Eng qadimgi ma`rifiy fikrlar taraqqiyoti
Eramizdan oldingi minginchi yillarning o’rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mazmunidagi juda ko’p afsonalar rivoyatlar aytilgan bo’lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» ga kiritilgan. «Avesto»da insonning barkamol bo’lib yetishishida uning so’zi, fikri, ishi, birligiga katta e’tibor berilgan. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo’lgan desak xato qilmagan bo’lamiz. Ma’lumotlarga ko’ra «Avesto» eramizdan avvalgi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida yaratilgan bo’lib, u uzoq davrlar maxsuli sanaladi. Hamda davrlar o’tishi bilan u qayta-qayta ishlanadi. Barcha manbalarda to’liq kitob xolida shakllanishini eramizdan avvalgi birinchi asrga to’g’ri keladi, deyiladi.
«Avesto» ning vatani Xorazm ekanligini olimlar ishonch bilan ta’kidlaydilar: Zardusht eramizdan oldin VI asrda yashagan. Xorazmda yashagan chorvadorlar oilasi spitama urug’idan bo’lgan. Otasi Purushasp, onasi Dugdova deb nomlanganlar, ular ot va tuya boqish bilan shug’ullanganlar. Zardusht ko’p xudolikka sig’inish, qurbonlik natijasida mollar qirilib ketayotganini hamda qabilalar o’rtasidagi nizolarni ko’rib, uni oldini olishni o`ylaydi va o’z ta’limotini targ’ib eta boshlaydi. Lekin kabila boshliqlariga uning ta’limoti yoqmaydi. Zardusht xudodan kelgan vaxiy orqali ko’pxudolikka qarshi yakka xudolikni targ’ib etib chiqadi, kuchli hokimiyat o’rnatib, yer yuzida tinchlikni barqaror etish uchun kurashadi, yaxshilik va ezgulik xudosi Axura Mazdani ximoya etadi. Zardushtning yangi ta’limotini istamagan qabila boshliqlari uni taqib etadilar. U Rayga (Eronga) qochadi va o’z dinini o’sha yerda tarkib toptiradi. «Avesto»ni shox Vishtaspga (Gushtasp) taqdim etadi. Shox Vishtasp uning xomiysiga aylanadi. Vishtaspning farmoniga binoan otashxona - ibodatxonalar qurdiriladi va zardushtiylik dini keng tarqaladi.
Adabiyotshunos olim X.Hamidov Zardushtning shoh Gushtasp vazirining qizi Xavoviga uylangan, undan uch o’g’il- Istavatra, Urvatatnara, Xvarachira va uch qiz - Freni, Triti, Pourichista nomli qizlari bo’lganligini keltiradilar (93, 87-88 b.).
Ba’zi tadqiqotchilar eng qadimgi nusxasi 1324 yilda ko’chirilgan bo’lib, Kopingagen kutubxonasida saqlanishini aytishsa (N.Mallaev), boshqalar esa (V.A.Livits) 1288 yilda eng qadimgi qo’lyozma nusxasi yaratilganini aytadilar. Zardushtiylik ta’limotini jamg’arilgan Zardushtning kitobi bizgacha 2 nusxada yetib kelgan. Birinchisi-duolar to’plamidan ibrat bo’lib, «Vendidot»- sede, ya’ni «Pok Vendidot» deb ataladi (A.Irisov). Bu kitobga «Yasna»lar, «Vispered» ham kiritilib, bir butun tarzda shakllangan. Ikkinchisida ham, birinchisidagi kabi «Vendidat», «Yasna», «Vispered» lar kiritilgan bo’lsa ham, bu kitob tarjima kilinib sharxlar bilan beriladi.
Shuning uchun ham sharxli nusxasi «Avesto va Zand» yoki «Zand Avesto» deb yuritiladi. Ikkinchi variantiga binoan «Avesto» 15uyidagi kismlardan iborat: 1.«Vendidot» 22 bobdan iborat. Asosan, Axura Mazda bilan Zardushtning savol-javobi shaklida yozilgan bo’lib, u yomon ruhlarni, devlarni yengash vokealari, gunoxlardan pok bo’lish koidalari hamda mifologik unsurlarni o’z ichiga oladi. Ya’ni devlarga karshi qonun, qonunnoma bo’lib, yomonlik timsoli bo’lgan devlarga nafrat Bilankarashdan iboratdir. Axura Mazda yurtida yaxshilik, xayrli ishlarni yuzaga keltirsa, Anxra Manu(Axriman) o’z yurtida yomonlik yaratadi. 2.«Visparad». U 24 bobdan iborat. «Visparad» ibodat ko’shiklarini o’z ichiga oladi. 3.«Yasna». Yasnalar 72 bobdan iborat. Diniy ibodatlar paytida, qurbonlikka chakirish marosimida aytiladigan ko’shiklar, xudolar madhiyasi va boshqalar. Uning 17 bobi Gotlar deb ataladi. Bular «Avesto»ning eng kadimgi kismlari sanaladi. 4.Yashtlar. U zardushtiylik xudolari va ma’budalari madhiga aytilgan 22 qo’shiq (Gimnlar)ni o’z ichiga oladi. 5.Kichik Avesto(Xurda Avesto, Xvartak-apastak). Quyosh, Oy, Ardvisura, Mitra, olov va boshqa xudo hamda ma’budalar sharafiga yig’ilgan kichik ibodat tekst(Gimnlar)idan iborat.
Zardushtiylik to’g’risida so’z borganda unda to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini ta’kidlash lozim. Ayniqsa, «Avesto»da zardushtiylikning insonga, insonning jamiyatda tutgan o’rniga munosabati «got»larda to’liq yoritilgan. Tarbiyaviy manba sifatida «Avesto» katta ahamiyatga ega. Yuqorida aytganimizdek, Zardusht qadimgi kabilalardagi diniy e’tiqodlarni isloh qilgan.
Zardusht ta’limotining yangiligi shundaki, Axura Mazda (Qodir iloh_ dunyoda adolat va yaxshilikningijodkori sanaladi: Anxra Mani esa (yovuz ruh) barcha yomonliklar sababchisi. «Avesto»ning mazmuni haqida uning bizgacha yetib kelgan parchalari matnlariga asoslanib quyidagilar ifodalanganini ko’ramiz: «Vendidot»ning dastlabki uch bobida xalq hayotida yerning kay darajada muhim ahamiyatga ega ekanligi kuylanadi. Masalan, 1 bobida yovuzlik va adolat o’lkalar tasniflanar ekan, Axura Mazda tinchlik o’lkasi, Adolat o’lkalarning asoschisi, Angro Manvyu esa jaholat urug’ini sochuvchi sifatida talqin etiladi. Ana shu o’lkalardan 17 o’lka sanab o’tiladi. «Avesto»da tasvirlangan Adolat o’lkasining keyingi davrlardagi nomlarini quyidagicha keltiradi: 1.Aryana Vedja - Xorazm yoki Araks daryosi qirg’og’idagi, yoki Amu va Sirdaryo del’tasidagi o’lka. 2. Gava-So’g’diyona. 3. Mouru (Margav)-Marshana (Marv, hozirgi Mari). 4. Baxdi-Baqtriya (Balx). 5.Nisaya-Nisa, Parfiya poytaxti. 6. Haroy-Isfaxonda bir joy. 9. Xnenta - Gurkaniya. 10. Haraxvaiti- Garut (Araxoziya bilan bog’liq). 11.Xetumant- Gil’menda havzasidagi viloyat. 12. Raga - Midiyadagi bir shahar, Ray Tehronga yaqin. 13. Chaxra- Xurosondagi bir joy. 14. Varna- janubiy Kaspiy buyi viloyati. 15. Xapta Hindav - Inda, Panjob havzalari hududi. 16. Rangxa irmoqlari - mifologik o’lka. Ikkinchi bobda Yima haqida afsona keltiriladi. Unda yerni uch barobar ko’paytirish, odamlarni, hayvon va o’simliklarni himoya qilish uchun chegara belgilanadi. Yerning suvdan paydo bo’lganligi haqida qadimgi Hind-Eron qabilalarining dastlabki tasavvurlari ifodalanadi. Keyingi 3-boblarda esa gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta’riflanadi, olov, suv, yer, chorva, daraxt, o’simliklar ulug’lanadi, kohinlar, harbiylar, dehqon va chorvadorlar madh etiladi. hayvonlarga zulm o’tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo’limda gigienaga oid qoidalar: tirnoq va sochlarni parvarish qilishga ham e’tibor beriladi.
Eng mo’tabar qadimgi qo’lyozma «Avesto»ning yaratilganiga 3000 yil bo’layapti. «Avesto» zardushtiylikning muqaddas kitobi. U nafaqat diniy kitob, balki ijtimoiy, falsafiy, madaniy, adabiy-tarixiy qimmatga ega bo’lgan yodgorlikdir.«Avesto» Vishtaspning farmoniga ko’ra 1200 bobdan iborat qilib oltin taxtaga yozdirib qo’yilgan. «Avesto»ning kitob holidagi matni 12 ming oshlangan qora mol terisiga oltin harflar bilan bitilgan.
«Avesto»ning eng qadimgi nusxasi 1324 yilda ko’chirilgan bo’lib, Kopengagen kutubxonasida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |