Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/207
Sana29.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#76046
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   207
Bog'liq
falsafa

Metafizika  -  grekcha  so‘z  bo‘lib,  lug‘aviy  ma’noda  «fizikadan  keyin»  degan 
mazmunni  ifodalaydi.  Bu  tushuncha,  falsafa  tarixida  birinchi  marta,  Qadimgi 
YUnonistonning  buyuk  faylasufi  Aristotelning  «Ilk  falsafa»  deb  atalgan  asarlariga 
nisbatan  ishlatilgan.  Ko‘p  hollarda,  dialektikaga  qarama-qarshi  deb  talqin  etiladigan 
metafizika  olamdagi  narsa  va  hodisalarni  o‘rganishda  ularning  muayyan  vaqt  davomida 
nisbatan o‘zgarmasdan, alohida turgan holatiga diqqatni ko‘proq qaratadigan usuldir. Bu 
usul qo‘llanganida olamning namoyon bo‘lish shakllari hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan 
jarayonlarning  alohida  qismi  yoki  holatiga  asosiy  e’tibor  beriladi.  Voqea,  hodisa  va 
jarayonlarni  doimiy  o‘zgarish  holatida  o‘rganish  nihoyatda  qiyin  bo‘lganligidan,  nafaqat 
faylasuflar,  balki  barcha  fan  mutaxassislari  uning  nisbatan  tinch  va  o‘zgarmay  turgan 
holatini o‘rganadilar, tadqiq etadilar. 
Aslini  olganda  olam  garchand  dialektik  o‘zgarish  va  harakatda  bo‘lsada,  bu  jarayon 
doimo  ham  nihoyatda  tez  sodir  bo‘lavermaydi.  Biz  esa  dunyodagi  narsa,  hodisa  va 
odamlarga  shunchalik  metafizik  tarzda  o‘rganib  qolganmizki,  go‘yo  kechadan  bugunning 
farqi  yo‘qdek,  kecha  ko‘rgan  kishiga  bugun  duch  kelganimizda  unda  hech  qanday 


 
18 
o‘zgarishlar bo‘lmaganday tuyuladi. SHu ma’noda, hayotda ko‘p hollarda metafizik usulda 
fikr yuritamiz, nimalargadir ana shunday munosabatda bo‘lamiz. Aslida esa ular ham azaliy 
o‘zgarishlar  jarayoniga  tushgan  narsa  va  kishilar  ekanligini  juda  kamdan-kam  hollarda 
o‘ylab  ko‘ramiz.  Xuddi  shunday,  bizning  umrimiz  ham  kechadan  ertaga  qarab  oqib 
turadigan dialektik jarayondir. Biz ham ana shunday o‘zgarib boramiz, ammo ko‘p hollarda 
bunga  unchalik  ko‘p  e’tibor  berilavermaydi.  SHu  tariqa  maktabni  tugatib  qo‘yganimizni, 
ulg‘ayganimizni, bolalikning ortda qolganini go‘yoki bilmay qolamiz... 
Alohida ta’kidlash lozimki, metafizik usulning ham hayotda, ilmiy izlanishlar va falsafiy 
tadqiqotlarda  o‘z  o‘rni  bor.  Bizda  haligacha  metafizikaning  tushunchalari,  kategoriyalari, 
tamoyillari  va  ilmiy  mohiyati  izohlangan  yoxud  tadqiq  etilgan  asarlar  va  tadqiqotlar  yo‘q. 
Qolaversa  uni  dialektika  bilan  butunlay  qarshi  qilib  qo‘yish  va  bu  farqni  mutlaq  ziddiyat 
darajasiga  ko‘tarish  ham  maqsadga  muvofiq  emas.  Aynan  ana  shunday  yondashuv  sobiq 
ittifoqda  dialektikani  mutlaqlashtirishga,  metafizikani  esa  quruq  va  o‘lik  ta’limot  sifatida 
qarashga, uning imkoniyatlaridan foydalanilmasligiga sabab bo‘ldi. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish