Ўзбекистон республикаси олий ва


O'qituvchining darsga tayyorlanishi, taqvim-reja tuzish tartibi. Dars ishlanmasini tuzish



Download 2,43 Mb.
bet79/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

O'qituvchining darsga tayyorlanishi, taqvim-reja tuzish tartibi. Dars ishlanmasini tuzish.

Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog'liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha o'ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va talabalar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo'la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta'minlovchi o'quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini ta'minlash, kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir.

O'qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko'zga tashlanadi: tashhislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish). Shu bilan birga o'qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o'z fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo'lajak mashg'ulotning algoritmlari, samaradorligi bog'liq bo'lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta'minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.

Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan boshlanadi. Tashhis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda talabalarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o'quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o'zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo'ladi.

Bashoratlash bo'lajak darsni tashkil etilishining turli variantlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma'qulini tanlab olish.

Loyihalashtirish (rejalashtirish) talabalarning o'quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo'lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o'zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so'rash, qaerda mavzuni kiritish, mashg'ulotni keyingi bosqichiga qanday o'tish, oldindan ko'zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo'yicha qayta o'zgartirish) ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish dasturi darsning an'anaviy rejasidan boshqarish ta'sir ko'rsatishlarini aniq va tushunarli belgilab olish bilan farq qiladi.

Ta'limning yordamchi shakllari. Ta'limning yordamchi shakllari: to'garak, praktikum, seminar, konferentsiya, maslahat (konsult`tatsiya), fakul`tativ mashg'ulot, o'quv ekskursiyalari, talabalarning mustaqil uy ishlari va boshqalar sanaladi.

Darsdan tashqari mashg'ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o'qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, talabalarning mustaqil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi - dars mashg`ulotida o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, talabalarning individual layoqati, iste'dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Bu ishlar o'quv dasturi talabalar, talabalarning qiziqish va ehtiyojlari hamda ularning rivojlanish darajalarini hisobga olib quriladi. Talabalarning mustaqil uy ishlari ma'lum didaktik vazifalarni bajaradi. Chunonchi, darsda o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarni mustahkamlash, sinfda ishlab chiqilgan o'quv materialini kengaytirish va chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil bajarish ko'nikmalarini shakllantirish, dasturli material doirasiga kiruvchi hajmda individual topshiriqlarni bajarish asosida mustaqil fikrlashni rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar, gerbariy, tabiiy namunalar, otkritkalar, rasmlar, gazeta va jurnal lavhalari, statistik ma'lumotlar kabi o'quv qo'llanmalarini to'plash va tayyorlash va boshqalar.

Dars mashg`ulotlarida pedagogning talabalar tomonidan seminar mashg`uloti (uy) vazifalarining halol bajarishlariga kam e'tibor berayotganliklari, ularni guruhda tekshirishga urinmasliklari, yaxshi o'zlashtirayotgan talabalarni rag'batlantirib bormasliklari ta'lim amaliyotda keng tarqalgan kamchilik hisoblanadi. Uy vazifalarini tushuntirib berishga ko'pincha vaqt yetmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar kamdan-kam hollarda talabalar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan qiyinchiliklarini ko'rsatib beradilar, ularni bartaraf etish yo'lini esa ko'rsatmaydilar. Natijada mustaqil uy vazifalarining bajarilishi samarasiz bo'lib qoldi.

Fan to'garaklari yo'nalishi, mazmuni, ish metodi, o'qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular talabalarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o'qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi. To'garaklar o'qishni hayot bilan aloqasini kuchaytiradi, fanlararo bog'liqlikni rivojlantiradi. Fan to'garaklarida talabalarning ishlari o'quv jarayonini faollashtiradi, o'qish sifatini oshirishga yordam beradi.

Ta'limning yordamchi shakllariga korxonalarga borib amaliyotni o`tash ham kiradi. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo'lishi mumkin. O'quv amaliyoti alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo'yicha ham rejalashtiriladi. Amaliyotni muvaffaqiyatli o'tkazish uchun o'qituvchi unga puxta tayyorlanishi: ob'ekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishi, to'la rejani ishlab chiqishi, talabalarni bo'lajak muhandislik kasbini bajarishga jalb eta olishi kerak. Amaliyotni rejasida mavzu va maqsad, ob'ekt, u bilan tanishish tartibi, talabalar idrok etish faoliyatlarini tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur bo'lgan vositalar va uskunalar, yakun yasash ko'rsatiladi. Amaliyot o'tkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad, talabalarning yoshi, ularning rivojlanishi hamda amaliyot ob'ektiga bog'liq bo'ladi.

O'quv ish dasturi turli fakul`tativ va tanlov bo'yicha kurslarni tashkil etishni ko'zda tutadi. Ular talabalar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi. Amaliyotda fermerlik, iqtisod, elektro va radiotexnika, elektronika, polimerlar ximiyasi, astrofizika, psixologiya, etika, antik tarix, texnikaning ba'zi sohalari, ikkinchi chet tili, etnografiya, stenografiya, kutubxona ishi, rassomchilik kabi kurslarni qo`shimcha dars mashg`uloti sifatida o'rganiladi, va fanlarni ro'yxatini aniqlashda faqat talabalar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va ta’lim tizimi imkoniyatidan kelib chiqiladi.

Maslahat (konsul`tatsiya – o'quv suhbati) ga talablar ko'pincha talabalarning ma'lum o'quv materiali yoki topshirig'i ustida mustaqil ishlashi sababli yuzaga keladi. Bunda ko'proq talaba savol beradi. To'g'ri tashkil etilgan konsul`tatsiya talabalarga o'quv materialini egallashda qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Konsul`tatsiya davomida o'qituvchi talabalar faoliyatini u yoki bu masalani to'g'ri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, o'rganilayotgan materialni mohiyatini ochishga o'rganadigan qilib yo'naltiradi. Konsul`tatsiya o'qituvchiga talabalar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida e'tibor berishni talab etuvchi vaziyatlarga ularning diqqatini jalb etishga imkon beradi. To'g'ri tashkil etilgan konsul`tatsiya talabalarda o'zini nazorat qilish, bilimlarga tanqidiy ko'z bilan qarashni tarbiyalaydi. O'qimishlilik darajasini to'g'ri aniqlashga yordam beradi.

- ma'ruza talabalarning mustaqil ishlari uchun taxminiy asos sifatida katta hajmdagi tizimlashtirilgan axborotlarni berishning asosiy shakli (90 minut tashkil etiladi);

- amaliy mashg'ulot akademik o'qituvchi rahbarligi ostida olgan o'quv axborotlari (ma’ruza va mustaqil ishlari) ni chuqurlashtirish, tahlil qilish, kengaytirish, qo'llash va o'zlashtirilishini nazoratni tashkil etish shakli;

- Oliy ta’lim tizimida o'qish asosiy shakli sifatida talabalarning mustaqil faoliyatlari amalga oshiriladi;

- o'quv guruhi talabalarni uyushtirishning asosiy shakli (uning doimiy tartibi odatda butun ta'lim davomida saqlanib qoladi);

- o'quv guruhlari to'plami Oliy ta’lim muassasalarda bosqichlardan (kurslardan) iborat bo'ladi;

- bosqichlardan (kurslarda) o'quv mashg'ulotlari jadvalga binoan yagona o'quv rejasi va dasturlari bo'yicha amalga oshiriladi.;

- o'quv yili ikki semestr, attestatsiya davri va ta'tillarga bo'linadi;

- har bir semestr hamma o'quv fanlari bo'yicha yakuniy attestatsiya (nazorat ishi topshirish) bilan yakunlanadi;

- Oliy ta’lim tizimida o'qish muhim bo`lgan fanlar bo'yicha attestatsiya (bitiruv imtihonlarini topshirish) va mutaxassisligi bo'yicha bitiruv malakaviy ishni himoya qilish bilan yakunalanadi.

Oliy ta’lim tizimida ta'lim ma'ruza, seminar, laboratoriya ishi, talabalarning ilmiy tatqiqotchilik ishlari, talabalarning mustaqil o'quv ishlari, ishlab chiqarish amaliyoti, chet elda ish tajribasini oshirish kabi shakllarda tashkil etiladi. Ta'lim natijalarini nazorat qilish va baholash shakli sifatida kundalik, oraliq va yakuniy nazorat, baholash reytingi tizimidan, referativ va kurs, bitiruv ishlaridan foydalaniladi.


Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish