Banklarning qimmatli qog„ozlar
bozoridagi operatsiyalari
qimmatli qog„ozlarni emissiya qilish va sotish hisobini yuritish, ularni
saqlash;
qimmatli qog„ozlarni xarid qilish;
mablag„larni qimmatli qog„ozlarga investitsiyalash;
dilerlik, depozitor va aksionerlar reyestrini yuritish va saqlash;
tijorat, brokerlik, trast operatsiyalarni bajarish va maslahatlar berish;
mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog„ozlarni boshqarish
va h.k.
33-chizma. Banklarning qimmatli qog„ozlar bilan amalga oshi-
riladigan faoliyat turlari.
Mablag„larni qimmatli qog„ozlarga investitsiyalash turli xil
qimmatli qog„ozlar:
oddiy va imtiyozli aksiyalar;
obligatsiyalar;
davlat qarzdorlik majburiyatlari;
depozit sertifikatlari;
veksel va boshqalarga mablag„larni qo„yish orqali amalga oshi-
riladi.
Alohida olingan davlatlarda bank tizimining rivojlanishi va banklar
o„tkazadigan operatsiyalarning turlari va ko„lamiga qarab ularning
investitsion faoliyati turli yo„nalishlarga qaratilgan bo„lishi va shu
operatsiyalar turlari bo„yicha olinadigan daromad salmog„i ham turli
bo„lishi mumkin.
Masalan, Amerika banklari amaliyotida davlatning qisqa muddatli
qarz majburiyatlarini ifodalovchi qimmatli qog„ozlarga investitsiya
qilish odatda kam daromad keltiradi, ammo ular yuqori likvidlikka ega
va ular bo„yicha to„lanmaslik riski nolga teng bo„lib, bozor stavkasining
264
o„zgarish riski ham kichik bo„lgan qimmatli qog„ozlar hisoblanadi.
Uzoq muddatli qimmatli qog„ozlar yuqori daromad keltiradi,
shuning uchun banklar ularni muddati tugaguncha saqlashadi. Banklar
o„z mablag„larini munitsipalitetlarning qimmatli qog„ozlariga ham
qo„yishadi, chunki ular bo„yicha to„lanadigan foiz soliqqa tortilmaydi.
O„z likvidligini ta‟minlash maqsadida banklar uncha katta
bo„lmagan summani boshqa qimmatli qog„ozlar:
bank akseptlari;
qimmatli qog„ozlar bozoridagi tijorat qog„ozlari;
brokerlik ssudalar;
tovar-kredit korporatsiyalari sertifikatlariga qo„yishadi.
Daromadlilikni ta‟minlash maqsadida, lekin likvidligini xavf ostiga
qo„ygan holda banklar o„z mablag„larini ba‟zi bir hukumat muassasalari
obligatsiyalari va korporatsiyalarning birinchi darajali obligatsiyalariga
investitsiya qiladilar. Rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarning
investitsion faoliyati daromad keltirishi nuqtayi nazaridan bank
daromadi tarkibida keyingi ikkinchi manba hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |