Ўзбекистон республикаси олий ва


O'quv jarayoniga ta'lim texnologiyalarini joriy qilish. Ta'limning an'anaviy va noan'anaviy shakllari



Download 2,43 Mb.
bet82/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

O'quv jarayoniga ta'lim texnologiyalarini joriy qilish. Ta'limning an'anaviy va noan'anaviy shakllari.

Hozirgi kunda pedagogik adabiyotlar, ta'lim muammolariga oid ma'ruzalar, rasmiy hujjatlarda “Yangi pedagogik texnologiya” , “Ilg'or pedagogik texnologiya”, “Jadallashtirilgan pedagogik texnologiya”, “Zamonaviy ta'lim texnologiyasi” iboralari keng qo'llanilmoqda. Ammo “Pedagogik texnologiya” tushunchasi hali ham bir qolipga tushirilmagan, entsiklopediyalarda izohlanganicha yo'q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko'pgina ta'riflari mavjud.

Respublikada olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O'zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitga moslashgan ta'lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta'lim-tarbiya amaliyotida qo'llashga intilmoqdalar. Bu yerda, nima uchun bugungi kunda pedagogik zarurat tug'ildi, degan savol paydo bo'lishi mumkin. Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli kadrlarni va yuqori malakali olimlarni yetishtirib kelgan pedagogika uslublari mavjudku, ularning eskirib, talabga javob bermay qolgan va mafkuralashtirilgan joylarini o'zgartirib, milliy tus berib, foydalanaversa bo'lmaydimi? – degan mulohazalar ham yo'q emas. O'zbekistonning shu kundagi pedagogik jamoatchiligining aksariyati, aynan mana shu yo'ldan bormoqda. Bu yo'l ilojsizlikdan izlab topilgan bo'lib, qisqa muddat xizmat qilishi mumkin. Mustaqillikni qo'lga kiritgan va buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yo'l uzoq xizmat qilolmaydi. Chunki:

- birinchidan, ma'lum sabablarga ko'ra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o'rin olishi uchun, aholi ta'limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg'or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;

- ikkinchidan, an'anaviy o'qitish tizimi yozma va og'zaki so'zlarga tayanib ish ko'rishi tufayli “axborotli o'qitish” sifatida tavsiflanib, o'qituvchi faoliyati birgina o'quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki u nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi;

- uchinchidan, fan-texnika taraqqiyotining o'ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko'payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;

- to'rtinchidan, kishilik jamiyati o'z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo'lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o'tib borayotganligi;

- beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg'or bilim berish usuli hisoblangan ob'ektiv borliqqa tizimli yondoshuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir.

Ta'lim texnologiyasi yuqorida sanab o'tilgan beshta sababli shartlarni barcha talablariga javob beradigan ta'limiy tadbirdir.

Bu zaruriyat, shu vaqtgacha tahsil oluvchilar yopiq tafakkur paradigma (namuna, misol) lari asosida o'qitilganligi, ularda o'zgacha nuqtai nazarni tan olmaslik, faqat o'z fikrini to'g'ri deb bilish shakllantirilganligidandir. Bu hol har qanday taraqqiyotga g'ov bo'lib, shu paradigmada yurgan kishilarni inqiroz sari yetaklaydi.

Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavqei kundan-kunga ortib bormoqda. Ammo ijtimoiy sohada va ayniqsa, ta'lim-tarbiyada depsinish va umumiy taraqqiyotdan orqada qolish sezilmoqda. Bunday noxush vaziyatdan chiqib ketish yo'llaridan biri ta'lim-tarbiya jarayonini qabul qilingan davlat standartlari asosida texnologiyalashtirishdir.

Ta'lim jarayonini, unga mukammallik, aniqlik, yo'lga solinganlik, tartiblilik, ravonlik, vazminlik alomatlarini berish orqali samaradorligini oshirish va muqobillashtirish yo'llarini izlash pedagogika sohasida doimo tatqiqot olib borilgan.


Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish