Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Falsafada  milliylik  va  umuminsoniylik  tamoyili



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/207
Sana29.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#76046
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   207
Bog'liq
falsafa

Falsafada  milliylik  va  umuminsoniylik  tamoyili.  Albatta,  falsafa  umuminsoniy 
fan  sifatida  bashariyatga  doir  umumiy  muammolarni  qamrab  oladi.  Ma’lumki,  olam  va 
odam  munosabatlari,  jamiyat  va  tabiatni  asrash,  umrni  mazmunli  o‘tkazish,  yaxshilik  va 
yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog‘liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. 
Ammo  falsafada  muayyan  milliy  xususiyat,  maqsad  va  intilishlar  ham  o‘z  ifodasini 
topadi.  Aslida,  yuqorida  zikr  etilgan  umuminsoniy  mavzu,  masala  va  muammolarning 
barchasi  avval-boshda  xususiy,  milliy,  mintaqaviy  ahamiyatga  molik  masalalar  tarzida 
namoyon  bo‘ladi.  O‘z  yurti,  millati,  ota-onasi  va  yor-birodarlarini  sevgan  vatanparvar 
inson,  avvalo,  ana  shularning  kamoli  uchun  qayg‘uradi,  ularni  o‘ylaydi,  ularga  xizmat 
qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar 
albatta aks etadi. Bu esa, o‘z navbatida, umuminsoniy fan bo‘lgan falsafada milliylikning 
aks  etishiga  asos  bo‘ladi.  Umuminsoniylik  —  vatansizlik  (kosmopolitizm)  bo‘lmagani 
singari, milliylik ham — milliy qobiqqa o‘ralish, milliy mahdudlik degani emas. 
Lekin  sizning  xayolingizda  beixtiyor  «Milliy  falsafa  bo‘lishi  mumkinmig‘  Axir, 
yuqorida  falsafaga  o‘z  mohiyati  bilan  umuminsoniy  fandir,  degan  ta’rif  berildi-kug‘» - 
degan  savollar  charx  urishi  mumkin.  Bu  —  o‘ziga  xos  milliy  taraqqiyot  yo‘lidan 
ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo‘lgan savollardir. Agar biz yuqorida 
qayd  etilgan  muammolarga  milliy  manfaatlarimiz  nuqtai  nazaridan  qaraydigan  bo‘lsak, 
O‘zbekistonda bu yo‘nalishni rivojlantirish zarurati etilganini anglaymiz. 
Falsafiy  adabiyotlarda  milliy  falsafa  mavzuida  turlicha  fikrlar  mavjud.  Ayrim 
faylasuflar, aslida milliy falsafa bo‘lishi mumkin emas, bunday yondashuvning o‘zi etnik 
mahdudlikka olib keladi, deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki, milliy falsafa milliy 
g‘oya va mafkurani shakllantirishnig nazariy asosi ekan, har qanday umumiy qonuniyatlar 
muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamonda xususiy holda namoyon bo‘ladi, deya milliy 
falsafani yoqlab chiqadi. 
Biz  millat  bor  ekan,  milliy  madaniyat,  til  va  adabiyot  ham  mavjud  degan  fikrga 
o‘rganib  qolganmiz.  Aslida,  ularning  barchasi  nafaqat  bir  millatga,  balki  butun 


 
20 
insoniyatga xos-ku! Bizning nazarimizda, milliy falsafa millat mentalitetini belgilaydigan 
muhim  omildir.  Umumbashariy  sivilizatsiyaga  uzviy  qo‘shilish  jarayoni  milliy  falsafani 
yaratish  orqali  sodir  bo‘ladi.  Eng  muhimi  —  falsafadagi  milliylik  umuminsoniylikni  rad 
qilish evaziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi. 
Falsafa  tarixiga  nazar  tashlaydigan  bo‘lsak,  ayrim  milliy  falsafalarning 
umuminsoniy  ma’naviyat  xazinasiga  munosib  hissa  bo‘lib  qo‘shilganini  ko‘ramiz. 
Masalan,  Rim  imperiyasi  zavolga  yuz  tutganidan  keyin  o‘z  milliy  davlatchiligiga  ega 
bo‘lgan  Evropa  mamlakatlarida,  o‘rta  asrlarga  kelib,  milliy  falsafa  yaratish  imkoni 
tug‘ildi. (O‘rta asr Evropa madaniyatiga bag‘ishlangan mavzuda bu haqda atroflicha fikr 
yuritamiz). To‘g‘ri, ular umumevropa hududida, qadimgi YUnoniston va Rim madaniyati 
negizida  shakllandi.  Ularda  Evropa  xalqlariga  xos  umumiy  jihat  va  xususiyatlar, 
umumetnik  mentalitet  aks  etgan  edi.  Bu  jarayon  avvalo,  Italiya  va  Angliyada,  so‘ngra 
Fransiyada  yuz  berdi.  Bu  falsafiy  maktablarning  F. Bekon  va  R. Dekart,  B. Spinoza  va 
J.J. Russo  kabi  atoqli  namoyandalari  nafaqat  o‘z  mamlakatlari,  balki  Evropa  va  jahon 
falsafasi  tarixida  o‘chmas  nom  qoldirdi.  Ular,  avvalambor,  o‘z  yurti,  o‘z  millati  sha’nu 
sharafini yuksaklikka ko‘tarish, taraqqiyotga olib chiqish uchun ilg‘or g‘oyalarni o‘rtaga 
tashlagan, davr taqozo etgan mafkuraning shakllanishiga hissa qo‘shgan. 
Xuddi shunday, XV111-X1X asrlarda milliylik va jahon falsafasining taraqqiyotiga 
nihoyatda  katta  ta’sir  ko‘rsatgan  hudud  Prussiya  bo‘ldi.  Uzoq  vaqt  Avstriya-Vengriya 
imperiyasi  tarkibida  bo‘lgan  bu  o‘lka  mustaqillikka  erishib,  milliy  davlatchiligini 
tiklaganidan  keyin,  milliy  ozodlikning  falsafiy  in’ikosi  o‘laroq  I. Kant,  I. Hegel,  Fixte, 
SHelling, Feyerbax kabi donishmandlar tomonidan asoslangan nemis falsafasi shakllandi. 
Keyinchalik bu falsafa Nichshe, Freyd kabi ko‘plab faylasuflar tomonidan rivojlantirildi. 
Ushbu  falsafa  maktabining  atoqli  namoyandasi  hisoblangan  Hegel  ta’limoti  esa,  Pruss 
monarxiyasining davlat mafkurasi maqomini oldi. Hamma narsaning o‘tkinchi ekanligini 
nihoyatda  yaxshi  biladigan,  yangi  zamonning  Arastusi  nomini  olgan  Hegel  Pruss 
monarxiyasining  o‘tkinchi  ekanligini  bilmasmidig‘  Nima  sababdan  u  dialektik  ta’limoti 
emas,  balki  monarxiyaga  xizmat  qilgan  falsafiy  sistemasining  mukammalroq  bo‘lishi 
uchun ko‘proq kuch sarfladig‘ degan savollar haligacha faylasuflarni o‘ylantirib keladi. 
Xo‘sh, nima sababdan Hegel bu yo‘ldan bordig‘ CHunki, Hegel o‘z davrining, o‘z 
xalqining  farzandi  edi.  U  mustaqil  nemis  milliy  davlati  —  Pruss  monarxiyasi  davrining 
mahsuli,  o‘sha  davr  falsafasining  namoyandasi  edi.  U  «Faylasuflar  osmondan  yomg‘ir 
kabi  yog‘ilmaydilar  yoki  yomg‘irdan  keyingi  qo‘ziqorinlardek  erdan  o‘sib  chiqmaydilar, 
balki ularni xalq yaratadi» deganida aynan ana shuni nazarda tutgan edi. Hegel o‘z ijodi 
va faoliyati bilan Pruss monarxiyasi, garchand monarxiya shaklida bo‘lsada, nemis davlati 
ekanligini  o‘z  millatining  ongi  va  dunyoqarashini  tarkibiy  qismiga  aylantirib  keta  olgan 
buyuk  faylasuf  edi.  Uning  «Aqlga  muvofiq  narsalarning  barchasi  voqedir,  voqe  bo‘lgan 
narsalarning  barchasi  esa  aqlga  muvofiqdir»,  degan  so‘zlarini  ham  ana  shu  ma’noda 
tushunish  lozim.  Hegelning  bu  masalada  dialektik  emas,  balki  metafizik  usulga  ko‘proq 
e’tibor berganligining sababi ham ana shunda. 
O‘sha  davrgacha,  Rim  imperiyasi  qulaganidan  keyin  ko‘proq  tarqoq  hududlarga 
bo‘linib, Avstriya-Vengriya imsperiyasi tarkibida yashab kelgan nemis millati uchun Pruss 
monarxiyasi  —  milliy  davlat  edi.  Uning  shakli-shamoyili  kelajakda  o‘zgarishi  boshqa 
masala bo‘lgani holda, bu davlatning Evropada nemis milliy davlati tarzida saqlanib qolishi, 
uning millat falsafasiga aylanishi bilan bog‘liq edi. Millat falsafasiga, uning dunyoqarashiga 
aylangan milliy davlatchilik g‘oyasi hech qachon so‘nmaydi, garchand yurtni yovlar asrlar 
davomida  bosib  tursalarda,  qachondir  baribir  qad  rostlaydi  va  millatning  davlati  tarzida 
yana  qayta  namoyon  bo‘ladi.  Hegel  o‘z  millatining  falsafasi  va  dunyoqashiga  o‘sha 
davlatning  shakli-shamoyilini  va  mazmun-mohiyatini  singdirib  keta  olgan  faylasuf 


 
21 
darajasiga  ko‘tarilgani  uchun  ham  bu  millat  tarixida  va  u  orqali,  jahon  falsafasi  tarixida 
abadiy  qoladi.  Milliylik  va  umumevropa  madaniyatidan  bahra  olgan  bu  falsafa  haligacha 
o‘z jozibasini yo‘qotmaganligining sabablaridan biri ham ana shunda. 
SHunga  o‘xshash  vazifani,  o‘z  davrida,  millatimizning asl farzandi Alisher Navoiy 
ham  bajargan.  U  ozodlikka  erishgan  millat  falsafasini  adabiyot  falsafasiga,  mustaqil 
davlat  tilini  adabiyot  tiliga  aylantira  olgan,  o‘z  xalqining  bu  sohadagi  dahosi  buyuk 
ekanligiga, nafaqat zamondoshlari, balki kelajak avlodlarni ham ishontirib keta olgan edi. 
Navoiy va uning zamoniga, o‘sha davrga xos o‘zgarishlarning boshida turgan Amir Temur 
faoliyatiga qayta-qayta murojaat etilishining sabablaridan biri ham ana shunda. Zero, har 
bir  xalq,  avvalo,  o‘zining  tarixidan  bugungi  kun  uchun  tashbehlar  izlaydi  va  ijtimoiy 
taraqqiyoti  uchun  asos  bo‘ladigan  ma’naviy  tamoyil,  an’ana  va  qadriyatlarga  murojaat 
qiladi. 
Vatanimiz  mustaqillikka  erishganidan  keyin  milliy  falsafani  shakllantirish  uchun 
imkoniyatlar  ochildi.  Bugun  ulug‘  ajdodlarimiz  tamal  toshini  qo‘ygan  o‘zbek  milliy 
falsafasini  rivojlantirishning  ob’ektiv  va  sub’ektiv  shart-sharoitlari  mavjud.  Bu  borada, 
avvalo, Prezident Islom Karimov asarlarida o‘zbek falsafasining taraqqiyot qonuniyatlari 
ochib  berilayotganini  alohida  ta’kidlash  lozim.  Prezidentimiz  falsafa  oldidagi  bugungi 
muammolarning mohiyati, ularni hal qilish yo‘llariga alohida e’tibor bermoqda. 
SHu bilan birga, bugungi o‘zbek falsafasining rivojini ta’minlashda quyidagi jihatlar 
alohida o‘rin tutadi: 
- xalqimizning o‘z milliy an’analariga sodiqligi; 
- mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi; 
- muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi; 
- mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar. 
O‘zbek  falsafasini  yanada  taraqqiy  ettirish  vazifalarini  amalga  oshirish  quyidagi 
muammolarning echimini topishga bog‘liq: 
- birinchidan,  mustamlakachilik  sharoitida  soxtalashtirilgan  tariximizni  haqqoniy 
yoritish falsafiy g‘oyalar, qarashlar tarixini ham xolis ko‘rsatib berishni taqozo qiladi. O‘z 
davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo‘q qilingani yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu 
ishni qiyinlashtirmoqda; 
- ikkinchidan, mavjud manbalar arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf 
olimlarning,  malakali  tarjimonlarning  kamligi  umuminsoniy  ma’naviy  merosdan  bahramand 
bo‘lish va ulardan ijodiy foydalanishga to‘siq bo‘lmoqda; 
- uchinchidan,  odamlar  ongidan  mustabid  tuzumning  soxta  g‘oyalarini,  ular 
qoldirgan  asoratlarni  siqib  chiqarish,  mafkuraviy  bo‘shliqni  yangi  g‘oyalar  bilan 
to‘ldirish, istiqlol mafkurasini shakllantirish muayyan vaqtni taqozo qiladi. 
Ushbu  vazifalarni  amalga  oshirish  bugungi  falsafa  masalalari  bilan  shug‘ullanuvchi 
olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta mas’uliyat yuklaydi. Bunda, eng avvalo, 
mazkur  sohaga  aloqador  har  bir  yurtdoshimiz  dunyoqarashining  milliy  manfaatlarimiz 
nuqtai  nazaridan  o‘zgarishi  nihoyatda  muhimdir.  Mamlakatimizda  huquqiy  demokratik 
jamiyat  barpo  etilayotgan  hozirgi  davrda  bu  jarayonning  qanday  borishi  yangi  falsafiy 
ongning shakllanishiga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish