Transformatorning kengaytirgichi bak bilan quvur orqali tutashtirilgan silindrik idishdan iborat boʻlib, moyning havo bilan tegib turadigan sirtini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Transformatorning baki moy bilan toʻlatilgan boʻlib, qizishdan yoki sovishdan moy hajmining oʻzgarishi kengaytirgichdagi moy sathining oʻzgarishiga olib keladi; bunda havo kengaytirgichdan yo siqib chiqariladi yoki kamayadi. Moy namni yaxshi shimadi va agarda, kengaytirgich atmosfera bilan toʻg’ridan-toʻg’ri tutashgan boʻlsa, unda havoning nami moyga oʻtib, uning izolyatsion xossalarini keskin pasaytiradi. Buning oldini olish uchun kengaytirgich atmosfera bilan selikagelli havo quritgich orqali bog’langan. Selikagel soʻrilayotgan havodagi namni shimadi. Yuklama keskin oʻzgarsa, selikagelli filtr havoni toʻliq quritmaydi, shuning uchun kengaytirgichda havo namligi asta-sekin orta boradi. Kengaytirgich orqali moy namlanishini oldini olish uchun inert gazdan iborat yostiqli germetik bak qoʻllaniladi yoki kengaytirgichdagi erkin boʻshliq maxsus elastik hajmdan keladigan inert gaz (azot) bilan toʻldiriladi. Moy-havo chegarasida maxsus parda - membrana qoʻllash mumkin. Kengaytirgichda havoni termoyaxlitgichlar yordamida quritish mumkin.
Transformatorning ishini nazorat qilib turish uchun nazorat-oʻlchash va himoya qurilmalari koʻzda tutiladi. Nazorat qurilmalariga moy koʻrsatkich va termometr kiradi. Moy koʻrsatkich kengaytirgichga, termometr bakning qopqog’iga oʻrnatiladi. Himoya qurilmalariga moy sathining pasayish relesi va gaz relesi kiradi.
330-750 kV li quvvatli transformatorlarda qoʻshimcha ravishda kirish joylari
izolyatsiyasini nazorat qiluvchi qurilma (INQ) va yuqori kuchlanishli germetik kirish joylaridagi moy bosimini oʻlchovchi manometrlar qoʻllaniladi.
Kuch transformatorlarning sovitish tizimlari
Transformatorning izolyatsiyasi uning eng muhim qismidir, chunki transformatorning ishonchli ishlashi asosan uning izolyatsiyasining ishonchliligiga bog’liq. Izolyatsiyaning konstruksiyasi «Yuqori kuchlanish texnikasi» kursida batafsil oʻtiladi.
Moyli transformatorlarda asosiy qismi izolyatsiya boʻlib, qattiq dielektriklar: qog’oz, elektr karton, getinaks va boshqalar bilan birgalikda ishlatiladi..
Kuchlanishni rostlash uchun moʻljallangan qayta ulagich qurilmalar va transformatorning aktiv qismi shoxobchalari bilan birga bakka joylanadi. Bakning asosiy qismlari - devorlar, tagi va qopqoqdir. Bak qopqog’idan kirish simlarini, chiqarish trubasini, kengaytirgichni mahkamlovchi elementlarni, termometrlar va boshqa detallarni oʻrnatish uchun foydalaniladi. Bakning devorlariga sovitgich qurilmalar, radiatorlar mahkamlanadi.
Kichik quvvatli transformatorlarda bakning tepa qismi ajraladigan qilib tayyorlanadi: chunki tuzatish ishlarida transformatorning qopqog’ini olish, soʻngra aktiv qismini bakdan koʻtarish zarur boʻladi.
Transformator aktiv qismining massasi 25 t dan ortiq boʻlsa, bu holda uni bakning tubiga oʻrnatiladi, soʻngra bakning qoʻng’iroq shaklli yuqori qismi bilan yopiladi va moy quyiladi. Pastki qismi ajraladigan bunday transformatorlarning aktiv qismini chiqarish uchun og’ir yuk koʻtaruvchi qurilmalarga hojat yoʻq, chunki remont paytlarida moy tushirilib, bakning yuqori qismi koʻtarilsa, chulg’am va magnit oʻtkazgichlarga bemalol qoʻl yetadi.
Oqim sochilishidan hosil boʻladigan isrofni kamaytirish uchun poʻlat baklar ichki tomonidan elektrotexnik poʻlat paketi yoki magnitsiz materiallardan tayyorlangan plastinkalar (mis, alyuminiy) bilan ekranlashtiriladi.
Transformatorning kengaytirgichi bak bilan quvur orqali tutashtirilgan
silindrik idishdan iborat boʻlib, moyning havo bilan tegib turadigan sirtini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Transformatorning baki moy bilan toʻlatilgan boʻlib, qizishdan yoki sovishdan moy hajmining oʻzgarishi kengaytirgichdagi moy sathining oʻzgarishiga olib keladi; bunda havo kengaytirgichdan yo siqib chiqariladi yoki kamayadi. Moy namni yaxshi shimadi va agarda, kengaytirgich atmosfera bilan toʻg’ridan-toʻg’ri tutashgan boʻlsa, unda havoning nami moyga oʻtib, uning izolyatsion xossalarini keskin pasaytiradi. Buning oldini olish uchun kengaytirgich atmosfera bilan selikagelli havo quritgich orqali bog’langan. Selikagel soʻrilayotgan havodagi namni shimadi. Yuklama keskin oʻzgarsa, selikagelli filtr havoni toʻliq quritmaydi, shuning uchun kengaytirgichda havo namligi asta-sekin orta boradi. Kengaytirgich orqali moyning namlanishini oldini olish uchun inert gazdan iborat yostiqli germetik bak qoʻllaniladi yoki kengaytirgichdagi erkin boʻshliq maxsus elastik hajmdan keladigan inert gaz (azot) bilan toʻldiriladi. Moy-havo chegarasida maxsus parda - membrana qoʻllash mumkin. Kengaytirgichda havoni termoyaxlitgichlar yordamida quritish mumkin.
Transformatorning ishini nazorat qilib turish uchun nazorat-oʻlchash va himoya qurilmalari koʻzda tutiladi. Nazorat qurilmalariga moy koʻrsatkich va termometr kiradi. Moy koʻrsatkich kengaytirgichga, termometr bakning qopqog’iga oʻrnatiladi. Himoya qurilmalariga moy sathining pasayish relesi va gaz relesi kiradi.
330-750 kV li quvvatli transformatorlarda qoʻshimcha ravishda kirish joylari izolyatsiyasini nazorat qiluvchi qurilma (INQ) va yuqori kuchlanishli germetik kirish joylaridagi moy bosimini oʻlchovchi manometrlar qoʻllaniladi.
Transformatorning ishlash jarayonida uning chulg’amlari va magnit oʻtkazgichi ulardagi energiyaning isrof boʻlishi hisobiga qiziydi. Transformator qismlarining qizish chegarasini izolyatsiya cheklaydi, chunki uning ishlash muddati qizish haroratiga bog’liq. Transformator quvvati qancha katta boʻlsa, sovitish tizimi shuncha intensivroq boʻlishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |