Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Demografik  muammolar  va  uning  falsafiy  tahlili



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/207
Sana29.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#76046
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   207
Bog'liq
falsafa

Demografik  muammolar  va  uning  falsafiy  tahlili.  XX  asr  o‘zining  bir  qator 
belgilari  bilan  oldingi  barcha  davrlardan  keskin  farq  qiladi.  Xususan,  XX  asrni  yana 
«demografik  portlash»  davridir,  degan  qarashlar  ham  keng  tarqalgan.  Bunda  qolgan 
barcha jahonshumul muammolarni keltirib chiqaruvchi bosh sabablardan biri ham aynan 
er yuzida aholining tez sur’atlar bilan ko‘payishi bilan bevosita bog‘liq ekanligi nazarda 
tutiladi.  «Demografik  portlash»  tushunchasi  ijtimoiy-tarixiy  taraqqiyotning  qisqa  bir 
davrida,  muayyan  mintaqa  yoki  mamlakatda  va  shuningdek,  butun  er  yuzida  tabiiy 
tug‘ilish hisobiga aholi miqdorining nihoyatda tez ko‘payishini anglatadi. 
Insoniyatning  oldida  ana  shunday  xavf  borligi  to‘g‘risida  dastlab  ingliz  iqtisodchisi 
Tomas  Robert  Maltus  (1766-1834  yy.)  ogohlantirgan  edi.  U  o‘zining  «Aholishunoslikning 
qonuniyati  to‘g‘risida  tajribalar»  nomli  kitobida  aholining  geometrik  progressiya  bo‘yicha 
ko‘payishini,  uning  xayot  kechirishi  uchun  zarur  bo‘lgan  moddiy  ne’matlarning  ko‘payishi 
arifmetik progressiya bo‘yicha ro‘y berishini aytgan edi. Maltus bu jarayonning oldi olinmasa, 
yaqin kelajakda, planetar masshtabda, tabiiy muhit berishi mumkin bo‘lgan moddiy ne’matlar 
miqdori  bilan  juda  tez  sur’atlarda  ko‘payayotgan  dunyo  aholisi  ehtiyoji  o‘rtasida  ziddiyat 
vujudga kelishini bashorat qilgan edi. 
Darxaqiqat,  bundan  6-8  ming  yillar  oldin  er  yuzida  5  mln.  atrofida  odamlar 
istiqomat qilishgan, deb taxmin qilinadi. Bu ko‘rsatkich eramizning boshlarida 230 mln., 
1-ming yillikning oxiri 2-ming yillik boshlarida, ya’ni Beruniy zamonida 305 mln; 1500 
yilda  440  mln;  1800  yilda  952  mln;  1900  yilda  1656  millionni  tashkil  etgan.  XVI  asr 
boshidan  XIX  asr  boshigacha,  ya’ni  uch  asr  mobaynida  bu  ko‘rsatkich  174  foizga 


 
134 
oshganligini; 1900 yildan to 1999 yilgacha esa bu nisbat sal kam 4 barobar oshganligini 
kuzatamiz. 
XX  asrning  ikkinchi  yarmida  er  yuzi  mintaqalarida  aholining  tabiiy  ko‘payish 
sur’atlari  turlicha  bo‘lib,  bu  o‘z  navbatida,  Er  yuzida  mintaqalar,  mamlakatlar,  xalqlar 
salmog‘ining  keskin  o‘zgarishiga  olib  kelmoqda.  Masalan,  1800  yilda  (Napoleon 
zamonida)  Fransiya  aholisi  27  mln.  kishini,  Er  yuzi  aholisining  3  foizini  tashkil  etgan 
bo‘lsa,  Filippin  orollarida  yashayotgan  aholi  1,6  mln.  kishi  miqdorida  bo‘lib,  planeta 
aholisining  umumiy  salmog‘iga  nisbatan  0,16  foizni  tashkil  etardi.  1999  yil  13  oktyabr 
kuni  Er  yuzi  aholisi  olti  milliardlik  dovoni  bosib  o‘tdi.  Fransiya  aholisi  56,2  mln. ni, Er 
yuzi  aholisi  salmog‘ining  0,94  foizni,  Filippin  aholisi  ham  65  mln.  kishini  tashkil  etib, 
jahon  aholisidagi  salmog‘i  (1,05%)  bo‘yicha  Fransiyadan  o‘zib  ketdi.  Bu  borada 
milliarddan ko‘p aholi yashaydigan Xitoy va shu ko‘rsatkich tomon borayotgan Hindiston 
alohida o‘rin tutadi. Xullas, bu masala bir mamlkat doirasidan chiqib jahon muammosiga 
aylandi.  U  bilan  bog‘liq  muammolarni  hal  qilish  uchun  ham  butun  jahonda  mushtarak 
faoliyat olib borish zarur. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish