Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/207
Sana29.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#76046
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   207
Bog'liq
falsafa

Zardo‘shtiylik ta’limoti. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha 
bo‘lgan davr mahsuli bo‘lgan diniy-falsafiy ta’limotlardan biri zardo‘shtiylikdir. 
Bu  ta’limotga  Zardo‘sht  asos  solgan  bo‘lib,  SHarq  va  Farbda  Zaratushtra,  Zaroastr 
nomlari  bilan  mashhurdir.  Manbalarga  ko‘ra,  Zardo‘sht  eramizdan  avvalgi  VI  asrning 
birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy shaxs ekanli haqida aniq bir 
to‘xtamga  kelingani  yo‘q.  U  o‘zini  payg‘ambar  deb  e’lon  qilgan.  Lekin  uning 


 
42 
payg‘ambarligi  ilohiy  asosga  ega  emas.  YA’ni  bu  haqiqat  ilohiy  kitoblarda  o‘z  tasdig‘ini 
topmagan. 
Keyingi  yillarda  olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu ta’limot Vatanimiz 
hududida, xususan, Xorazm zaminida paydo bo‘lgan. U o‘z davrida xalqni ezgulik va adolat 
g‘oyalariga  da’vat  etish,  hayotbaxsh  an’analarni  shakllantirish,  dehqonchilik  va  shahar 
madaniyatini  rivojlantirishda  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan,  uning  g‘oyalari  bilan  bog‘liq 
qadriyatlar  bugungi  kungacha  yashab  kelmoqda  va  xalqimiz  turmush  tarzining  o‘ziga  xos 
xususiyatlarini belgilashda ulkan qimmat kasb etmoqda. 
Zardo‘shtiylikning  bosh  kitobi  «Avesto»dir.  unda  qadimgi  xalqlarning  dunyo 
to‘g‘risidagi  tasavvurlari,  o‘ziga  xos  qadriyat  va  urf-odatlari  aks  etgan.  Unda  olamning 
azaliy  qarama-qarshi  kuchlari-  yaxshilik  va  yomonlik,  yorug‘lik  va  zulmat,  issiqlik  va 
sovuqlik,  hayot  va  o‘lim  borasidagi  qarashlar  o‘z  ifodasini  topgan.  «Avesto»da, 
shuningdek, tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid ma’lumotlar ham berilgan. 
Falsafa  tarixida  makedoniyalik  Aleksandr  (eski  o‘zbek  tilida  Iskandar  deyilgan) 
istilosi va Grek-Baqtriya davri falsafasi ham xalqimizning taraqqiyot tarixida muhim o‘rin 
tutgan. Manbalarda Aleksandr qo‘shini mahalliy xalqlarning qattiq qarshiligiga uchragani, 
u  «Avesto»ning  ko‘pgina  qismini  yondirib  yuborgani  haqida  ma’lumotlar  bor.  Bugungi 
kungacha  ham  ayrim  tarixchilar  Aleksandr  «Avesto»ning  tilini  bilmagani,  uni  o‘qiy 
olmagani  sababli  bu  kitobning  qadr-qimmatini  tushunmagan  va  uni  yoqish  to‘g‘risida 
ko‘rsatma  bergan,  degan  fikrlarni  bayon  etadilar.  Aslida  unday  emas.  Bu  —  tarixiy 
haqiqatni,  garchand  u  kimlar  uchundir  achchiq  va  kimlar  uchundir  ibratli  bo‘lsa-da, 
xaspo‘shlashga  urinishdan  boshqa  narsa  emas.  Negaki,  Aleksandr  o‘z  zamonida 
fanlarning  otasi  deb  nom  olgan  falsafani  fan  darajasiga  ko‘targan,  buyuk  donishmand 
sifatida  etti  iqlimda  tan  olingan  Arastudan  20  yil  mobaynida  muttasil  ta’lim  olgan  edi. 
Binobarin,  SHoh  Filippning  o‘g‘li  Aleksandrni  savodsiz,  kitobning  qadrini 
tushunmaydigan bir kimsa deb ta’riflash tarix haqiqatiga to‘g‘ri kelmaydi. 
To‘g‘ri,  u  «Avesto»ni  o‘tda  kuydirgan  bo‘lishi  mumkin.  Lekin  buni  kitobning 
qadrini tushunmagani uchunmas, balki erli xalqlarni birlashishga da’vat etib turuvchi, ular 
e’tiqod qo‘ygan milliy g‘oyalar timsoli bo‘lgan va o‘z saltanatiga qarshi muttasil kurash 
olib  boruvchi  vatanparvarlarni  tarbiyalaydigan  manba  ekanini  nazarda  tutib,  shu  ishni 
amalga  oshirgan.  Qolaversa,  o‘zini  dunyodagi  eng  rivojlangan  hudud  madaniyatini 
jahonga yoyish uchun mas’ul deb bilgan, to‘g‘rirog‘i, o‘sha madaniyatdan boshqasini tan 
olmagan mashhur jahongir uchun zabt etilgan xalqning «Avesto»dek buyuk kitobi bo‘lishi 
kutilmagan  hol  edi.  U,  yuqorida  ta’kidlanganidek,  mazkur  kitob  omon  tursa,  u  ushbu 
zamin  farzandlari  uchun  o‘zlikni  anglash,  binobarin,  kuch-qudrat  manbai  bo‘lib 
qolaverishini  nihoyatda  yaxshi  tushungan.  Aleksandrdan  keyin  yashagan  Rim 
imperatorlari  ham  Misr  va  Vizantiyaga  qarshi  urush  qilib,  yahudiylarning  erini  bosib 
olganida  tub  aholining  madaniy  boyliklarini  yo‘q  qilgani,  «Zabur»  va  «Tavrot»ning 
qadimgi  nusxalarini  kuydirib  yuborgani  yuqoridagi  misolning  tasodifiy  emasligidan 
dalolat beradi. 
Umuman,  har  qanday  sharoitda  ham  istilochilarning  birinchi  ishi  xalq  va  millatlarni 
zo‘rlik bilan bosib olish, boyliklarini talash bo‘lsa, keyingi asosiy faoliyati — millatni o‘z 
tarixi  va  an’analaridan  uzib  qo‘yish,  madaniy  merosini  talon-taroj  qilish,  uning 
ma’naviyatini  yo‘qotishdan  iborat  bo‘ladi.  Tarixning  bu  achchiq  sabog‘i  mustamlakadan 
ozod bo‘lgan, o‘z mustaqilligini saqlab qolish va mustahkamlashga intiladigan har qanday 
xalq taraqqiyoti uchun eng muhim xulosa bo‘lib xizmat qiladi. 
Iskandarga  qarshi  kurashda  xalqimizning  milliy  qahramoni  Spetamen  beqiyos  mardlik 
va  jasorat  ko‘rsatadi.  U  Iskandarga  qarshi  ayovsiz  qarshilik  ko‘rsatgan  vatanparvar 
lashkarboshilardan  biridir.  Aslida,  uning  qahramonligi  millatimizning  o‘sha  davrdagi  o‘z 


 
43 
davlatchiligini,  o‘zi  yashaydigan  hudud  dahlsizligini  saqlab  qolish  uchun  olib  borilgan 
kurashning yaqqol timsolidir. Albatta, bu lashkarboshi ortidan xalq ergashsa, elning ozodlik va 
mustaqillikka intilish tuyg‘usi kuchli bo‘lmasa, Spetamenning nomi bu qadar mashhur bo‘lib 
ketmas  edi.  Negaki,  inson  naqadar  kuchli,  tadbirkor  va  omadli  bo‘lmasin,  agar  xalq  bilan 
birga bo‘lib, uning dardlariga darmon izlamasa, hurriyat g‘oyalarini bayroq qilib ko‘tarmasa, 
haqiqiy milliy qahramon bo‘lolmaydi. Spetamen esa o‘sha xalqimizning ruhi, orzu-umidlari, 
mustamlakachilarga qarshi matonati ramzi sifatida tariximiz qatiga mangu muhrlanib qolgan. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish