Erkin Vohidov ijodida so‗z o‗zining o‗rnini topa olganligini ko‗rish mumkin.
ma`nosi, kelib chiqishi, qo‗llanilishi,variatlariga e`tibor qaratib, quyidagi fikrlarni
so‗zlarining asli kelib chiqishi, qanday qilib shu holatga kelgani va ma`no
So‗zning asl ma`nosini, kelib chiqishini ham bir qiziqarli asar tarzida
o‗quvchiga yetkazishning o‗zi ham ijodkorning katta mahoratidir. Masalan, toshni
325
…Tosh bir-biriga urilganda, uchgan yeri chaqa. Toshga qoqilganni oyoq
barmog„i chaqa. Ko„p gapirganning tili chaqa.
Tosh maydalab chaqa degan inson uchun hamma mayda narsalar chaqa
bo„ldi. Pul maydalab: chaqa dedi. Mayda bolasini bola-chaqa dedi. Eng maydasi
chaqaloq bo„ldi.
Gap chaquvchining oti ham chaqdan uzoq ketmadi. Uni chaqimchi,
chaqmachaqar dedilar… Birovning gapini birovga aytsa, bu chaqimchilik,
insonning gapini yuqoriga, podshoga yoki hukumatga yetkazsa, chaquv bo„ladi.
Chaquv oldida chaqmachaqarlik holva bo„lib qoldi”,
deyiladi [4, 8].
Ko‗rinadiki,
so‗zning kelib chiqishining o‗zini ham shoir she`r, g‗azal kabi ravon o‗qilishi va
o‗quvchi uchun qiziqarli tarzda ifodalagan.
Doimo ishlatib keladigan, biror narsadan hayratlanganimizda qo‗llaydigan
―
qoyil
‖ so‗ziga to‗xtalar ekan bu so‗zning ham ma`no taraqqiyoti davomida asl
mazmunidan uzoqlashgan holda qo‗llanilishini ko‗ramiz. ―
Qoyil – so„zlovchi
degani. Bu so„z aslida so„zamol odamga nisbatan ishlatilgan. Gap bilgan qoyil, ish
bilgan omil atalgan
‖ [4, 42]. Bugungi kunda qoyil so‗zi barcha narsaga nisbatan
qo‗llaymiz. Nimadan hayratga tushsak, shuni ―
qoyil”
deymiz.
Til taraqqiyoti davrida so‗z tarkibida tovush o‗zgarib va bugun ham bu
so‗zlar o‗zgargan holida og‗zaki va yozma shaklda qo‗llanilib kelinmoqda. Bu
o‗zgarishlar tilning ma`lum taraqqiyot davriga xos ekanligi tilshunoslar yaxshi
bilishadi. Shoir asarida ham bunga alohida to‗xtaladi: ―
“Devonu lug„atit turk”da
edgu deb bitilgan, yaxshilikni anglatuvchi bu asl turkiy so„z bugungi adabiy
tilimizda ezgu shaklida qo„llaniladi. Bamisoli arabcha darbni zarb, daifni zaif deb
aytganimiz kabi
‖ [4, 30]. Shuningdek, shoir izlanishlarida
zimiston
so‗zining
ma`nosi
qorong„ulik
emas, balki
qish
ekanligi,
xunik
so‗zining ma`nosi
ko„rksiz
emas,
sovuq
ekanligi,
tamanno
so‗zining ma`nosi
noz-u karashma
emas,
istak,
xohish
ekanligi va yana ko‗plab so‗zlarning asli ma`nosini izohlab beradi.
Umuman olganda, ―
So„zda har qanday yaxshilikning imkoni bor…
‖, deya
aytgan hazrat Navoiyning fikrlarni nechog‗lik to‗g‗riligini Shoyir ijodida
ko‗rishimiz mumkin. Unda so‗zni ulug‗likka ko‗tarmoq, uning ma`no noziklaridan
bahra olmoq va bularni o‗quvchiga ham yetkazishdek ulug‗ ishlarni yaqqol
ko‗rishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Kaykovus. Qobusnoma. Nashrga tayyorlovchilar: S.Dolimov, U.Dolimov.
–
T.: Yangi asr avlodi, 2018. – B. 224.
2.
Navoiy A. Mahbub ul-qulb. – T.: Sano-standart, 2018. – B.192.
3.
Sharafiddinov O. Birinchi mo‗jiza. – T.: Adabiyot va san`at, 1979. – B 464.
4.
Vohidov E. So‗z latofati. – T.: O‗zbekiston, 2018. – B. 216.
Do'stlaringiz bilan baham: