‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


I I BOLIM. Ill  BOB. DIDAKTIKA- TA’LIM NAZARIYASI



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

I I BOLIM.

Ill  BOB. DIDAKTIKA- TA’LIM NAZARIYASI

l.Didaktikaning predmeti  va uning vazifaiari

Didaktikaning  predmeti  ta’lim-tarbiya  muassasasi  sharoitida 

pedagog  rahbarligi  ostida  amalga  oshadigan  o‘quv  jarayonidir. 

Didaktikada ana shu jarayonning qonuniyatlari tadqiq qilinadi, har 

xil  tipdagi  ta’lim-tarbiya  muassasalarida  u  yoki  bu  darajada 

beriladigan ta’lim mazmunini belgilashning ilmiy asoslari, o‘qitish 

vositalari  va  metodlarining  samaradorligini  oshirish  yo‘llari 

hamda ta’limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi.

Didaktika pedagogikaning ta’lim va o‘qitish nazariyasini ishlab 

chiqadigan tarmog‘idir. Didaktika yunoncha “didaktikos” so‘zidan 

kelib chiqqan bo‘lib, o‘qitish, o‘rganish ma’nosini bildiradi. Yaqin 

va  0 ‘rta  Sharqda  Al-Xorazmiy,  Kindiy,  Abu Nasir  Forobiy,  Al- 

Beruniy,  Ibn  Sino,  Umar  Hayyom  kabi  mutafakkirlar  ilmiy 

didaktikaga asos solgan bo‘lsalar, Amos Komenskiy, shveysariya- 

lik  pedagog  I.  G.  Pestalossi,  nemis  pedagogi  A.  Disterveglar 

Yevropada didaktikaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar.

Al-Xorazmiy,  Kindiy,  Abu  Nasr  Forobiy,  Al-Beruniy,  Ibn 

Sino,  Umar  Xayyom,  Nasriddin  Tusiy  va  ularning  izdoshlari 

qarashlarining  muhim  xususiyati  shundan  iborat  ediki,  mazkur 

olimlar doimo predmetning qiyofasi inson ongida mavhumlashuvi 

jarayoniga  mana  shu  predmetning  mohiyati  va  o‘ziga  xosligini 

tushunish  sodir  bo‘lishi  hamda  shakllanishiga  e’tibor  berganlar. 

Ular  bilishning  predmeti  va  manbalariga,  bilish jarayoni  qanday 

bosqichlardan tarkib topishiga, bilish faoliyati bilan amaliy faoliyat 

o‘rtasidagi  munosabatlarga  qiziqqanlar.  Al-Xorazmiy  shaxsning 

uzluksiz kamol topishi nazariyasini rivojlantirish borasida muhim 

xizmat  qildi,  induktiv  va deduktiv tafakkurdagi  alohidalik  hamda 

umumiylikning birligi prinsipini muayyanlashtirdi.

69



Kindiy substansiyani barcha ilmiy bilimlarning bosh predmeti 

sifatida ko‘rib chiqishda, eng avvalo, miqdor va sifatni hissiy idrok 

etish  zarurligini  tasdiqladi.  Kimki  miqdor  va  sifatni  bilmasa,  u 

substansiyani  bilishdan  ham  mahrumligim  uqtirdi.  Olim  o‘zining 

didaktik  g‘oya!arida  hissiy  va  ratsional  bilishni  ifodaladi.  Hissiy 

bilish  yakka  narsalami  bilishdan  iborat  boisa,  oqilona  bilish 

umumiy narsalami bilish ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, hissiy 

bilish faqat aql uchun material beradi.

Sabablar  haqiqatni  bilishda  va  o‘zining  ana  shu  haqiqatga 

muvofiq  xatti-harakatlarini  anglashda  insonning  aqliga  ko‘mak- 

lashadi. “Haqiqat, -  deb yozgan edi Kindiy, har qanday narsani va 

uning  barqarorligini  bilishning  sababidir,  binobarin,  hayotdagi 

mavjud hamma narsa haqiqiyligi bilan mavjuddir. Haqiqatni bilish 

zarur va shunga ko‘ra mavjud narsalami bilish mumkin”.

Abu  Nasr  Forobiy  o‘qitish  metodlarining  tasnifini  ishlab 

chiqqan.  Ulami amaliy va nazariy metodlarga ajratgan,  shu tariqa 

o‘qitishning  amaliy  yo‘nalishi  va  kishilaming  hayoti  hamda 

kundalik  faoliyati  bilan  bogiiqligi  g‘oyalarini olg‘a  surgan.  Olim 

o‘qitishning  tajriba  ko‘rsatmali,  induktiv  va  deduktiv,  amaliy 

metodlariga  alohida  e’tibor  bergan.  Barcha  metodlami  o‘quvchi- 

ning hayotiy tajribasiga,  mantiqiy tafakkuriga tayangan holda bir- 

lashtirgan. 0 ‘quv jarayonini tashkil etishga qo‘yiladigan talablami 

ishlab  chiqishda  deduktiv  metodni  ustun  qo‘yib,  o‘quvchilarga 

materialni  tushuntirishda nimalarga  alohida  e’tibor berish haqida, 

eng  muhim  narsalami  fanga  ishonchli  bilimlar  beradigan  va 

shubhalantirmaydigan dalillar bilan yoritish va hokazolar bo‘yicha 

o‘qituvchilar uchun qimmatli tavsiyalarini bayon qilgan.

Abu Nasr Forobiy matematika fani misollari  asosida o‘qitish- 

ning ilmiylik, ko‘rsatmalilik, tushunarlilik va izchillik prinsiplarini 

ishlab  chiqqan.  Bilish  jarayoni  va  fandagi  bilim  shakllarining 

mohiyatini  yoritgan.  Uning  fikricha,  ana  shu jarayonlar  qonunlar 

sifatida  shakllanadi  va  ularga  rioya  qilish  fikrlashni  takomil- 

lashtiradi  hamda  murakkab  bilish jarayonida  qo‘pol  xatolaming 

oldini oladi. Bilish jarayoni  fikrlash mantiqi orqali amalga oshadi. 

Mantiq,  obyekti  anglashga  qaratilgan  va  aql  yetadigan  mohiyatlar

70



tahlil etiladigan fikrlash jarayonining to‘g‘riligini belgilashga xizmat 

qiladi. Mantiq quroldir va u narsalami aniq bilishga yordam beradi.

Abu  Nasr  Forobiy  bilish  faoliyatini  tashkil  etish  masalalari 

bo‘yicha  ham  anchagina  mufassal  tavsiyalami  ishlab  chiqqan. 

Uning yozishicha, yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun nazariy a qaysi 

fanga taalluqli bo‘lsa-da, quyidagi uchta shartga rioya qilishi shart:

1. Mazkur fan asosidagi hamma prinsiplami to‘liq bilish.

2.  Mana  shu  prinsiplardan  va  mazkur  fanga  doir  ma’lu- 

motlardan tegishli xulosalar chiqara bilish.

3. Noto‘g‘ri nazariyani rad eta bilish va haqiqatni yolg‘ondan 

farqlash,  xatolarni  to‘g‘rilash  uchun  boshqa  mualliflaming  fikr- 

larini tahlil qila bilish. Borliqning aks etishi sifatidagi hissiy bilish 

muammosi  va  eng  asosiy  masala  bilishning  manbalari  masalasi 

doimo Beruniy nazariy bilish faoliyatining diqqat markazida turdi.

Olim  bilishning  nazariy  asosini  cheksiz  va  uzluksiz jarayon 

sifatida  tahlil  va  talqin  qildi.  U  o‘zidan  oldingi  olimlar  ishlab 

chiqqan  bilishning  ilmiy  metodlarini  rivojlantirib,  didaktik 

yo‘sinda muhim xulosalar chiqardi:

“0 ‘qish va takrorlash  orqali, -  deb  yozgan  edi  Beruniy,  dun- 

yoning  tuzilishini,  osmonning  va  Yeming  shakllarini  bilish 

astronomiya  fani  uchun  g‘oyatda  foydalidir.  Binobarin,  ana  shu 

tariqa  ta’lim  oluvchi  malaka  hosil  qiladi  va  mazkur  san’at  ahli 

ishlatadigan so‘zlami o‘rganadi, bu so‘zlaming ma’nosini anglaydi. 

Keyinchalik  astronomiya  fanidagi  turli  sabablar  va  isbotlami 

o‘rganishda ana shunday  so‘ziar  uchrasa, ularni bemalol tushunib 

boraveradi va u yoki bu narsalami o‘zlashtirishda charchamaydi”.

Abu  Rayhon  Beruniy  ta’kidlaganidek,  o‘qitish  izchil,  ko‘rsat- 

mali,  maqsadga muvofiq bo‘lishi  va  ma’lum  tizimda  olib  borilishi 

lozim. Binobarin, ko‘rsatmalilik ta’limning tushunarliroq, muayyan- 

roq va qiziqarliroq bo‘lishini ta’minlaydi, tafakkumi rivojlantiradi.

Ibn  Sinoning  bilim  orqali  erishiladigan  natijalari  haqidagi

I   ta’limoti  o‘qitish  nazariyasida  alohida  o‘rin  egalladi.  Uning 

fikricha,  buyumlami  chinakam  bilishga  tashqi  ko‘rmishim  tahlil 

qilish,  sabablarini aniqlash asosida aql bilan erishiladi.



71


Ibn  Sino  aqlning  rivojlanish  bosqichlarini  ishlab  chiqqan. 

Mushohada bilan idrok qilishning  birinchi  bosqichi  aqliy katego- 

riyalami  tushuntirishdir.  Ikkinchi  bosqich  ikki  xil  fikmi  idrok 

etishdir.  Aqliy rivojlanishning uchinchi bosqichiga o‘zlashtirilgan 

fikrlarni  idrok  etish  bilan  erishiladi.  Shunda  uni  haqiqiy  aql 

deyiladi.  Olim  aqliy  faoliyatni  bosqichlarga bo‘lar ekan,  birinchi 

bosqichda  yodlay  oladigan,  lekin  hali  harflarni  ham,  siyoh  va 

qalamni ham bilmaydigan bolaning aqlini nazarda tutgan; ikkinchi 

bosqichda tayoqchalami chiza boshlagan, qalamdan foydalanishni 

o‘rganayotgan bolaning aqli tasawur qilinadi; uchinchi bosqichda 

inson aqliy shakllami va ularga muvofiq hissiy obrazlami egallagan 

bo‘ladi.


Ibn  Sino  aql  deganda  insonning  tug‘ma  iste’dodini,  shuning- 

dek,  tajriba  asosida  va  bilish jarayonida  shakllanadigan  fikrlash 

qobiliyatini tushunadi.  Aqlni insonning birlamchi tug‘ma sog‘lom 

fikrlashi,  yaxshi  va  yomon  ishlami  vujudga  keltiradigan,  ularni 

farqlantiradigan  kuch,  deb  ta’riflaydi.  Aql  insonning  xatti- 

harakatlarida namoyon bo‘ladi.

Inson  aql  yordamida  narsalar  va  hodisalami  tahlil  qiladi, 

umumlashtiradi  hamda  ulaming  eng  yaxshilarini  tanlaydi,  deb 

uqtiradi. Shuningdek, aqlni ikki kategoriyaga ajratadi. Ulaming biri 

nazariy  aql  bo‘lib,  borliqdagi  umumiy  narsalaming  mohiyatini 

idrok  etishdir,  ikkinchisi  esa  amaliy  aql  bo‘lib,  buyumlami 

tanlashda turtki sifatida ko‘rinadigan qobiliyatdir.

Abdulla  Avloniy  o‘zining  barcha  tadqiqotlarida  ilm  muam- 

mosini  birinchi  o‘ringa  qo‘ygan.  “Alhosil,  -   deb  yozgan  edi  u, 

butun  hayotimiz,  salomatligimiz,  saodatimiz,  sarvatimiz,  maisha- 

timiz,  himmatimiz,  g‘ayratimiz,  dunyo  va  oxiratimiz  ilm  bilan 

bog‘liqdur...  Shuning uchun o‘qimak, bilmak zamonlarini  qo‘ldan 

bermay,  vujudimizning  dushmani  bo‘lgan jaholatdan  qutulmakka 

jonimiz boricha sa’y qilmagimiz lozimdur”1.

Abdulla  Avloniy  ilm  tarbiya  jarayonida  o‘zlashtiriladi  va  u 

yaxshini yomondan, ezgulikni  yovuzlikdan, joizni  nojoizdan farq­

lash  imkonini  beradi,  deb  hisoblaydi.  U  tarbiya  bilan  ta’limning

'Abdulla Avloniy  Turkiy guliston yoxud ahloq. Т.,  O 'qituvchi” .  1992- y, 23- bet

72



birligi  muammosini  ishlab  chiqdi.  Garchi  Avloniy  ta’lim  bilan 

tarbiya o‘rtasida ozgina farcj borligini aytgan boisa ham, ular tana 

va jon singari bir-biriga chambarchas bogiiqdir,  deydi.

Yuqoridagi  asarlaming  nomlaridan  va  pedagogik  fikrlardan 

ayon boiadiki, mazkur mualliflar didaktikaga o‘qitish san’ati sifa­

tida, shuningdek, o‘ziga xos amaliy ko‘nikma sifatida qaraganlar.

Didaktika  tushunchasini  Yan  Amos  Komenskiy  (1592-1670) 

ham ana shu yo‘sinda sharhlagan.

Kelajak avlodga tizimli taiim  berish jarayoni va o‘qitishning 

xususiyatlari  va  qonuniyatlarini  mantiqiy  va  izchil  o‘rganadigan, 

uning  o‘ziga  xos  jihatlarini  belgilab  beradigan,  inson  siviliza- 

tsiyasining  rivojlanish  jarayonida  shakllangan  ilmiy  soha  -  

didaktikadir.

Mazkur termin yunon tilidan olingan boiib (




Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish