barcha sohalarga e`tibor berilgani kabi ijod ahliga ham ulkan e`tibor berildi: 30-
zamirida farzandlarni axloqiy va ma`naviy yetuk etib tarbiyalashda haqiqiy nodir
asarlar qoldira oldiki, bugungi kun o‗qug‗uvchisi uchun ham, keyingi avlodlar
uchun ham badiiy qiymatini yo‗qotmaydigan o‗lmas asarlarni yaratdi. Aytish
joizki, Erkin Vohidovning ijodi umumta`lim maktablarida ikki sababga ko‗ra
o‗rganiladi. Birinchidan, bunday insonlarning hayot yo‗lidan yoshlar o‗rnak
shakllantirishga asos bo‗ladi. Shu bois ham maktabagcha ta`lim tizimida ham, o‗rta
umumta`lim maktablarida ham O‗zbekiston Qahramoni, O‗zbekiston xalq shoiri
Erkin Vohidov hayoti va ijodini o‗rgatishga salmoqli o‗rin ajratilgan. Mashhur
adib asarlarini umumta`lim maktablarining beshinchi, oltinchi va o‗n birinchi
465
―Ruhlar isyoni‖ – bengal shoiri Nazrul Islom haqidagi doston bo‗lib, unda
rivoyatlar, turli tarixiy va tarixiy boʻlmagan shaxslar haqida soʻz yuritiladi.
Ibrohim Gʻofurov doston haqida ―Menga u koʻp jihatlardan bugungi oʻzbek sheʼriy
tafakkurining – lirik tafakkurining choʻqqisi boʻlib koʻrinadi‖, deb yozgan [1].
Muallif dostonning yaratilishi haqida shunday degan: ―Doston oʻzining isyonkor
sheʼrlari bilan butun Hindistonni erk uchun, ozodlik uchun kurashga ruhlantirgan
otashin bengal shoirining orzu-armonlari, jasorati, fojiaviy qismati haqida. ―Ruhlar
isyoni‖ garchi Nazrul Islom haqida boʻlsa-da, unda men shoir hayoti bahonasida
oʻzimning umuman shoirlik, insonlik, fidoyilik, erkka tashna ijod ahlining
zamonasi, xalqi bilan murakkab munosabati, qolaversa, inson hayotining maʼnosi,
hayotning ham shafqatsiz, ham adolatli haqiqati haqidagi oʻy-mulohazalarimni
kitobxon bilan baham koʻrishga intildim [2] ‖.
Dostonning badiiy xususiyatlari bilan falsafiy dunyo shunchalik
uyg‗unlashganki, bu foniy dunyoda odamlarga nisbatan riyosiz, hasadsiz yashash,
urush-janjallarsiz, bir-birining qadriga yetish, inson qadri masalasi asar badiiy
maqsadi sifatida chiroyli tarzda ochib berilgan.
Shoirning ushbu asarning asar darajasida ko‗rsatib berganmarkaziy nuqtasi-
―Jaholat tog‗risidagi rivoyat‖. Chunki, qaysi zamonda odamzodning kelajagi, yer
yuzidagi tiriklikning ertangi taqdiri haqidagi muammolar, hasad balosi bo‗lar ekan,
bu dunyoda riyo yashar ekan, hamma yo‗llar insonni to‗ppa-tog‗ri jaholatning
bo‗sag‗asiga chorlayveradi. Inson ijtimoy kelib chiqishi, irqiyu-millatidan qat‘iy
nazar hasad o‗lmas ekan, ezgu fazilatlar daraxtiga bolta uraverishi, insonlar jaholat
botqog‗ida qolaverishi xususida badiiy tasvir gavdalanadi. Muallif isyonkor shoir
kurashi, jasorati qanchalar qimmatga tushganini, shoir bilan davr va xalq orasidagi
murakkab, ziddiyotli munosabatlarni shoir qalbining
orzu,
alam-iztirob,
tug‗yonlarini butun keskinligi bilan ko‗rsatadi.
―Ruhlar isyoni‖ shakl jihatidan ham o‗ziga xos, novatirona asar. U xilma-xil
she`riy shakllar, hissiy ohang, ranglar ham real hayotiy lavhalar, ham rivoyatlar,
shartli-ramziy ifodalar rang-barangligidan tashkil topgan. Shuxildagi shakl va
ifodarang-barangligi asar zamirida yotgan hayotiy haqiqatni murakkabligi bilan
ifodalashga xizmat qiladi, shoirning uzoq yillik dardlarini to‗kib solishga imkon
beradi.
Dostonda bosh qahramon Nazrul Islom hayotixronologik tarzda izchil bayon
etilmaydi, balki shoir hayotidagi eng muhim, keskin daqiqalari tanlab olinib, ular
shoirona tahlildan o‗tkaziladi. Shoirona tahlil paytida muallif hayollarga qanchalik
erk bermasin, baribir, izchil tarixiylik printsipiga amal qiladi. Nazrul Islomdek
isyonkor shoirni etishtirib chiqargan tarixiy sharoitni, Nazrul Islom fojeasining tub
ijtimoiy sabablarini tarixan haqqoniy ko‗rsatishga, ochishga erishadi. Dostonda
real hodisalar bilan yonma-yon keltirilgan xilma-xil rivoyatlar, tarixiy voqealar
xuddi o‗sha tarixiy-ijtimoiy hodisalar mohiyatini, umumbashariy ma`nosini
chuqurroq anglashga, ulardan falsafiy xulosalar chiqarishga qaratilgan.
Doston haqsizlik va adolat, istibdod va erk orasidagi mangu kurashda
iste`dodningo‗rni haqidagi
falsafiy
mushohadalar
bilan boshlandi;