Zardusht pandlari.
Dono o’z aqlu farosati bilan nodon qalbini yoritmog’i lozim.
Ey mardum! Shunday kishi gapiga quloq tutginki, u donishmand va rostlik tarafdori bo’lsin.
Kim farosatli, oqil va to’g’ri bo’lsa, parvardigori olam uning homiysidir.
Keksalar gapiga quloq soling va andisha bilan mulohaza yuritib, yaxshi bilan yomonni o’zingiz ajratib oling.
Otashdek pok va duraxshon bo’ling!
Pokxilqat kishigina Tangri inoyatiga erishadi.
Jahonga haqorat ko’zi bilan qaraydigan kishilar poktiynatlikdan yiroqdirlar.
Pok ziynat kishilar to’g’rilik va do’stlik tarafdoridirlar.
Pok xulqli yurt hamisha yuksalish va taraqqiyotda bo’ladi.
Kishilar yaxshi xulq bilan kamolot va mangulikka erishadilar.
Har bir kishi andisha, guftor va kirdorda muqaddas aqlga suyanmog’i lozim.
Aqli raso bo’lgan kishi baxtli va farovon yashaydi.
Biz hayvonlarning ko’payishi, parvarishi, ularga oziq-ovqat tayyorlash, binolar qurish payidan bo’lmog’imiz darkor. Hatto, o’zimiz uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak hozirlash uchun ham biz chorvador bo’lmog’imiz lozim.
Yaxshi ustozlar Tangriga yaqin odamlardir.
Nodonning ibodat paytida raqsga tushgisi keladi.
Odamlarga yaxshilik qilmoq – dunyodagi eng mo’tabar odatdir.
Tangri shomu sahar bandalariga yordam beradigan odamlarni yoqtiradi.
Rost so’z sendan qoladigai eng kutlug’ yodgorlikdir.
Adashganlarni to’g’ri yo’lga boshlagan odamnigina yaxshi odam deyish mumkin.
Qayerda ikki tan bir-birini qo’llasa, o’sha yerda ish yurishadi.
Rost amaldan boshqa hech narsa bilan shug’ullanma.
Hammaga yaxshilik tilaydigan odamlarga yaxshilik yetsin.
Do’stlik rishtasini poklik bilan mahkam tuting.
Yer yuzining yaxshilari adog’siz daryodirlar.
Poklik – inson tug’ilganidan umrining oxirigacha qilinadigan eng yaxshi amaldir.
Kim yolg’on so’zga og’iz ochsa, baxt qushi undan qochadi.
Gapiruvchi nodon bo’lsa ham, tinglovchi dono bo’lmog’i zarur.
Sukut – eng buyuk odob.
29.Vatanning tutuni ham shirin.
Qiz bolani ura ko’rmang, xonadoningiz baxtsizlikka uchraydi.
Ovqatlanish paytida gapirmoq gunohi azimdir.
«Avesto»da biz inson shaxsining takomiliga oid ma’rifiy fikrlar va qadriyatlarning ma’lum bir tizimini ko’ramiz. Hatto «Avesto»ni dastlabki pedagogik asar desak ham xato qilmagan bo’lamiz va eng qadimgi davrlarda xalqimizning tabiiy, ilmiy, ma’rifiy fikrlariga oid qiziqarli materiallarga ega bo’lamiz. Shuningdek tadqiqotchilar ham uni diniy xarakterga ega bo’lishi bilan birga falsafa, siyosat, ta’lim-tarbiya, adabiyot masalalarini ham qamrab olgan asar sifatida va uning kelib chiqishi haqida muhim fikrlar bayon etadilar.
Xulosa qilib aytganda, «Avesto»da insonning barkamol bo’lib yetishishida uning so’zi, fikri, ishi birligiga katta e’tibor beriladi. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo’lgan desak xato qilmagan bo’lamiz. Zero, unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy kamol topishi uchun zarur bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |