Gulu giyoh she`rlar ular
,
yalpiz she`rlar
,
rayhon
she`rlar ular
. Shunchalar orom, huzur, farah oladiki, u bu gulu giyohlar-sanamlar
quchog‗ida, bu dov-daraxtlar, do‗st-qadrdonlar bag‗rida, she`r mi bu,
qizg‗aldoqmi; qizg‗aldoqmi, she`r mi bu – sezmay qolasiz, unutasiz, shoir bo‗lib
qolasiz siz ham bir fursat. Tabiatni bunchalar sevgan, undagi har bir
tiriklik,nabototni jonidek alqagan-suygan va bu suyumlarida chin-samimiy
bo‗lgan, soxtalikdan asar ham yo‗q bo‗lgan shoirni jahon adabiyoti ham hali
ko‗rmagan bo‗lsa ne ajab. Balki u jahon adabiyotiga shunday sozi-ovozi bilan kirib
borar.
Ammo bunday mehr unda qayoqdan? Qayoqdan, qaysi buloq, qaysi zilol
chashmadan undagi buncha-lar sof, beg‗ubor, cheksiz muhabbat, tuganmas sevgi?
Hech shubha yo‗qki, ona xalqimizning o‗zidan, shu bag‗ri keng, tabiat oshig‗i,
mehmondo‗st,tanti, sodda, sahiy, insonparvar, odamparvar o‗zbegimiz-dan! Ona
xalqidan olgan u ularning barin. O‗zingdan qo‗ymasin, xalqim, o‗zingdan, deb
aytishlari bejiz emas-da, bejiz emas. Shoir bu bokira tuyg‗ularining tagida shu
onajon xalqi turganini biladi. Ularning barchasining bosh sababchisi xalqining o‗zi
ekanligiga u ro‗y-rost imon keltirgan. U o‗zimizning tandir nonimizni, tandirimizni
hech narsaga alishmaydi. Bedapoyamizda shunaqangi rohat tuyadiki... O‗taversin
boshqa hammasi! Parijiyu Rumosi, Londonu Tokiosi. O‗zimizga taalluqli,
o‗zimizniki bo‗lgan barcha ezgu hilqatlarni tengsiz va muqaddas biladi shoir.
Lekin ularning ichida ham eng ardoqlisi bor, eng suyugi,eng buyugi bor: albatta,
bu – Vatan, vatan timsolidagi O‗ZBEK – shu el, shu xalq, shu millat. Shu bois:
Ozod yurtda, obod yurtda bor kelajak,
Hur o‗lkaga mudom yo‗ldosh, yor kelajak.
Hali ne-ne Alpomishlar tug‗ilajak,
Baxting boshga gultoj endi, O‗zbekmomo.
deydi buyuk orzu-iftixor bilan.
323
Biz ushbu bahor ayyomida shunday she`r lar, shunday dil izhorlari sohibi
bo‗lgan, chindan-da buyuk insonni, xalqimizning shunday aziz, e`zozli farzandini
sharafladik, xotirini yod, ruhini shod etdik. Aniqki, bugun ham uning ruhi qoshida
lolaqizg‗aldoqlar yana bir o‗zgacha rang olib yashnadi, yalpizu rayhonlari
o‗zgacha bo‗y taratdi,tebranib qo‗ydi, do‗sti do‗lana yana bir ―Do‗lana‖ni esladi.
Zotan, ular shoir qalbidan, shoir esa xalq qalbidan ruh olgan, qanot bog‗lagan. Ruh
esa bezavol, hamishalik parvoz uning hayoti. Shubha yo‗qki, bugun bizning ham
ruhimiz yangilandi, tozardi, yana bir pog‗ona yuksaldi, qanotlandi.
O‗z she`r iyati, so‗zi bilan shunday ruhoniy lahzalarni tuhfa etgan
shoirimizga, Muhammad Yusufga, shunday shoirini tarbiyalagan elimizga, uning
dili, tiliga ta‘zim qilmay bo‗ladimi?! Ming bora ta‘zim!
Ta`zim Sizga, ey do‗sti sodiq, mehridaryo xalq,
Buyuk farzandlar-la bag‗ring to‗liqdir.
Ozod yurtda osmon bo‗l-u, quyosh kabi balq,
Ki sening yo‗ling oq,ezgu, qutlug‗dir!
Do'stlaringiz bilan baham: |