‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 Pedagogik texnikani egallash yo‘Ilari



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

6. Pedagogik texnikani egallash yo‘Ilari

Pedagogik  texnikani  egallash  uchun  awalo,  o‘qituvchi  o‘z 

fanini,  o‘qitadigan  predmetini,  pedagogika,  psixologiya  fanlarini 

davr  taraqqiyoti  darajasida  bilishi,  kasbiy  jihatdan  o‘z-o‘zini 

tarbiyalay  oladigan  bo‘lishi  zarur.  Chunki  pedagogik  texnika 

individual  kasbiy xususiyatga ega.  Birinchidan har bir  o‘qituvchi, 

har  bir  tarbiyachi  o‘zining  kasbiy  yo'nalishiga  ega.  Bu  yo‘nafish 

o‘qituvchini  mustaqil  fikr  yuritish,  mustaqil  ijod  qila  olish  orqali 

qo‘lga kiritiladi va mohir o'qituvchiga xos fazilatlami tarbiyalaydi.

Ikkinchidan  pedagogik  texnikani  tashkiliy-  metodik  mala­

kalarni  egallashga  bog‘liq.  Bu  malakalar  zarur bilimlar  bo‘yicha 

ma’ruzalami  tinglash,  maxsus  adabiyotlami  o‘qish  orqali  qo‘lga 

kiritiladi.  Tashkiliy-metodik  malakalar  aytilgan  yo‘l  -   yo‘riqlar,

456



ko‘rsatmalami  o‘zining  individual  kasbiy  tajribasida  sinab 

ko‘nikma  hosil  qilinsa  maqsadga  muvofiq  bo'ladi.  Tashkiliy- 

metodik  malakalaming  individual  xususiyatlari, jamoa  va  guruh 

bo‘lib ishlash, o‘qish, faoliyat ko‘rsatish asosida qurilgani ma’qul. 

Chunki guruh yoki jamoa bo‘Iib  o‘qish, ishlash har bir pedagogga 

o‘zini  boshqalar  ko‘zi  bilan  ko‘rishni,  faoliyatidagi  nuqsonlami 

seza  bilishni,  muomala va hulq-atvoming  yangi  shakllami  izlab 

topish  va  sinash  imkonini  beradi.  Bu  esa  o‘z-o‘zini  bilish,  o‘z- 

o'zini tarbiyalash uchun asos boiadi  va pedagogik  vazifalaming 

yangi  usullarmi  tekshirib  ko‘rish,  nazariy  masalalarini  hal  qilish 

uchun  tajriba  maydoni  bo‘lib  qoladi.  Demak,  tashkiliy-metodik 

malakalami  egallashda  guruh,  jamoa  faoliyati,  mashg‘ulotlari 

pedagogik texnika asoslarini egallash imkonini beradi.

Uchunchidan  pedagogik  texnikani  egallagan-har  bir pedagog 

individual  dasturini  ishlab  chiqmog'i  lozim.  Bunday  dastumi 

tuzishdan  oldin  pedagogik  texnika  malakalarini  shakllangan- 

ligining boshlang‘ich darajasini aniqlab olish zarur. Ya’ni pedagog­

ning dastlabki o‘quv-tarbiya ishlaridagi natija, nutq madaniyatining 

to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qo‘yilishi, mimik va pantomimik aniqliklar va 

hokazo.  Bunda natija yaxshi bo‘Isa, kelajakda pedagogik texnikani 

egallash  ancha  oson  bo‘ladi.  Chunki  ushbu  ko‘nikma  va 

malakalami  rivojlantiradi.  Individual  dastur  pedagogik  texnika 

malakalarining  yetishmaydiganini  to‘ldirish  uchun  xizmat  qiladi. 

Bu  dastur  ma’lum  mashqlar  yoki  mashqlar  majmuini  o‘z  ichiga 

oladi.  Shuni  ham  unutmaslik  lozimki,  pedagogik  jarayonda 

pedagogning  umumiy  madaniyati,  ma’naviy  va  estetik  dunyo- 

qarashi  muhim  o‘rin  tutadi.  Agar  o‘qituvchining  nutqi  qashshoq, 

so‘zlami  talaffuz  qilish  qobiliyatli  past,  estetik  jihatdan  omil, 

bo‘lar-bo‘lmasga  hissiyotiga  erk  beradigan  bo‘lsa  tarbiyalanuv- 

chilaming e’tiqodiga, aql-idrokiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Demak, 

o‘qituvchi  o‘zidagi  ana  shu nuqsonlami  qayta  tarbiyalashi  lozim 

ekan.  Bu  pedagogik  texnikani  egallashning  to‘rtinchi  yo‘lidir. 

Shunday  qilib,  pedagogik  texnika,  uning  malakalari,  egallash 

yo‘llari to‘g‘risida bildirgan fikrlarga e’tibor bermaslik, pedagogik 

faoliyat  jarayonida  ulaming  roliga  yetarli  baho  bermaslik, 

shuningdek  pedagogik  texnika  malakalarini  tanqidiy,  har  bir



457


pedagogning individual xususiyatlarini hisobga olinay ish yuritish 

pedagogik  mahoratni  egallashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va o‘quv- 

tarbiya ishidagi nuqsonlaming ko‘payishiga olib keladi. Pedagogik 

texnikani  egallashning  asosiy  yo‘llari  o ‘qituvchi  rahbarligidagi 

mashg‘ulotlar (pedagogik texnikani o‘rganish) va mustaqil ishlash 

(kasbiy  jihatdan  o‘z-o‘zini  tarbiyalash)  dir.  Pedagogik  texnika 

malakalarining  individual -  kasbiy  tusda  ekanligini  hisobga  olib, 

pedagogik texnikani  egallashda va uni  takomillashtirishda kasbiy 

jihatdan  o ‘z-o‘zini  tarbiyalash,  ya’ni  mohir  o‘qituvchi  kasbiy 

fazilatlarini  va  kasbiy  malakalarini  shakllantirishga  qaratilgan 

faoliyat  yetakchi  ro‘l  o‘ynaydi,  deb  aytish  mumkin.  Tashkiliy -  

metodik  jihatdan  pedagogik  texnika  mashg‘ulotlari  individual, 

guruhiy  yoki  ketma-ketlikda  o‘tkazilishi  mumkin.  Pedagogik 

texnika  malakalarini  shakllantirishda  guruhiy  ish  olib  borish 

alohida  rol  o‘ynaydi.  Pedagogik  texnika  mashg‘ulotlarining  bu 

shaklini  ancha  batafsilroq  ochib  berish  maqsadga  muvofiqdir, 

chunki u hozirga qadar o‘qituvchilar uchun mo‘ Ijallangan o‘quv va 

metodik adabiyotlarda lozim darajada ko6rsatib berilmagan. Xuddi 

shunday  ishda pedagog  oldida  o‘zini  boshqa  kishilar  ko‘zi  bilan 

ko‘rish,  hulq-atvor  va  muomalaning  yangi  shakllarini  izlash  va 

sinab  ko‘rish,  о‘zining  odamlar  bilan  birga  qiladigan  ishi 

xususiyatlarini anglash va kasbiy faoliyatining  individual uslubini 

ongli ravishda shakllantirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Psixologlaming  pedagogik  texnikani  guruh  bo‘lib  o‘rgatish 

rahbarlarining  tajriba  ishida  bunday  guruhlarning  eng  qulay 

miqdori  10-14  kishidan  iborat  bo‘lishi  belgilab  berilgan. 

Qatnashchilaming  xuddi  shunday  miqdori  ulardan  har  biriga 

boshqa  kishilar  bilan  birga  ishlashning  individual  psixologik 

muammolarini juda to‘liq ravishda aniqlab, hal etish, refleksiya va 

empatiya  darajasini jiddiy  oshirish,  pedagogik  fahm  -   farosatni 

rivojlantirish,  boshqalarga  ta’sir  etish  vositalarini  kengaytirish 

imkonini beradi. Shu narsa muhimki, guruh qatnashchilari, bo‘lajak 

pedagoglar  kasbiy jihatdan  birga  ishlash  malakalarini  egallashga 

faol  intilishlari,  o‘z-o‘zini  bilish  va  kasbiy  jihatdan  o‘z-o‘zini 

tarbiyalash bo‘yicha chuqur ish olib borishga, psixologik jihatdan 

tayyor  bo‘lishlari  kerak.  Barcha  hollarda  ham  individual,  ham



458


guruhiy  mashg‘ulotlar  boshlanishidan  oldin  pedagogik  texnikani 

egallashning  individual  dasturi  tuzib  chiqilishi  lozim,  Biroq, 

tajribaning  ko‘rsatishicha,  odatda,  mazkur  bosqichda  faqat 

malakalar  haqidagina  emas,  shu  bilan  birga  dastlab  avtomat- 

lashtirilgan  (ta’limni  boshlash  vaqtiga  kelib)  ko‘nikmalar  haqida 

ham borishi mumkin ekan. Bular, masalan, nafas olish va ovozning 

tabiiy yoiga qo'yiiishi, to‘g‘ri talaffuz, bundan oldingi tarbiyaning 

natijasi bo‘lgan savodli, ifodali nutq, mimik va pantomimik aniqlik 

va boshqalar bo‘lishi mumkin. Bunday ko'nikmalarning mavjudligi 

pedagogik 

texnika 

malakalarini 

shakllantirishni 

ancha 


osonlashtiradi.  Shunga  qaramasdan  barcha  hollarda  ana  shu 

ko‘nikmalami  tegishli  malakalar  tarkibiga  kiritish  yuzasidan 

muayyan  ish  olib  borilishi  zarur.  Pedagogik texnika  malakalarini 

shakllantirishning boshlangvich  darajasiga qarab uni  egallashning 

individual  dasturi  yetishmaydigan  malakalami  shaldlantirishga 

qaratilgan ayrim mashqlami yoki mashqlaming to‘liq majmuini o‘z 

ichiga oladi.


Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish