‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

mening laqabimdir ’’ deydi.

Disterveg Pestalotstsi singari tarbiyaning eng muhim printsipi

-   uning  tabiatga  uyg'un  bo‘lishidir,  deb  hisobladi.  Disterveg 

tarbiyaning  tabiatga  uyg‘un bo‘lishini quyidagi  mazmunda talqin 

qildi,  ya’ni  tarbiya  odamning  tabiiy  kamol  topishiga  qarab  olib 

borilishi,  o‘quvchining  yoshi va o‘ziga xos  xususiyatlari  hisobga 

olinishi  kerak,  dedi.  Disterveg  o‘qituvchilar bolalar  diqqati,  xoti- 

rasi,  tafakkurining  o‘ziga  xos  belgilarini  sinchiklab  o‘rganishlari 

kerak,  deb  aytdi;  u  psixologiyani  ‘tarbiya  to‘g‘risidagi  fanning 

asosi”  deb  bildi.  Distervegning  katta  xizmati  shundaki,  u 

pedagoglik  tajribasini  pedagogikani  taraqqiy  ettirishning  manbai 

deb hisobladi. U mohir pedagoglaming bolalami tarbiyalash va bu 

sohadagi ish tajribalarini o‘rganish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Disterveg  tabiatga  uyg‘un  bo‘lish  printsipiga  qo‘shimcha 

ravishda  tarbiya  madaniy  uyg‘un  xarakterda  bo'lishi  ham  kerak, 

deb talab qildi.

Disterveg tarbiyaning oliy maqsadini belgilab, bu “haqiqatga, 

go‘zaIlikka 

va 

yaxshilikka 



xizmat 

qilishga 

qaratilgan 

tashabbuskorlikdir” deb aytdi.



Aqliy  ta ’lim.  Disterveg  ham  Pestalotstsi  singari,  ta’limning 

asosiy  vazifasi  bolalaming  aqliy  kuchlarini  va  qobiliyatlarini 

o‘ stirishdan iboratdir, deb hisoblaydi. Lekin u formal ta’lim moddiy 

ta’lim bilan chambarchas bog‘langanligini ko‘rsatib, Pestalotstsiga 

nisbatan olg‘a tomon katta qadam qo‘ydi. Disterveg, imiuman sof 

formal  ta’lim  bo‘lmaydi,  lekin  o‘quvchining  o‘zi  mustaqil  olgan 

bilimlari va malakalarigina qimmatga egadir, deb uqtirdi.

Distervegning  fikricha,  boshlang‘ich  maktabda  o‘quvchilar- 

ning o ‘qitilgan materialni o‘zlashtirish ustida mustaqil ishlay oladi- 

gan qilishga,  ularda buning uchun malaka hosil qilishga, ulaming 

aqliy  kuch  va  qobiliyatlarini  o‘stirishga  asosiy  e’tibor  berilishi 

zarur. 0 ‘qituvchi ko‘rsatmali o‘qitish yo‘li bilan bolalardagi barcha 

sezgi  a’zolarini  o‘stirishga  alohida  e’tibor  berishi  lozim.  o‘rta 

maktabda “moddiy maqsad ham asta-sekin oldinga surila beradi” -



437


o‘quvchilar  xilma-xil  va  chuqur  ilmiy  bilimlar  bilan  qurollantira 

beriladi.

Disterveg o‘rganilayotgan materialni ongli o‘zlashtirishga katta 

ahamiyat beradi.  o‘quvchilaming  o‘rganilgan material  mohiyatini 

ravshan va aniq bayon qilib bera oladigan bo‘lishi shu materialning 

o‘zlashtirilganligini  ko‘rsatuvchi  belgilaming  biridir.  Disterveg 

o‘qitilayotgan  materialning  mustahkam  o‘zlashtirilishiga  ko;p 

e’tibor  beradi.  Disterveg  “o ‘quvchilar  o‘rganib  olgan  narsalarni 

unutib qo‘ymasliklariga harakat qil” degan qoidani ilgari suradi va 

o‘tilgan  material  esdan  chiqib  qolmasligi  uchun  uni  tez-tez 

takrorlab  turishni  maslahat  beradi.  Distervegning  qoidalaridan 

birida “asoslami o‘rganishdan shoshilma” deyiladi.




Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish