‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

451


4. 

Bunda  muloqotda  kirishuvchilar  o‘zaro  bir-birlarini  idrok 

qilish asosida ulardan biri ikkinchisining ishonchini qozonadi, aqlli, 

farosatli,  tajribali,  yuksak  tayyorgarlikka  ega  barkamol  shahs 

sifatida idrok qilinadi.

Muloqotning har uchala tomonini yaxlit olib qaraganda o‘zaro 

hamkorlik  faoliyatini  tashkil  qilishning  usullari  va  unda  ishtirok 

etuvchilaming munosabatlari yaqqol namoyon bo‘ladi.  Pedagogik 

muloqot  muvaffaqiyatli  tashkil  etilishi  uchun,  o'qituvchi  o ‘quv- 

chilar bilan xamkorlik faoliyatiga chuqur kirishib keta olishi, shaxs­

ni har tomonlama shakllantirishning maqsad va vazifalarini chuqur 

anglab, faoliyat olib borishi lozim.

Jonli  muloqot-o‘qituvchi  tomonidan  tashkil  etiladigan,  har 

qanday  ta'lim-tarbiyaviy  tadbir  mohiyatini  og'zaki  so‘z  bilan 

o‘quvchilarga  yetkazadigan,  ziddiyatli jarayonlardan  olib  chiqish 

qudratiga ega  bo‘lgan faoliyatdir.  0 ‘qituvchi  pedagogik  maho- 

ratida mujassamlashgan nutqning jozibadorligi, bilim saviyasining 

va tafakkurining kengligi, o‘tkir dunyoqarashi, ma’naviy madaniyat 

darajasi,  pedagogik  qobiliyati,  ta'lim-tarbiyaviy  maqsadlaming 

mutanosibligi har qanday dars va darsdan tashqari ta'lim-tarbiyaviy 

tadbiming  muvaffaqiyatini  ta'minlovchi  hamda  o‘qituvchi  jonli 

muloqotini  tashkil 

etuvchi  omillardir. 

0 ‘qituvchi  kasbiy 

faoliyatidagi jonli muloqot qobiliyatini takomillashtirish uchun o‘z 

oldiga  doimo  quyidagi  savollami  qo‘yib,  unga  mustaqil  fikr- 

mulohazasi asosida javob bera olishi kerak.

0 ‘qituvchining  muloqot  usullari. Avtoritarusulda faoliyat olib 

boradigan o‘qituvchi ish faoliyati xarakterida quyidagi xususiyatlar 

mujassamlashgan bo‘ladi:

-  o‘zi  yakka  holda  guruh  faoliyatining  yo‘nalishlarini 

belgilaydi;

-  ta'lim-tarbiyaviy  jarayonga  javobgarlikni  o‘z  zimmasiga 

oladi;


-  o‘quvchilaming unga so‘zsizbo‘ysunishmi  da'vo qiladi;

-  qattiq intizom asosida ish olib boradi;

-  topshiriqlaming to'liq bajarilishini talab qiladi;

-  gap qaytargan, fikr bildirgan o‘quvchini yoqtirmaydi;



452


-  o‘quvchilarga biror muammoni to‘Hq tushimtirmasdan talab 

qiladi.


Demokratik 

usul 


asosida 

faoliyat 

olib 

boradigan 



o‘qituvchining  bosh  shiori  o‘quvchilarda  mustaqil  va  erkin  fikr 

yuritish  ko‘mkmalarini  va  ongli  intizomni  hosil  qilishdan  iborat. 

0 ‘qituvchining  muloqoti  barcha  demokratik  talablar  asosida 

quriladi.  Liberal  usul  asosida  faoliyat  olib  boruvchi  o‘qituvchi 

xususiyatlariga sho‘rolar zamonidan qolgan talim—tarbiya tizimga 

xos  mafkuraviy  qarashlar  mujassamlashgan.  0 ‘qituvchining 

pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mavjud: 

-tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi; 

—ta’lim - tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi; 

- o ‘z  mustaqil  fikriga  ega  emas,  javobgarlikdan  o‘zini  olib 

qochadi;

- o ‘quvchilarga  berilgan  topshiriqlaming  natijalari  bilan 

qiziqmaydi;

-o'quvchilar kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, beg‘am qaraydi;

— o‘z  pedagogik  faoliyatiga  sovuqqonlik  bilan  munosabatda 

bo‘Iadi.



Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish