Tok transformatorlarining va rele chulg’amlarining toʻliq boʻlmagan yulduz sxemasida ulanishi
5.12-rasm. To‘liq bo‘lmagan yulduz sxemasi
Tok transformatorlari 5.12 - rasmda koʻrsatilgan- dek qilib ikki fazaga ulanadi. KA1 va KA2 relelardan mos faza toklari oqadi, KA3 dan esa bu toklarning geometrik yig’indisiga teng tok oqadi.
Toʻliq boʻlmagan yulduz sxema faqat V fazadagi bir fazali qisqa tutashuvgagina javob bera olmaydi va shuning uchun u fazalararo shikastlanishning barcha
turlaridan himoya uchun ishlatiladi. Sxema koeffitsiyenti Ksx=1.
Tok transformatorlarining uchburchakka ulangan chulg’amlariga releni yulduz sxemasini ulash
Tok transformatorlarini har xil nomli ikkilamchi chulg’amlarini ketma-ket ulanishlaridan uchburchak hosil boʻladi (5.13 - rasm).
Yulduz sxema boʻyicha ulangan relelar uchburchakning uchlariga ulanadi.
5.11-rasmda berilgan toklarning tarqalishidan koʻrinib turibdiki, har bir reledan ikkita faza toklarining geometrik farqlariga teng boʻlgan tok oqadi:
I A
I1
nT
IB
nT ;
IB
I2
nT
nT ;
IC
I3
nT
nT
, (5.7)
Bu formulalar asosida reledan oqadigan tok I 1, I 2 va I 3 ni har xil qisqa tutashuvlarda topish mumkin.
Tok transformatorlarini ikkilamchi chulg’amini uchburchak sxema boʻyicha ulanishi quyidagi xususiyatlarga ega:
Reledan toklar xamma tur qisqa tutashuvlarda oʻtadi va shuning natijasida bu sxema boʻyicha tuzilgan himoya xamma tur qisqa tutashuvlarga ta’sir javob beradi.
Reledagi tokning fazadagi toka nisbati qisqa tutashuv turiga bog’liq.
Nol ketma-ketlik toklari tok transformatorlarining ikkilamchi chulg’amlari uchburchagidan chetga chiqmaydi.
IÀ IB IC
5.13 –rasm. TT ning uchburchakka ulangan chulg’amlariga relening yulduz sxemasini ulash
Bundan kelib chiqadiki, yer orqali qisqa tutashuvlarda relega faqat toʻg’ri va teskari ketma-ketlik toklari ta’sir etadi (oqadi) yoki qisqa tutashuv toklarining
qismi oqadi.(5.1.-jadval)
Yuqorida koʻrilgan sxema asosan differensial va distansion (masofali) himoyalarda qoʻllaniladi.
5.1. – jadval
Q.T
turi
|
shikastlangan faza
|
fazadagi toklar
|
reledagi toklar
|
I
IA-IB
|
II
IB-IC
|
III
IC-IA
|
ikki fazali
|
A, B
|
IB=-IA; IC=0
|
2IA
|
IB
|
-IA
|
B, C
|
IC=-IB; IA=0
|
-IB
|
2IB
|
IC
|
C, A
|
IB=0; IA=-IC
|
IA
|
-IC
|
2IB
|
bir fazali
|
A
|
IA=IQ
|
IA
|
0
|
-IA
|
B
|
IB=IQ
|
-IB
|
IB
|
0
|
C
|
IC=IQ
|
0
|
-IC
|
IC
|
Koʻrib oʻtilgan sxema uchun uch fazali simmetrik rejimda reledagi tok fazadagi tokdan 3 marta katta, shunga asosan sxema koeffitsiyenti
S
K IR
IF
3IF 3,
IF
(5.8)
Ikki faza toki farqiga ulangan bitta releli sxema
Tok transformatorlari ikkita fazaga ulanadilar (masalan A va C) ularning ikkilamchi chulg’amlarining har xil nomli chiqishlari oʻzaro birlashtirilib unga parallel ravishda relening chulg’ami ulanadi.
Ip= Ia -Ic
5.14- rasm. Ikki faza toki farqiga ulash sxemasi
Simmetrik yuk va uch fazali qisqa tutashuv paytida birlamchi va ikkilamchi toklarning oqishi 5.14-rasmda koʻrsatilgan.
5.14- rasmda koʻrsatilgan holdagi tok tarqalishidan koʻrinib turibdiki, birlamchi zanjirdan musbat IA, IV, IS toklar oqqanda reledagi tok IR ikki faza toki IA va IV ning geometrik farqiga teng boʻladi, yani
bu yerda
IR=IA-IС (5.9)
I I A
I IС
n
А С n
T , T
, (5.10)
Koʻrilayotgan sxema faqat fazalararo qisqa tutashuvdan himoyalardagina ishlatilishi mumkin. Sxema koeffitsiyenti simmetrik rejimlarda quyidagicha topiladi.
. Elektromexanik relelar haqida umumiy ma’lumot. Releni bajarishda elektromagnit prinsiplarini qoʻllash. Elektromagnit relelar. Relelarning
ishlash va qaytish toki Elektr mexanik relelar
Releli himoya va elektr avtomatikasida elektr mexanik relelar, yarim oʻtkazgich uskunalar yordamida qurilgan relelar va toʻyinuvchi magnit sistemali
relelar keng ishlatiladi. Bulardan eng koʻp tarqalgani elektr mexanik relelardir.
Elektr mexanik relelar katta oʻlchamga ega. Ular ulanadigan tok va kuchlanish transformatorlari bilan birgalikda koʻp quvvat iste’mol qiladilar. Relelarning yarim oʻtkazgich asosida qurilishi ularning parametr va harakteristikalarining yaxshilashga olib keladi. Shuning uchun ular amalda borgan sari koʻproq qoʻllanilmoqda.
Elektr kattaliklarga ta’sir javob beruvchi relelardan tashqari, bilvosita shikastlanish va nonormal rejimlarni harakterlovchi noelektrik kattaliklarda ishlovchi relelar keng joriy etilmoqda.
Masalan, gaz yoki bosimning oshishiga ta’sir koʻrsatuvchi, moyli transformator va reaktorlarda qoʻllaniluvchi, haroratni sezuvchi relelar koʻp ishlatilmoqda.
Elektr kattaliklarga ta’sir javob beruvchi relelarni 2 guruhga boʻlish mumkin:
bir elektr kattalikka (tok yoki kuchlanish) ta’sir javob beruvchi relelar;
ikki elektr kattaliklarga (tok va kuchlanish, ikkita kuchlanish);
Birinchi guruhga tok va kuchlanish relelari, ikkinchi guruhga bir fazali quvvat va qarshilik relelari kiradi.
Elektr mexanik relelar elektromagnit, induksion, elektr dinamik va magnit elektrik pritsiplari asoslarida qurilishi mumkin. Sanoatda asosan, elektr magnit induksiya prinsipi asosida ishlovchi va xamma talablarga javob beruvchi relelar ishlab chiqarilmoqda.
Elektr mexanik relelarning asosiy qismlari oʻrinni chulg’am va kontaktlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |