Tayanch tushunchalar: Falakiyot va matematikaga doir asarlar: «Yer satxni o’lchash, ta’lim tarbiya, fikriy-xulqiy. Fazilat Muallim as soniy; qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar; «Hindiston», «Shayxul Rais», «Donishnoma», jasurlik, chidamlilik, aqllilik, ziyraklik. «Markazlashgan davlat»; «Madrasa va maktab», «ilm-fan», «madaniyat, san’at», «Amir Temur tuzuklari», «Ziji Ko’ragoniy», «Ulug’bekning ta’lim isloxatlari», Jadidchilik, Turkiston o`lkasida ma’rifiy fikrlar.
O’zbekiston respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asarida ta’kidlaganidek, «Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining holis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o’zlikni anglashni, tadbir joiz bo’lsa, milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi».
Darhaqiqat, birinchi Prezident I.A.Karimov o’z nutqlarida tariximizning beqiyos o’rnini alohida iftixor bilan tilga olgan edilar. Pedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib, to hozirgi kungacha bo`lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o`rganib keldi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog`liqdir. Pedagogika tarixi jamiyat taraqqiyoti qonunlariga suyangan holda turli pedagogik nazariyalarni, ta`lim-tarbiyaning mazmuni va usullaridan foydalanadi. Yosh avlodni tarbiyalash va o`qitish nazariyasi bilan amaliyotning qanday taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal etib bo`lmaydi.
Tarixiy taraqqiyot davomida turli mamlakatlar va xalqlar jahon madaniyatiga turlicha hissa qo`shganlar. Masalan, Xitoyda birinchi marta qog`oz ixtiro qilingan, Hindistonda hisoblashning o`nlik tizimi, Mesopatamiyada yer kurrasini graduslarga, sutkani soatlar, daqiqa va soniyalarga bo`lish, Markaziy Osiyo “Buyuk ipak yo`li”ning ochilishi munosabati bilan savdo-sotiq markaziga aylandi.
Qadimgi Yunonistonda madaniyat, tarbiya, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar rivojlandi.Yunoniston unchalik katta bo`lmagan bir qancha quldorlik davlatlaridan iborat mamlakat bo`lgan. Uning eng katta shaharlaridan Lakoniya(poytaxti Sparta) va Attika (poytaxti Afina) shaharlarining har qaysisida farqli ravishdagi tarbiya tizimi vujudga keldi. Yunonistonda qullarni “gapiradigan ish quroli” deb hisoblar edilar. Bunda 9 ming oiladan iborat quldorlar 250 mingdan ko`proq qullarga hukmronlik qilar edi. Spartadagi tarbiya tizimi davlat ixtiyorida bo`lib, uning asosiy maqsadi spartaliklarning bolalarini baquvvat, jismoniy sog`lom, bardoshli va chiniqqan jangchilar qilib tayyorlashdan iborat edi. Spartadagi ta`lim-tarbiya 7-18 yoshgacha boshlanib, “agella” deb ataluvchi davlat tomonidan tashkil etilgan muassasada tarbiyalanar, bunda ularga “pedanom”deb ataluvchi kishilar rahbarlik qilar edi. Ta`lim jarayonining asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari: yugurish, sakrash, disk va nayzadan otish, kurashish va qo`l jangi egallar edi. Yoshlarga axloqiy va siyosiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar o`tkazishgan. Shuningdek, ularni savol-javob jarayonida aniq, qisqa va lo`nda gapirish va javob berishga o`rgatib borishgan. Sparta ta`lim-tarbiya tizimida 18-20 yoshgacha maxsus “efeblar” maktabida (voyaga yetgan o`spirinlar) harbiy xizmatni o`taganlar. Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e`tibor berilgan, ya`ni ular ham erkaklar urushga ketgan vaqtda shaharni, uy-joylarini qo`riqlash maqsadida qo`riqchilik vazifasini bajarish uchun harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirilib borilgan. Afinada eramizdan avvalgi V-IV asrlarda madaniyat barq urib, tabiyot, matematika, tarix, san`at, xaykaltaroshlik va me`morchilik taraqqiy qildi. Tarbiya jarayonida axloqiy, estetik va jismoniy tarbiya uyg`unlashgan holda olib borilgan. Afinada ta`lim tizimi xususiy bo`lib, bolalar 7 -14 yoshgacha “grammist” maktabida, puli ko`p odamlarning bolalari esa “kifarist” maktabida o`qitilar edi. Bu maktablarda “didaskol” deb atalgan o`qituvchilar mashg`ulot olib borishgan. O`g`il bolalarni maktabga “pedagog” deb atalgan qullar olib borishgan. Bolalar 13-14 yoshdan “polestra” kurash maktabida , polestra maktabini tugatgandan keyin, “gimnaziy” maktabida davlatni boshqarish uchun kerak bo`ladigan falsafa, siyosat, adabiyot fanlari va badantarbiya mashg`g`ulotlari bilan shug`ullanishgan. Va nihoyat, Spartadagi kabi Afinada ham 18-21 yoshgacha “efeblar” maktabiga o`tib, harbiy tayyorgarlik, qurol –aslahalarni ishlata bilash, dengizchilik ishini o`rganishda qatnashishgan. Yunonistonda madaniyat va ta’limning tez rivojlanishi ta`lim-tarbiya nazariyasining paydo bo`lishiga imkon yaratdi. Pedagogika nazariyasiga faylasuflardan Suqrot, Aflotun, Arastu va Demokritlar asos soldilar.
Istiqlolga erishganimizga qadar biz ta’lim-tarbiya ishlarimizga Ovro’pa pedagogikasini asos qilib oldik va o’rgandik. Endigi vazifa Sharq pedagogikasi bilan G’arb pedagogikasining eng ilg’or an’analarini o’rganishga e’tiborni qaratishdan iboratdir. Chunki ilmu-fan avval Sharqda taraqqiy etgan.
Buyuk olmon olimi Xerler: «Sharq Yevropaning muallimidir» -deganda xaq edi. Yuqoridagi fikrlarning o’zi madaniyat, ma’rifat Sharqdan Yevropaga tarqalgan deyishga asos bo’la oladi. Chunki, savodxonlik maktablarining, qadimiy yozuvlarning vujudga kelishi eng qadimgi manbalarda «Avesto», So’g’d, Baqtriya, Urxun-Yenisey, Xorazm va boshqa yozuvlar Turon zaminida yuzaga kelganligi, shu muqaddas zaminda yashayotgan xalqlarning eng qadimgi ajdodlari savodxon kishilar ekanligidan dalolat beradi. Haqiqatdan ham shunday, o’zbek xalqining madaniy merosi ulkan bir dengiz. O’tmishimizda unutilgan shunday ulkan sarchashmalar borki, ularni puxta, atroflicha o’rganmoq birinchi galdagi vazifamizdir. Bu esa qadimiy boy ma’rifiy merosimizning qimmatli manbalarini bebaho xazinamizni yuzaga olib chiqish, uni hozirgi ilmiy pedagogik tafakkuri iste’moliga kiritishni taqozo etadi. VII - XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm - fan beqiyos rivojlana bordi. Ayniqsa, aniq fanlarga qiziqish al - Xorazmiy, Al - Forobiy, Al-Farg’oniy, Al - Beruniy, Ibn Sino, Az- Zamaxshariy singari qomusiy olimlar dunyoga keldi. Ulug’ mutafakkirlar inson ma’naviy va tafakkur dunyosini boyitishda insoniyat ongini, madaniy-ma’rifiy qarashlarni o’stirishda o’z davrida va keyinchalik ham asosiy rol o’ynadilar, inson kamolotiga doir beqiyos ta’limotni yaratdilar. XV - XVI asrlarga kelib qadimiy Turkiston jahonga Qozizoda Rumiy, Ulug’bek, Ali Qushchi, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Bobur, singari allomalarni voyaga yetkazdi. U davrda Markaziy Osiyo shaharlarida qator madaniy va ilmiy markazlar vujudga keldi. Demak, Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o’zbek xalqiva uning madaniy - ma’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida misli ko’rilmagan darajada rivojlangan. Qolaversa, uning axloq odobga oid qarashlari, pedogogika fanlari bo’yicha ta’limoti butun jahonga o’rnak bo’larli ma’no va mazmun kasb etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |