kamolotga erisha olmasligini o‗z o‗quvchilari ongiga qalbiga singdirishi lozim,
Adabiyot o‗quvchisidan o‗zini doimiy sur‘atda kamol topdirib,o‗zida badiiylikka
moyillikni va ijodkorlikni o‗stirib borishni talab qiladi.Bu borada har bir dars qayta
takrorlanmaydigan o‗ziga xos ijodiy jarayon bo‗lishi o‗qituvchisi uning muallifi,
rejissori, ijrochisi sifatida o‗zini namoyon etishi lozim. Bu esa o‗quvchilarning
262
estetik zavqini oshiradi, ularning tafakkurini, his tuyg‗ularini rivojlantiradi,
ma`naviyatini shakllantiradi.
Shuningdek, adabiyot darslarida yozuvchi va shoirlarning tarjimayi holi
ya`ni hayoti va ijodiga oid ma`lumotlarni o‗quvchi ongiga singdirish ham juda
muhim jarayon hisoblanadi. Bu ma`lumotlar ko‗pincha asarning g‗oyaviy-badiiy
o‗zagini teranroq anglashga, asarlarining ijtimoiy-estetik mohiyatini to‗g‗ri
belgilashga yordam beradi. Adabiyot darslarida yozuvchi yoki shoirlar o‗tilganda
birinchi soati hayoti va ijodiga ajratiladi. Biz ,avvalo, asar muallifini hayot yo‗li va
ijodiga oid manzaralar bilan tanishtirishimiz kerak.Bu o‗quvchida o‗z navbatida
asarni chuqur badiiy tahlil qilish, uni anglash imkonini beradi.
Adabiyot o‗qituvchisi bu ma`lumotlarni o‗quvchi ongiga singdirishda
muhim jihatlardan biri avvalo mavzu sarlavhasidadir. Darsning birinchi va ―yarq‖
etib ko‗zga tashlanadigan.darsning oxirigacha tark etmaydigan, kerak bo‗lsa bir
umr yodda qoladigan bosqich bu – sarlavha ya`ni mavzu nomidir. Biz uni
quruqqina qilib ―Abdulla Oripovning yoki Erkin Vohidovning hayoti va ijodi‖ deb
qo‗ya qolmasdan, ularning hayoti yoki adabiyotga qo‗shgan hissasidan kelib
chiqib, yoki asarlaridagi jumlalardan namunalar keltirib ifodalashimiz kerak.
Masalan: Erkin Vohidov ijodi o‗rganilganda ―Elning dardi bilan yashagan shoir‖,
Hamza Hakimzoda Niyoziyda ―Millatni uyg‗onishga chorlagan shoir‖, ―Abdulla
Qodiriy –o‗zbek romanchiligining asoschisi‖ yoki ―Haqiqat elchisi‖, Mirtemir
mavzusida ― ‗Ozbekning otaxon shoiri‖ , ―Baxtim shul: O‗zbekning Zulfiyasiman‖
Zahiriddin Muhammad Bobur mavzusida ―Navoiydek she`riyatda ,O‗zi dunyodir
Boburshoh‖, Hamid Olimjon mavzusida ―Baxt va shodlik kuychisi‖. Bunday
ta‘riflarni har bir shoir va yozuvchiga minglab topish mumkin, faqat biz adabiyot
o‗qituvchilari avvalo, eng munosibi va keragini topa olishimiz lozim. Shunda bir
qarashda o‗quvchi diqqati darsga qaratiladi, nima uchun uning shunday atalganini
bilgisi keladi, ongida yuzaga kelgan savollarga dars davomida javob topgisi keladi.
Bu jarayonni yana boshqacha holda davom ettirsa bo‗ladi. O‗quvchilarga mustaqil
topshiriq sifatida berilsa, izlanish natijasida o‗quvchi ongi yangi ma`lumot va
tushunchalar bilan boyiydi.
Tarjimayi hol mavzusini o‗tishda yana bir jihat bu, adib va shoirning hayoti
haqidagi aynan o‗zi yozib qoldirgan ma`lumotlardan foydalanishdir. Badiiy asarlar
ijodkor shaxsiyatining ifodachisi hisoblanadi. O‗quvchi buni anglab yetgandan
keyingina asar mohiyati ham,uning muallifining nuqtai nazarlari ham to‗laroq va
teranroq tushuniladi, Shundagina muallifning adabiyotga, jamiyatga, shu xalq va
millatga bo‗lgan muhabbati va xizmatlari to‗la idrok etiladi. Ijodkorning hayot
yo‗lini, uning atrofdagilar bilan munosabatini, sevgi va sadoqatini aynan o‗z qo‗li
bilan yozilganini o‗quvchiga yetkaza olsak, uning yuragida ijodkor asarlariga
muhabbat tuyg‗usi shakllanadi.
Ijodkor haqidagi zamondoshlar, uning tengdoshlari, ustozlari yoki
shogirdlari tomonidan aytilgan yoki yozma holida yetib kelgan manbalardan
foydalanish, ―Chiroyli dalillash‖ usuli ham samaralidir. Masalan, Abdulla Oripov
hayoti va ijodini o‗rganganimizda,quyidagi dalillarni keltirishimiz mumkin.Shoir
Usmon Azim aytganidek,‖Abdulla Oripovning har bir satri, har bir she`ri bilan
263
Adabiyot o‗zbek adabiyotiga qayta boshladi. G‗ayrat va jasorat yo‗g‗rilgan
she`rlari yuraklarga ―Vatan‖degan tug‗yonning mangu hayot muhabbatini sochib
o‗tdi‖ [3, 124].
Hamid Olimjon haqida esa, Abdulla Oripovning quyidagi fikrlarini aytish
mumkin: ―Hamid Olimjon iste`dodi barq urib turgan shoir edi Qaysi mavzuga qo‗l
urmasin, uni san`atkorona kuylay bildi Ulkan tarixiy haqiqatlarni urush va
tinchlik,sevgi va sadoqat tushunchalarini yuqori pardalarda kuyladi‖.
Yirik adiblarimizning hayoti va ijodini o‗rganishda xronologik jadvallardan
ham foydalanish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Bu ko‗plab fakt va hodisalar haqida
qisqa muddatda ma`lumot berish imkonini yaratadi [4, 119].
Demak, biz adabiyotni o‗rganish va o‗rgatish yo‗llarini ham bilishimiz
lozim. Bu fanning maqsadi: o‗quvchi –yoshlarni komil inson qilib tarbiyalash,
yuksak ma`naviyatga chorlash, ularning og‗zaki va yozma nutqini rivojlantirishdan
iboratdir. Shunday ekan, adabiyot darslarida tarjimayi hol mavzularini o‗rganishda
ham uni to‗g‗ri tashkil qilish, darsdagi har bir so‗z, har bir jumla har bir metod va
usul o‗z o‗rnida, samarali va to‗g‗ri qo‗llanilishi lozim. Yozuvchining hayoti va
ijodiy faoliyatini uning dunyoqarashini aniqlashga yordam beradi.Bu esa,unga
to‗g‗ri baho berish, asarlariga qiziqish uyg‗otish, kitobxonlik madaniyatini
shakllantirish , mustaqil izlanishga chorlash uchun zamin hozirlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati:
1.Azizxo‗jayeva N.N. Pedogogik texnologiya va pedogogik mahorat. – T.:
2003.
2. Ziyodullayeva N. Sh. O‗zbek adabiyotshunosligida ijodkor biografiyasini
o‗rganish muammolari. – T.: 2000
3. To‗xliyev B. Adabiyot o‗qitish metodikasi. – T.: Mumtoz so‗z, 2006.
4. Is‘hoqov Y. So‗z san`ati so‗zligi. –T.: Mumtoz so‗z, 2006.
5. www.kxurshiddavron.uz. Xurshid Davron kutubxonasi (Internet sayti).
Do'stlaringiz bilan baham: