kuylash, uning ishqi bilan yashash har bir odam uchun ham qarz, ham farz. Shu
Shoir ―jilg‗a‖ misolida o‗zining hali yosh ekanligini, tezroq ulg‗ayishini,
yurtga munosib o‗g‗lon bo‗lishni, hozircha kichik bir she`r bitganligini, kerak
bo‗lsa, Vatan manfaati yo‗lida jonni fido qilishi mumkinligini oddiy so‗zlar
vositasida quyma misralar yaratadi. Vatanni sevish tuyg‗usining bundan ortiq
hayotning o‗zi ko‗rsatib turibdi. Har qanday so‗z qalam yordamida qog‗ozga
tushadi. Qalam kuchi deganda, so‗z tushuniladi. Shoirning ―Po‗lat‖ nomli she`rini
242
Lekin olgan jahonni faqat
Pero bo‗lib quyilgach po‗lat.
Qissadan hissa shuki, kuch bilan birni yiqitasan, bilim bilan mingni. Xulosa
qilib aytganda, faqat bilim bilan, ilg‗or g‗oyalar bilan dunyoni zabt etish mumkin.
Mazkur she`r butun yoshlarimizni, o‗quvchilarni savodli bo‗lishga, bilim olishga
chaqiradi.
Odam uchun eng qimmatli va takror namoyon bo‗lmaydigan narsa bu-vaqt.
Vaqtning orqasida esa umr turibdi. Xo‗sh, bugun vaqtga munosabat qanday?
Dunyoni dunyo qilgan inson bir qarg‗acha umr ko‗rmaydi. Shunday ekan, shoir
bong uradi, g‗aflatdagilarni uyg‗otadi, besamar o‗tgan kunlar uchun vaqt oldida
javob berishlarini bezovtalik bilan qog‗ozga tushiradi:
Fursat- oltin,
Sen ko‗krak kerib
Oltiningni sochib borasan.
Fursat quvlar,
Unga chap berib,
So‗rog‗idan qochib borasan.
Inson dunyoga kelibdiki, uning oila oldida, jamiyat oldida, Vatan oldida o‗z
burchlari va majburiyatlari bor. Bu vazifalarni ado etish vaqt bilan bog‗liq. Oltinni
topsa bo‗ladi, lekin vaqtni qaytarib topib bo‗lmaydi. Benaf va besamar o‗tgan umr
mevasiz daraxtday gap. Bir oniy g‗aflat, bir oniy beparvolik ulkan yutqazishlarga
olib kelishini shoir yuksak harorat bilan qog‗ozga tushiradi:
U yetolmas,
Yoshsan – abjirsan,
Qolmay kelar lekin orqangdan.
Qochma yigit,
Vaqt kelar birdan-
Fursat mahkam tutar yoqangdan.
Ba`zida vaqt o‗tganiga xursand bo‗lamiz. Uning elkasiga umr yuki
ortilganini ko‗pincha o‗ylayvermaymiz. Yosh ma`lum bir joyga etganda, ortga
boqar ekanmiz, quruq aravani tortib kelayotganligimiz ayon bo‗ladi. Ana o‗shanda
fursat yoqamizdan oladi. Afsuski, bu yo‗qotishni keyin topib bo‗lmaydi.
Yoshlar tarbiyasida badiiy adabiyotning ta`sir kuchi bir buloqdir. Biz
o‗zimiz qidirgan yaxshilik, ezgulik, vatanparvarlik, xalqparvarlik, adolat, sodiqlik,
oqibat, o‗zaro hurmat, oddiylik, kamtarlik kabi xislatlarni undan topamiz. Shunday
ekan, o‗quvchini badiiy adabiyot sehridan, so‗zning yaratuvchilik, bunyodkorlik
kuchidan bahramand qilish davrning dolzarb masalalaridan biri bo‗lib qolaveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sodiqova T. El ustozim.–T., 1997.
Do'stlaringiz bilan baham: