzda, hissiz, tushunmay o‗qib qo‗ya qolmay, uni badiiy asar sifatida ta`sirlanib,
tushunib, hayajon bilan ifodali aytishga o‗rganadilar. Buning uchun she`rni, unda
ifodalangan poetik fikrning ma`nosini to‗la tushunishga yo‗llovchi savollardan
foydalanish lozim. Maktabgacha ta`lim muassasalarining 5-6 yoshli katta
265
guruhlarda badiiy adabiyot bilan tanishtirishda ushbu she`rdan foydalaniladi.
Xalq shoiri Erkin Vohidovning ―O‗lka‖ she`rini o‗rgatish jarayonida ham
ayni talablardan kelib chiqib matn bilan ishlanadi. Avval she`r tarbiyachi
tomonidan ifodali yod o‗qib beriladi. Yod o‗qish vositasida tarbiyachi she`rda
ifodalangan his-tuyg‗ularni, Vatanga muhabbat, el-yurtiga mehr hissini bolalarga
yuqtira oladi. Bolalar she`rda ifodalangan badiiy fikrni – uning g‗oyasini ifodali
o‗qish orqali ilk bor hissiy anglash imkoniga ega bo‗ladilar. ―Bog‗laringni sayr
etganimda Sen bor eding qalbda, Vatanim‖ misrasidan boshlab Vatan tuyg‗usi har
bir inson qalbida go‗daklikdan boshlab unib, ulg‗ayishiga e`tibor qaratiladi.
Go‗dak ona yerga ilk qadam qo‗ygan chog‗dan boshlab, uning go‗zalliklariga
oshno bo‗ladi, bahra oladi, ne'matlarini totib ko‗radi, mehr qo‗yadi. Hatto ona
yerda o‗sib ungan ming xil daraxt ham shu zaminda ildiz otgani uchun uni madh
etadiganday tuyuladi. Shoirga o‗z tasavvurlarini obrazli ifodalab: ―... Nur emadi
millionlab ko‗zlar ko‗kdan sening husnigga qarab‖, - deb yozadi shoir.
Keyingi misralarda esa bu tasavvurlar obrazli ifodalar. Tasvirdagi
jonlantirish, mubolag‗a kabi vositalar orqali yanada ta`sirchanlik kasb etadi:
―Jilmayadi o‗zida yo‗q shod
Yangi oy ham ketmay qoshingdan.
Etak-etak olib koinot
Yulduzlarni sochar boshingdan‖.
She`r ifodali o‗qilgach, she`r tahliliga yo‗naltiruvchi savollar bilan
bolajonlarni ―Zinama-zina‖ usulida fikrlashga undash mumkin. She`rda ming
yillardan ortiq tarixga ega, boy madaniy ma`naviy merosi ila dunyoga dong‗i
ketgan yurtimizga, uning insonparvar, mehmondo‗st xalqiga, buyuk ajdodlariga
nisbatan mehr, g‗urur tuyg‗ulari yuksak pafosda ifodalangan. Ayni his-tuyg‗ularni
o‗quvchi o‗z qalbidan kechirib, ko‗nglida Vatanga, ota-bobolariga, eliga mehr-
iftixorni tuyishi uchun she`rni ifodali aytishga o‗rgatish zarur.
Bundan tashqari 4-5 yoshli o‗rta guruhlarda Erkin Vohidovning ―Ukamning
janggi‖ she`ri ham o‗qib o‗rganiladi [2, 55] .
Ukam minib ―saman ot‖ini,
―Qilich‖ ushlab chiqibdi jangga,
Beshta dushman samolyotini,
Yiqitdim, deb maqtandi menga.
Avvaliga kuldim rosa ham,
Hazildir deb ukam so‗zini
So‗ng hovliga chiqib qarasam,
Yotar edi besh o‗lik ari.
―Ukamning jangi‖ she`ri orqali bolajonlar yaqinlari va atrofdagi odamlar
kayfiyatini payqay boshlaydilar. Ularda jasurlik, botirlik kabi xislatlar uyg‗ona
boshlaydi. Erkin Vohidovning ―Olma‖, ―Gilos‖ she`rlari kichik yoshdagi
tarbiyalanuvchilar yoshiga, qiziqishlari va tasavvurlar olamiga mos. Har ikki she`r
yosh bolalarda quvnoq kayfiyat uyg‗otadi. Olma tilidan: ―Men sizlarni olmangiz‖,
―Xomligimda olmangiz, Nortojiga o‗xshab so‗ng, voy qornim, deb qolmangiz!‖ –
deya ogohlantiruvchi misralarning yumorga boyligi bolalar ruhiyatiga yaqinligi
266
uchun ta`sirchanlik kasb etgan. Gilosning: ―Topsang qo‗shalog‗imni, qulog‗ingga
taqib ol‖, - deya murojaat etishi ham kichik yoshidagi tinglovchilar tasavvurini
boyitadi, obrazli fikrlashga o‗rgatadi.
Ushbu she`rlar matnidan so‗ng ham bir necha tahlilga yo‗llovchi savollar
berish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Natijada obrazli nutq va tasviriylik,
jonlantirish usulida obraz yaratish orqali badiiy ijodda ta`sirchanlikka erishish kabi
boshlang‗ich nazariy tushunchalarni o‗zlashtirish imkoniga ega bo‗ladilar.
Holbuki, muayyan she`rni shunchaki o‗qish bilan uni tushunib, zavqlanib o‗qish
orasidagi farq juda katta ekanini yaxshi bilamiz. Afsuski, maktabgacha ta`lim
bosqichida badiiy asarlardan namunalarni mexanik tarzda, mazmun-mohiyatini
to‗la idrok etmay yod o‗qish odatiy hol bo‗lib kelmoqda.
Ushbu she`rlar orkali bolajonlar obrazli nutq va tasviriylik, jonlantirish
usulida obraz yaratish orqali badiiy ijodda ta`sirchanlikka erishish kabi
boshlang‗ich tushunchalarni o‗zlashtirish imkoniga ega bo‗ladilar. MTMlarda
shoir ijodi namunalarini ―Klaster‖, ―Munozara‖, ―Kim eng bilag‗on?‖ kabi o‗yin,
musobaqa usulidagi mashg‗ulotlar orkali o‗rganish ham ta`lim va tarbiya
samaradorligiga olib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. «Ilk qadam» Maktabgacha ta`lim muassasasining Davlat o‗quv dasturi. –
T.: 2018 yil.
2. «Bolajon» tayanch dasturi. Takomillashtirilgan ―Bolajon‖ tayanch dasturi
O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziriligining 2016 yil 28-yanvardagi 1-
sonli hay'at yig‗ilishida tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |