nafasi‖ nomi bilan 1961-yilda chop etilgandi. Shundan buyon ijodkorning ellikdan
ziyod kitobi o‗quvchilarga tortiq etildi. Erkin Vohidovning ―Tong lavhasi‖,
―Kamtarlik haqida‖, ―Buloq‖, ―Sevgi‖, ―Ona tuproq‖ kabi qator she`rlaridagi
chuqur ma`no go‗zal ifodalar, ajoyib tasvirlar bilan uyg‗unlashib ketgan. Masalan,
―egilishi‖, choy ichayotganda inson piyolaning peshonasidan ―o‗pishi‖dan ajoyib
328
she`r yaratadi:
Garchi shuncha mag‗rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibr-u havo nimaga kerak?
Kamtarin bo‗l, hatto bir qadam
O‗tma g‗urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O‗par doim peshonasidan [1, 38].
Uning she`rlaridan tashqari ―Palatkada yozilgan doston‖, ―Ruhlar isyoni‖,
―Istanbul fojiasi‖ singari dostonlari, ―Donishqishloq latifalari‖ nomli hajviy
turkumi, ―Oltin devor‖ komediyasi, ―Shoir-u she`r-u shuur‖ deb atalgan adabiy-
falsafiy to‗plami XX asr o‗zbek adabiyoti rivojiga katta hissa bo‗lib qo‗shilgan.
Erkin Vohidov she`riyatning ham barmoq, ham aruz, ham sarbast vaznlarida
birdek yuksak saviyada ijod qiladi. Yetmishincni yillarda aruz vazni ―eskirgan,
zamonga javob bera olmay qolgan vazn‖ deya inkor qilina boshlagan bir paytda
Erkin Vohidov ―Yoshlik devoni‖ (1969) kitobini yozgan, undan joy olgan o‗nlab
go‗zal g‗azallari bilan bunday da‘volarning asossiz ekanini isbotlagandi. Erkin
Vohidov g‗azallari muayyan kam-ko‗stlariga qaramay, she`riyatimiz rivojida
o‗ziga xos hodisa bo‗la oladi. ―Yoshlik devoni‖ 60-yillar o‗zbek she`riyati
taraqqiyotidagi muayyan tamoyillarning ko‗rinishi sifatida ham qimmatlidir.
Shoir ijodini uning tarjimonlik faoliyatisiz tasavvur etish qiyin. U ko‗plab
mashhur jahon shoirlarining asarlarini o‗zbek tiliga mahorat bilan o‗girgan.
Xususan, dunyo she`riyatining yorqin vakillari Sheroziy, Bedil, Gyote, Shiller, S.
Yesenin, A. Blok, L. Ukrainka, R. Hamzatov singari shoirlarning ko‗plab asarlarini
ona tilimizga tarjima qilgan. Ayniqsa, ijodkor tomonidan ulug‗ nemis mutafakkiri
Gyotening ―Faust‖ asari o‗zbek tiliga yuksak mahorat bilan tarjima qilinishi,
(1974-yilda) kitob holida nashr etilishi nafaqat adabiyotimiz, balki madaniyatimiz
tarixida ham muhim voqea bo‗lib qoldi.
Erkin Vohidov mohir tarjimon ham, u kabilarning asarlarini mahorat bilan
tarjima qilgan.
E.Vohidov faqat she`r va dostonlar yozibgina qolmay, boshqa janrlarda ham
barakali ijod qildi. U dramaturgiya sohasida ham o‗z qalamini sinab, ―Oltin
devor‖, ―Istanbul fojiasi‖ kabi dramalar yaratdi. Ayniqsa, ―Oltin devor‖
komediyasi uzoq yillar o‗zbek teatri sahnasidan tushmay keldi. Bu komediya
jahonning qator tillariga tarjima qilinib, teatrlarda sahnalashtirildi. E.Vohidov ellik
yildan ko‗proq davr mobaynida ijod etgan asarlarini to‗lplab, ―Ishq savdosi‖,
―She`r dunyosi‖, ―Umr daryosi‖ va ―Ko‗ngil nidosi‖ nomli to‗rt jildlik
saylanmasini o‗quvchilarga taqdim etdi. Bu asarlar faqat shoir qalbining,
kechinmalarininggina emas, balki xalq hayotining ham ko‗zgusidir. Shoir
asarlaridan hayotga, go‗zallikka muhabbat, yovuzlikka, tubanliklka nafrat yaqqol
sezilib turadi. Uning ilk dostoni – ―Nido‖da insoniyatga og‗ir judoliklar, bitmas
jarohatlar keltiradigan urush qattiq qoralansa, keyinroq bitilgan ―Ruhlar isyoni‖
dostonida xalqlar, millatlar, dinlar o‗rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta
329
falokatlar olib kelishi teran tasvirllangan. Bu esa shoir ijodida insonparvarlik
hamisha bosh mavzu bo‗lib keliganligini ko‗rsatadi.
Qadim-qadimdan insoniyat boshiga katta kulfatlar solib kelgan urushlar
tufayli qanchadan qancha odamlar qurbon bo‗lgan, ayollar tul, bolalar yetim
qolgan, gullab-yashnab yotgan shahar-u qishloqlar kultepaga aylangan. Shuning
uchun ham yuragida odamzodga mehr muhabbat bo‗lgan har qanday inson urushni
qattiq qoralagan, hamisha unga qarshi chiqqan. Tinchlik uchun kurashda, ayniqsa,
olimlar, san`atkorlar, shoir-u yozuvchilarning xizmati kattadir. Chunki ular
yaratgan asarlardan, ilgari surgan g‗oyalardan millionlab kishilar bahramand
bo‗ladi. Afsuski, fan-texnika rivojlanib, qurol-yarog‗lar takomillashib borgani sari
urush qurbonlarining ham soni ortib, u keltirgan vayronkorliklarning ko‗lami
kengayib bordi. Eng oxirgi – Ikkinchi jahon urushida ellik milliondan ortiq odam
halok bo‗ldi.
Erkin Vohidovning ―Nido‖ dostoni ham xuddi ana shu urush va u olib
kelgan kulfatlar, u yetkazgan jarohatlar haqidadir [2]. Bu doston qisman
avtobiografik xarakterga ega, ya`ni shoirning tarjimayi holi bilan bog‗liqdir.
Chunki uning ayni qalam ushlab, savod chiqarish davri ana shu urush yillariga
to‗g‗ri keladi. Bu doston avvalo yuksak badiiyati, samimiyati, teran insoniyligi
bilan ajralib turadi. Doston urush va inson muammosiga bag‗ishlangan.
Adabiyotda qay-qayta qalamga olingan bu muammo E.Vohidov dostonda o‗ziga
xos tarzda ishlangan hodisaga shaxsiy daxldorlik asarga samimiyat baxsh etgan.
Doston yigirma yil avval urushda halok bo‗lgan otasini xotirlayotgan
farzandning xayollari, iztiroblari bilan boshlanadi. Oradan yigirma yil o‗tib ketgan
bo‗lsa-da, hamon uning jarohatlari bitgani yo‗q. Hamon yer qa‘ridan ―O‗g‗lim!‖
degan nido yangrab turadi. Bu nidoning ma`nosi nima? Shu o‗rinda shoir olis
bolalik yillarini eslab ketadi. Ko‗z oldidan to‗p-to‗p bo‗lib jangga ketayotgan
odamlar o‗ta boshlaydi. Yoshgina bolakay hali urush nima ekanligini to‗liq
tasavvur qila olmaydi. Biroq ko‗p o‗tmay bu bolakay ko‗cha changitib yurgan olis,
sokin qishloqda ham urush o‗z fojiali qiyofasini namoyon eta boshlaydi.
Rustamning akasi bilan Xol aka-ku nogiron bo‗lishsa ham qaytib kelishibdi.
Ammo el-yurtning tinchligi, farzandlarning baxtiyor kelajagi deb jon bergan
insonlar qancha! Bu doston hozirgi tinch va osuda hayotimizning qadriga
etishimiz, asrab-avaylashimizga undashi bilan ahamiyatlidir [3].
Darhaqiqat, Erkin Vohidov o‗zining butun faoliyati va ijodini xalqimiz orzu-
o‗ylarini badiiy ifodalash, millatimiz taqdiriga daxldor muammolarni dadil ko‗tarib
chiqish, kishilarimiz madaniy-estetik saviyasini yuksaltirishdek ezgu maqsadlarga
yo‗naltirgandir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Vohidov E. Tanlangan asarlar. – T.: Sharq, 2016.
2.
Vohidov E. Ishq savdosi. – T.: Sharq, 2002.
3.
To‗xliev B. Adabiyot o‗qitish metodikasi. –T.: Yangi asr avlodi, 2006.
4.
Vohidov E. Shoiru, she`ru, shuur. – T.: Yosh gvardiya, 1987.
5.
To quyosh sochgayki nur. E.Vohidov zamondoshlari nigohida. – T.:
O‗zbekiston, 2018.