Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

 

 

TO„RA SULAYMON VA ZAMONAVIY O„ZBEK QO„SHIQCHILIGI 

Shoira NOROVA,  

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent (BuxDU)  

Munisa NAYIMOVA,  

2-bosqich talabasi (BuxDU) 

 

 

Zamonaviy o‗zbek qo‗shiqchiligi taraqqiyotini taniqli shoir To‗ra Sulaymon 

she`rlarisiz tasavvur etib bo‗lmaydi. Xususan, shoirning ―Iltijo‖, ―Umr  o‗tmoqda‖ 

she`ri  O‗zbekiston  xalq  artisti,  sohirnafas  san`atkor  Sherali  Jo‗raev,  ―Sadag‗a‖, 

―Yaralmish‖ she`rlari O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan artist Nuriddin Haydarov, 

―Gul  bir  yon,  chaman  bir  yon‖  she`ri  Abdurauf  Olimov  tomonidan  maromiga 

etkazib  kuylangan.  Shu  bois  bu  she`rlar  kuylar  ohangida  san`at  ixlosmandlari 



404 

 

qalbidan  chuqur  o‗rin  olgan.  Qolaversa,  hozirga  qadar  yosh  qo‗shiqchilar  tilidan 



tushmay, kuylanib kelishining ham siri shundadir. 

 

Abdulla  Oripov  she`rlari  ruhi  sezilib  turuvchi  bu  she`rlar  chuqur  lirizmi, 



ravonligi,  his  kechinmalarga  boyligi  bilan  o‗zbek  she`riyatining  yorqin  sahifasini 

tashkil etadi. ―Iltijo‖ she`ri bahor fasliga bag‗ishlangan meditativ lirikaning go‗zal 

namunasidir. Uning kuyi ham mazmunga mos tanlangan. Hazin ohangda taraluvchi 

qo‗shiq shunday boshlanadi: 

Bahor kelsa boshlanur bog‗da bulbul xonishi 

Sa‗va, qumri nag‗masi, suralay tovlanishi 

Qirlarda lola sayli, qishloqlarda yil boshi: 

To‗xtagay tabiatdan Haqqushlar zorlanishi 

Bahor, ketma mening bog‗imdan [1, 2]. 

Dastlabki satrlaridanoq she`rxonni o‗ziga tortuvchi bu satrlar bahor nafasini 

qalblarga olib kiradi. Xalqimizning sevimli hofizi Sherali Jo‗raev tilida jaranglagan 

bu qo‗shiq ham ko‗ngillarga o‗zgacha bir shukuh, sog‗inch hislarini olib kiradi. 

She`r  matnini  kuyga  solish  jarayoni  o‗ziga  xos  tarzda  kechadi.  Zero,  shoir 

she`rdagi so‗zga qanchalik ma`no baxsh etgan bo‗lsa, o‗sha ma`noni bastakor ham 

his qilishi, so‗zda yashiringan sehrni kuy ohangida yuzaga chiqarishi kerak bo‗ladi. 

Sherali Jo‗raev esa ―Iltijo‖ she`rida yashiringan insoniy dard, kechinmalarni, orzu-

armon epkinlarini shoirona va hofizona qalb bilan his etgan. Qolaversa, she`r besh 

banddan iborat. San`atkor uning uch bandini birinchi, ikkinchi va oxirgi bandlarini 

kuyga solgan.  

She`r quyidagicha boshlanadi: 

Bahor kelsa boshlanur bog‗da bulbul xonishi 

Sa‗va, qumri nag‗masi, suralay tovlanishi 

Qirlarda lola sayli, qishloqlarda yil boshi: 

To‗xtagay tabiatdan Haqqushlar zorlanishi 

Bahor, ketma mening bog‗imdan [1, 2]. 

Shu band qo‗shiqda naqorat bo‗lib kelgan.  

Qilmishi qing‗ir zotga davr qayda, davron qayda? 

Vatangado kimsaga beminnat makon qayda? 

Yolg‗iz otga olamda nom qayda, nishon qayda? 

Bahor, sensiz sahro-yu tog‗-u toshga jon qayda? 

Ketma, Bahor, mening bog‗imdan [1, 2]. 

Mazkur  bandda  she`rdagi  mahzun  kayfiyat  falsafiy  mazmun  bilan 

uyg‗unlashgan. Bahorning inson hayotidagi beqiyos o‗rni vatangado kimsa, yolg‗iz 

ot timsollar vositasida ifoda etilgan. 

Giyoh bilan qoplanmish ko‗hna qabr boshlari

Maysadagi shudringlar – kimlarning ko‗z yoshlari? 

Bu erda yotar otam ham uzangidoshlari, 

Har bahor eslar uni qavmi-qarindoshlari

Bahor, ketma mening bog ‗imdan [1, 2]. 

So‗nggi band qo‗shiqning avj (kulminatsiya) qismini tashkil etadi. G‗amgin 

ruh  bilan  sug‗orilgan  bu  satrlarda  umr  davomiyligi,  hayot  abadiyligini  hamisha 



405 

 

eslatib  turuvchi  mazmun  bor.  Umuman  olganda,  Sherali  Jo‗raevdek  ulug‗  hofiz 



tilida yangragan bu qo‗shiq To‗ra Sulaymonga ham ma`naviy haykal yaratdi. 

―Yaralmish‖ she`ri xalqimizning yana bir sevimli hofizi Nuriddin Haydarov 

tomonidan  kuylangan  va  bu  kuy  bugun  uning  farzandi  Hojiakbar  Haydarov 

tomonidan  ijro  etilmoqda.  Hayotga  muhabbat,  insoniy  tuyg‗u  kechinmalar 

tarannumi aks etgan bu she`r adabiyotga va san`atga oshufta qalblarni o‗ziga rom 

etib kelmoqda. Yetti banddan iborat bu she`rning uch bandi kuyga solingan. 

Oy yuzli desam seni oyning ham dog‗i bordir. 

Ko‗rkamlikda jamoling oftobdan beg‗ubordir. 

Tabiating hamisha ko‗lankasiz bahorday, 

Umringni kuzi, qishi yo‗qligi barqarorday, 

Kunda o‗ylasam seni, 

Tunda o‗ylasam seni, 

Ko‗z o‗ngimda tiniq osmon yaralmish. 

Sevgiliga  muhabbat  ruhi  aks  etgan  bu  misralar  go‗zallikka  oshufta  qalb 

kechinmalariga  yo‗g‗rilgan.  Shu  bois  qo‗shiq  ohangi  ham  ana  shu  oshuftalikka 

hamohang. 

Muhabbat  shunday  kuch  va  yuksak  tuyg‗uki,  u  paydo  bo‗lgan  joyda  faqat 

bahor bo‗ladi. Keyingi banddagi satrlarda shunaday mazmun mavjud: 

Sen paydo bo‗lgan bog‗da zog‗ bo‗lmas, xazon bo‗lmas, 

Bulbullar navosida darbd bo‗lmas, nolon bo‗lmas, 

Oshiq holi tang bo‗lib, ko‗ksida armon bo‗lmas, 

Yo‗lchivindek sarg‗ayib rang ro‗yi somon bo‗lmas, 

Chilla chog‗i qishda ham 

Bir o‗ng emas, tushda ham 

Bosgan izlaringda bo‗ston yaralmish. 

E`tibor  berilsa,  hayot  nafasi  urilib  turgan  yuqoridagi  satrlar  faqat  she`rxon 

qalbini  emas,  ezgulikka  oshno  har  bir  insonni  o‗ziga  tortadi.  Hofiz  shu  poetik 

mazmunni his  etib, uni  betakror  kuy  bag‗riga  joylay  olgan. Aytish  mumkinki, bu 

band qo‗shiqning avj qismi sifatida jaranglaydi. 

Umuman  olganda,  To‗ra  Sulaymonning  qo‗shiqqa  solingan  har  bir  she`ri 

go‗yoki  kuyga  solish  uchun  yaratilganday  taassurot  uyg‗otadi.  Insoniy  his 

kechinmalar aks etgan bu she`rlar asosida yaralgan ohanglar bugun ham san`at va 

adabiyotga oshno qalblarda yashamoqda. 

Adabiyotlar: 

1.  Sulaymon  T.  Gul  bir  yon,  chaman  bir  yon  (qo‗shiqlar).  –  T.:  Cho‗lpon,  1996. 

www.ziyouz.com




Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish