Bu olamda gul ko‗p, chechak ko‗p. She`riyat olamida ham shoirlar ko‗p.
Ammo inson qalbiga maftunkor she`rlarii bilan kirib, uning ko‗nglini zabt etgan
463
O‗z qalbiga shavqati.(―Shoir qalbi‖)
Erkin Vohidov ijod olamiga nazar solsak, she`rlarining o‗qilishi oson, sodda,
ravon va o‗noqi. Baytning birinchi ikki misrasiga e`tibor beraylik, shoir qalbining--
anorga, she`ri esa anorning sharbatiga qiyoslanishi oddiy hayotiy o‗xshatishdir.
Shu o‗rinda savol tug‗iladi: nega aynan shoir qalbni anor mevasiga o‗xshatyapti?
Biz bilamizki, anor mevasing rangi qizil, ta‘mi achchiq yoki shirin bo‗ladi. Shunisi
qiziqki, bir mevaning o‗zida ikki xil ta'm. Shoir qalbidan potrab chiqadigan
she`rlar ham goh quvonchli gohi dardli. Bunday yuksak o‗hshatish she`rning
badiiyatini oshirsa, shoirning mahoratini belgilab beradi. Keyingi ikki misrasida
shoir bir she`rni oqqa ko‗chirgunicha o‗z qalbiga qabr qo‗yishi yoki orden taqib
baxtga ko‗tarishi ham mumkin degandek go‗yo.
E. Vohid she`rlari turli mavzularda bitilgan bo‗lsa-da, Vatan madhini kuylab
yozgan she`rlari ijodidan alohida o‗rin oladi. U vatanni ko‗proq sevishi, ko‗proq
qadrlashi, insonparvarligi, vatanparvarligi kishida alohida taassurot uyg‗otadi.
Tarixingdir ming asrlar,
Ichra pinhon, o‗zbegim,
Senga tengdosh Pomir-u
Oqsoch Tiyonshon, o‗zbegim.(―O‗zbegim‖ qasidasi)
Darhaqiqat, bu misralarni o‗qiganimizda qulog‗imizga biz bolalikdan
eshitgan mashhur qo‗shiq jaranglaydi. Bu qo‗shiqning misralarini marjonday ipga
tergan, har qanday insonning his-tuyg‗usini qo‗zg‗ata olgan Erkin Vohidov butun
bir ijodi bilan o‗zbek xalqining suyukli dilbandiga aylana olgan adibdir.
Shoirning she`ri qachon she`rga aylanadi. Qachonki, xalq tilidan
tushmaganda, odamlar qalbida yashagandagina u haqiqiy san`at namunasiga
aylanadi. Erkin Vohidov she`rlari ana shunday she`rlardan sanaladi. Uning
she`rlarini xatto oddiy kishilar ham maroq bilan o‗qiydi. Sabab shundaki, uning
ijodida so‗zlardagi g‗alizlik kuzatilmaydi. Bir narsani qiyoslashda hayotiy
o‗hshatishlardan foydalanadi. Qofiyalari biri-biriga hamohang, vaznda ortiqchalik
sezilmaydi. Bu esa shoirning yuksak iste`dodini anglatadi.
So‗z topolmay manglayimda ter
Shoirlardan doimo talab:
O‗qimog‗i kerak yangi she`r
Va aytmog‗i kerak yangi gap (―Oqshom‖).
Erkin Vohidovning bu baytiga e`tibor bersak, shoir o‗z ustida ishlashhini,
talabchan bo‗lganligini va boshqa ijodkorlardan ham shuni kutishini
bildirgan.She`riyat olamida g‗azal janri ham borki, bu janrda barcha ijod ham jazm
qilavermaydi. Negaki, bu janrda oz so‗z qo‗llab ko‗p ma`no ifodalamog‗i kerak.
San`atning boshqa turlaridan ko‗ra ko‗proq talant va mahorat talab qiladi.
Shoirimiz bu janrda ham qalam tebratdi va she`rsevarlar qalbidan joy ola oldi.
Bahodir Karim ―Adabiy fikr javhari‖ maqolasida aynan shu janr haqidagi
fikrlarini bunday yozgan edi: ―Shoir ijodiga nazar solar ekanmiz bu vaznda
yaratilgan lirik g‗azallar hech bir jihati bilan an`anaviy she`riyatdan
qolishmasligini kuzatishimiz mumkin. E.Vohidov g‗azallari sodda va ravon,
464
qo‗shiqdek o‗qiladi. Uni o‗qigan inson g‗azallar ichida vazn talab qiladigan g‗aliz
jumlalar yoki umumiste‘molda ishlatilmaydigan so‗zlarga duch kelmaydi‖ [1, 34].
Jonga solgan hamma sozdir, elga so‗ylab man kabi,
Shoiri devonayi ishq nomini olgan yomon.(―Achchiq haqiqat‖).
She`riyat shunday dunyo bo‗lishi kerakki, insonlarning ma`naviy dunyosini
boyitishi, har bir o‗quvchida she`riy didni shakllantirishi zarur. Shu o‗rinda Erkin
Vohidovning bu haqdagi o‗z fikrlarini ham keltirib o‗tamiz: ―She`rni
anglamakning o‗zi ham iste`dod. Biz bu iste`dodning nomini nazokat deymiz. Bu
fazilatga yangilikni anglash va baho berish sifati qo‗shilganda u didga aylanadi.
Didni esa yoshlikdan tarbiyalamoq, bilim va tuyg‗ular boyligi bilan kamolotga
yetkazmoq kerak‖. (―She`riyat izlanishda yashaydi‖ maqolasidan).
Xulosa qilib aytganda, Erkin Vohidov mukammal talant egasi. Har bir
she`rini
badiiy-estetik
jihatidan
bezagan,
o‗quvchining
ma`naviyatini
yuksaltiradigan , hayolot dunyosi, tafakkuri, so‗z boyligi keng bo‗lgan ijodkordir.
U umri davomida hech qanday tanqiddan cho‗chimasdan qalam tebratdi. ―Shoir
qayer to‗g‗risida, nima to‗g‗risida yozmasin u, avvalo, o‗zi to‗g‗risida, o‗z xalqi va
yurti to‗g‗risida yozadi‖- degan fikrlari ham uning Ona Vatanga sadoqat bilan
xizmat qilganligini ham anglatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Bahodir Karim. ―Adabiy fikr javhari‖, 2016.
2.Shoir Orif Tolib web sahifasi.
3.Xurshid Davron kutubxonasi www.kh-davron. uz.
Do'stlaringiz bilan baham: