NURALI QOBUL OLAMI
Abdunabi TO„YCHIEV,
tayanch doktorant (GulDU)
Jamiyatdagi islohatlarning muvaffaqiyati ko‗p jihatdan shu jamiyat
a‘zolarining ma`naviy-intellektual saviyasiga bog‗liqdir. Har qanday inson
ma`naviyatini shakllantirishda esa badiiy adabiyot keng imkoniyatga ega. Shu
ma`noda, o‗zbek nasrida Nurali Qobul ijodini tizimli ravishda o‗rganish zarurati
mavjud. Mazkur maqolada adibning 70 yoshga to‗lishi munosabati bilan ijodiga
sarhisob sifatida nazar solinadi.
Nurali Qobul asarlari bilan adabiyot rivoji va jamiyat taraqqiyotiga o‗z
hissasini qo‗shgan ulkan ijodkordir. N. Qobul yetmishinchi yillarning ikkinchi
yarmida adabiyotga kirib keldi. ―Uning qissa va hikoyalaridan iborat ―Oyqor‖
(1978), ―Salom, tog‗lar!‖ (1979) kabi to‗plamlari ketma-ket paydo bo‗ldi. Har ikki
to‗plam ham kitobxon va adabiy tanqid tomonidan qizg‗in bahsga sabab bo‗ldi.
Unda urush davri fojealari, urf-odat va oilaviy kelishmovchiliklar, yoshlar taqdiri
va sevgisi haqidagi falsafiy mushohadalar o‗quvchi qalbini to‗lqinlantirgan edi...‖,
- deb yozadi adabiyotshunos Sobir Mirvaliyev [1, 223].
Yozuvchiga katta shuhrat keltirgan, dovrug‗ini qo‗shni respublika
kitobxonlariga ham tanitgan ―Tubsiz osmon‖ qissasi 1976-1980 yillarda yozildi.
Asar adabiy jarayonda jiddiy voqea sifatida e`tirof etildi, adibga katta shuhrat
keltirdi.
Moskvada deyarli uch yarim million nusxada nashr etilgan ―Yunost‖ jurnali
orqali ―Tubsiz osmon‖ qissasi ―Nebo tvoego detstva‖ nomi bilan sobiq Ittifoq
489
kitobxonlariga taqdim etildi. Toshkent va Leningraddagi rus yosh tomoshabinlar
teatrida ―Tubsiz osmon‖ qissasi asosida spektakl sahnalashtirildi. Butunittifoq
―Yunost‖ jurnalining 1981 yil 1-sonida chop etilgan ―Nebo tvoego detstva‖ qissasi
uchun ―Zelenogo listka – 81‖ mukofoti berildi. Shuningdek, sobiq itifoq
yozuvchilar uyushmasining 1981-1982 yilgi yosh ijodkorning eng yaxshi birinchi
kitobi uchun beriladigan Butunittifoq konkursi mukofotiga sazovor bo‗ldi.
Asar rus, qirg‗iz, qoraqalpoq tillariga o‗girildi. ―Tubsiz osmon‖ qissasining
jurnal va kitob holidagi adadi o‗n million nusxadan oshdi. Hatto hozirgacha
adabiyotimizda bir asarning qisqa muddatda keng tarqalishi jihatidan kam
uchraydigan hodisadir. Qissaga mashhur munaqqidlar, taniqli adabiyotshunos
olimlar tomonidan ijobiy taqrizlar berildi. Bu asarni o‗qigan Chingiz Aytmatov
―Nurali haqiqiy yozuvchi, undagi yangilik va beg‗uborlik hech kimda yo‗q‖, -
degan edi. Shaxsan uning tashabbusi bilan asar qirg‗iz tiliga tarjima qilinadi.
Nurali Qobulning katta ijodida hikoyalari ham muhim o‗rin tutadi.
Hikoyalarini qayta-qayta o‗qish jarayonida tug‗ilgan ba`zi kuzatishlarimni aytib
o‗tmoqchiman.
Nurali Qobul ijodiga xos xususiyatlardan biri - dunyoga bola nigohi bilan
nazar tashlashdir. Adibning o‗ttiz uch hikoyasidan sakkiztasi bola tilidan hikoya
qilinadi. Bu hikoyalarda voqealar bayoni birinchi shaxs, ya`ni ―men‖ tilidan olib
boriladi. Asarlardagi hikoyachi – bo‗layotgan voqealarning ishtirokchisi, ularning
shohidi yoki ulardan xabardor bolakay. Asar voqealarining birinchi shaxs tilidan
bayon qilinishi hikoyachi qahramonning ruhiy holatini, qalb kechinmalarini
ochishda qo‗l kelgan. Bunga misol uchun ―Oq kaptarlar‖, ―Do‗stmurod bobo‖,
―Savob‖, ―Ozor‖ hikoyalarini keltirishi mumkin.
Shuningdek, yozuvchining o‗n ikki qissasidan uch qissasi (―Sangzor‖,
―Yangi qor yoqqan kun‖, ―Sening bolalik osmoning‖) bola tilidan hikoya qilinadi.
―Yashash uchun kechikma‖ va ―Bug‗doy pishig‗iga yetmaganlar‖ qissalarida
hikoyachi asar personajlaridan biri, asar voqealarining ishtirokchisidir.
Nurali Qobul enasi Shahzoda Ibrohim Sulton qizini ehtirom bilan eslaydi.
―Vujudimda zarracha ezgulik tuyg‗usi bo‗lsa bu o‗sha - enamdan o‗tgan‖, - deydi
adib [2, 12]. Balki, shu sabablidir, yozuvchi sakkizta hikoyasida enasi Shahzoda
momo siymosini chizadi. Uch qissasida enasi Shahzoda momoni ehtirom bilan
eslaydi. ―Sening bolalik osmoning‖ qissasini esa yozuvchi enasining xotirasiga
bag‗ishlaydi. ―Savob‖ hikoyasi, ―Yangi qor yoqqan kun‖, ―Sangzor‖ qissalari ona
va bola muloqati asosiga qurilgan. Bu hikoya va qissalarida ena obrazi
yozuvchining o‗z fikrlarini bayon etishida qo‗l keladi.
Nurali Qobul ijodida ―Unutilgan sohillar‖ [3] roman-monologi alohida
ahamiyatga ega. Bu asar yozuvchi ijodi va shaxsiyatini belgilovchi asosiy
mezondir.
―Unutilgan sohillar‖ Nurali Qobulga katta shon-shuhrat keltirdi. Yaxshi asar
sifatida adabiy jamoatchilik e`tiborini tortdi. Adib bu asari bilan katta nasrda ham
yaxshi asarlar yarata olish imkonini ko‗rsatdi. Roman rus va turk tillarida ko‗p
nusxada chop etildi.
490
Bu roman o‗quvchilar ko‗nikib qolgan odatdagi romanlardan emas. Asar
mutlaqo boshqacha, roman-monolog tarzida yozilgan. Voqealar bayoni uchinchi,
to‗rtinchi, balki undan ham keyingi o‗rinlarda turadi. Shaxsan o‗zim shu paytgacha
qancha kitob o‗qigan bo‗lsam ―roman-monolog‖ terminiga duch kelmagandim - na
rus adabiyotida, na jahon adabiyotida. Bu asarni o‗zbek adabiyotida yangi
yo‗nalishda yozilgan asar deb bilaman.
Voqealar bayoni ustunlik qilgan asarlarga o‗rganib qolganmiz uchun roman-
monologni dastlab ―hazm‖ qilolmadik. Biz voqealarga emas, odamlarga duch
keldik. Chunki yozuvchi qahramonlarni emas, qahramonlar o‗zlarni tanishtiradi.
Asarda qahramon nutqi orqali o‗z-o‗zini fosh etish san`ati qo‗llanilgan. Monologni
eshitib o‗sha qahramonni inson deb bilasiz, uning hayotda borligiga ishonasiz.
Roman voqealari birgina hikoyachi - personaj tilidan emas, balki bir necha
hikoyachi – personaj tilidan olib borilgan. Bu esa adibga qahramonlarni ham,
voqea-hodisalarni ham turli nuqtai nazardan ochishga imkon bergan.
Adabiyotshunos Isroil Mirzaev ham yozuvchining qahramonlar xarakterini
berishda ular nutqi orqali o‗z-o‗zini fosh etish san`ati qo‗llaganini yoqlaydi:
―Nurali Qobul realistik prozada qo‗llaniladigan bu shakldan foydalanib to‗g‗ri yo‗l
tutgan. Chunonchi, roman-monolog davr, odamlar, tarixiy vaziyat haqida
muallifning erkin fikrlashiga, har bir fakt, voqea-hodisa to‗g‗risida keng, shaxsiy
qarash va mulohazalariga chek qo‗ymasdan gapirish imkonini beradi‖ [4, 36].
Asarda qahramonlar bir-biri bilan muloqatga kirishadi. Asar voqealarining
birinchi shaxs, ya`ni ―men‖ tilidan hikoya qilinishi yozuvchi uslubiga xos
xususiyat. Romandagi katta-katta monologlar o‗sha obrazlar talqiniga ajratilgan.
Asarda mingdan oshiq maqol, matal, xalq so‗zlari o‗z o‗rnida qo‗llanilgan [5, 3].
O‗zbekning talantli nosirlaridan biri Erkin A‘zamov uchrashuvda
muxlisining ―Sizning qahramonlaringiz ko‗proq o‗zi bilan o‗zi suhbat quradi?...‖, -
degan savoliga ―Menimcha dunyodagi real odamlar ham o‗zi bilan o‗zi
suhbatlashadi. Ikki kishi suhbatlashganda ham bu o‗z dardini aytadi, u ham o‗z
dardini.......‖, - deb javob bergani esimda.
Roman obrazlari Shokir Sharipov, Karim Usmonov yoki aytaylik Adham
Jobirovning o‗zi bilan o‗zi suhbatlashganini eshitib, Erkin A‘zamovning
yuqoridagi fikrini esladim. Haqiqatdan ham shunday. Buni hayotda bir kuzating-a,
oddiy so‗zlashuvda ham ikki kishi bir-birining gapini takrorlaydi. Yoki ―Azaga
borgan odam o‗z dardini aytib yig‗laydi‖ degan gapni eslang. Dunyoda manfaat
tushunchasi, insonda manfaat tuyg‗usi bor ekan, yuqoridagi fikrlarni inkor etish
qiyin. Faqat yolg‗iz odamgina, faqat o‗zi qolgandagina to‗g‗risini aytadi, hatto eng
yolg‗onchi odam ham. Odamning o‗zi bilan o‗zining suhbati o‗y-xayolidan o‗tgan
gaplaridir.
―Ushbu qoralamada kitobxonlar uchun mutlaqo boshqacha tilda
gaplashaman. Sababi men uchun o‗z haqiqatlarimni aytmoqning o‗zga yo‗li yo‗q‖,
- deydi adib [6, 18].
Har holda men yozuvchining kuzatishlari monolog tarzida berilishini
olqishlagim bor. ―Bordi-yu yozuvchi yangi shakl izlayotgan va nimalargadir
erishayotgan bo‗lsa, shaxsan, men bu yozuvchining yo‗nalishi qaysi yo‗nalishda
491
bo‗lmasin, unga halaqit berishga qarshiman... Men adabiyotda hamma narsa
bo‗lishiga tarafdorman... Men har qanday izlanishlarga tarafdorman...‖ [7, 76].
―Unutilgan sohillar‖ romanining birinchi variantini o‗n olti kunda yozib
tugatganman. Keyin bir yil qayta ishladim. Yurakdan otilib chiqqan narsa uzoq va
zerikarli holatda yozilmaydi. U chaqmoqdek sodir bo‗ladi‖, - deydi adib asarning
tug‗ilish jarayoni haqida [8, 3].
-
Adib faoliyatini davlat va jamoat ishlari bilan bog‗liq holda olib bordi. Faqat ijod
bilan cheklanmay odamlarning dardu alami, quvonchu qayg‗usiga sherik bo‗ldi.
Turli darajadagi rahbarlik ishlarida hamda xalq deputati sifatida ular bilan birga
bo‗ldi.
Mustaqillik ostonasida yoki dastlabki tahlikali qiyin yillarda dolzarb
muammolar yechimiga qaratilgan, ma`naviyatni yuksaltirishga xizmat qiladigan,
xalqni sergaklantiradigan publitsistik asarlar yozdi. Asar darajasidagi maqolalar
yaratildi. Misol uchun ―Oshga sig‗inish‖, ―Millatni ma`naviyat yuksaltiradi‖,
―Haqiqatni hayqirib ayt‖, ―Dard boru...‖, ―Vatan va haqiqat‖, ―Xiyonat‖, ―Chorasiz
dard yo‗q‖, ―Non va demokratiya‖, ―Butun millat bo‗laylik‖, ―Ozodlikning oltin
ostonasida‖, ―Jahonga yuz burgin, Vatan!‖, ―Katta haqiqat nuri‖ kabi
publitsistikaning go‗zal namunalarini yaratdi. Bu publitsistik asarlardagi ayrim
muammolar hozirga qadar o‗z yechimini topgani yo‗q, maqola muammosi
dolzarbligicha qolmoqda.
Turk adabiy tanqidchisi Farid Ongeren Aziz Nesin hikoyalarining ijtimoiy-
ma‘rifiy qimmatini ta`kidlab: ―Aziz Nesin hikoyalari bebaho hujjatlardirkim, ular
asosida kelgusida mamlakatimizning muayyan davrini o‗rganish mumkin‖, - degan
edi [9, 326]. Agar ta‘bir joiz bo‗lsa, mumkin bo‗lsa xuddi shu ma`noda men ham
to‗qsoninchi yillardagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni bilish uchun N.Qobul
publitsistikasiga murojaat etishlarini tavsiya etgan bo‗lardim.
Bundan qariyb qirq besh yillar muqaddam O‗zbekiston xalq yozuvchisi,
O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan san`at arbobi Rahmat Fayziy endigina ―Oyqor‖i
chiqqan Nurali Qobulni ―Umidli qalam sohibi‖ deb bilgandi: ―Adabiyotimizga
yangi bir iste`dod kelib qo‗shilayotgani ko‗rinib turibdi. Shunisi bizni quvontiradi.
Yana bir narsa – iste`dodning eng birinchi talabi – mehnat va yana mehnat
ekanligini, ana shu mashaqqatsiz har qanday iste`dod bir chaqa ekanligini yaxshi
tushuna bilishi va bunga amal qilishi bizni quvontiradi. Badiiy ijod dargohiga oq
yo‗l tilayman, bosgan qadaming qutlug‗ bo‗lsin, Nurali!‖ [10, 222].
Adibning qadami qut-barakali bo‗ldi. U adabiyotga shaxdam qadamlar bilan
kirib keldi va uning katta oqimidan o‗z joyini topa oldi. Bu davr jarayonida
yozuvchining ijodiy evolyutsiyasini kuzatishimiz mumkin. Bugungi kunda uning
ming-minglab o‗quvchilari bor. U adabiyotda o‗z uslubini, o‗z qiyofasini yarata
oldi. Ijodi haqida adabiyotshunos olimlar va ijodkorlar ijobiy fikrlarini
bildirishgan.
Nurali Qobul o‗ttizdan oshiq hikoyasi, o‗n ikki qissasi, ikki essesi, she`rlari,
tarjimalari, publitsistikasi, ocherklari, roman-monologi, etti kitobdan iborat roman-
pamfleti, ―Temuriylar‖ epopeyasi turkumidagi o‗n yeti jildli romanlari bilan
adabiyotimiz rivojiga hissa qo‗shdi.Tarjimon sifatida G.Markesning ―Tanholikning
492
yuz yili‖ romani (A.Jo‗raboev bilan hamkorlikda), Ch.Aytmatovning ―Bolaligim‖
qissasini ona tilimizga o‗girdi.
Nurali Qobulning milliy va jahon adabiyotida voqea sifatida e`tirof
etilayotgan, yuz ellik yillik temuriylar saltanati va Buyuk Temur, Turon yurtining
X – XV asrlar tarixiga bag‗ishlangan romanlaridan iborat ―Temuriylar‖ epopeyasi
o‗n etti kitobining elektron varianti ingliz va o‗zbek tillarida o‗qishga tayyorlandi.
―Temuriylar‖ epopeyasining birinchi kitobi ―Buyuk Turon amiri yoxud aql va
qilich‖ romani jahon ―Amazon‖ internet tarmog‗i orqali ingliz tilida o‗quvchilarga
havola etildi.
Asarlari rus, qirg‗iz, tojik, qoraqalpoq, turk, ingliz, ukrain, ispan, bolgar va
boshqa xorijiy tillarga tarjima qilingan. Sobiq ittifoqning M.Gorkiy, B.Polevoy,
mukofotlari laureati; Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti laureati; Xalqaro Chingiz
Aytmatov akademiyasining akademigi.
Ko‗rinadiki, Nurali Qobul ijodi yuksak cho‗qqiga ko‗tarilgan, gullagan fasli.
Albatta, bir maqolada hammasiga to‗xtalish, fikr yuritish imkoniyatdan tashqari
ish. Ularning har biri bir olam. Biz bugun faqat ijodiga umumiy bir nazar soldik,
xolos. Muhimi, adibning samarali mehnati natijasida yaratilgan asarlari kitobxonlar
qalbidan joy oldi. Ijod ahli uchun bundan ortiq baxt bo‗lmasa kerak.
Foydalangan adabiyotlar:
1.
Mirvaliyev S. O‗zbek adiblari. – T.: Fan, 1993.
2.
Nurali Qobul. Vatandin yaxshi yor o‗lmas. Saodat, 1991. 3 - son.
3.
Nurali Qobul. Unutilgan sohillar. – T.: Yosh gvardiya, 1988.
4. Mirzayev I. Adabiyot va davr dardi. – T.: Fan, 1990.
5. Nurali Qobul. Vatanni anglamoq yo‗lida...Xabar, 1993. 46 - son.
6. Qobul Nurali. Muallif o‗z asari haqida (―Unutilgan sohillar‖) Yoshlik,1988. 8 -
son.
7. Mirzayev I. Nasrimiz badiiy olami. Bekmirzayev N. Jasoratning badiiy talqini. –
T.: Adabiyot va san`at. 1991.
8. Nurali Qobul. Vatan va millat qadriga yetgan haqqa yetadi... Jizzax haqiqati,
1994. 31-son.
9. Karimov N., Nazarov B., Normatov U., Yo‗ldoshev Q. Umumiy o‗rta ta`lim
maktablarining 11- sinfi uchun adabiyot darsligi. – T.: O‗qituvchi, 2004.
10. Fayziy R. Do‗stlar mehri. – T.: Yosh gvardiya, 1983.
Do'stlaringiz bilan baham: |