Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   511
Bog'liq
bank ishi

[159].  Respublikamizda  lizing  munosabatlarini  tashkil  qilish  va 

rivojlantirish quyidagi tadbirlarni amalga oshirish bilan boshlandi: 

 

«Lizing  to„g„risida»gi  qonun  1999-yil  14  apreldan  e‟tiboran 



amalga kiritildi. Bu qonun mamlakatimizda rivojlanib borayotgan lizing 

faoliyati  uchun  ishonchli  huquqiy  negiz  yaratdi.  Rivojlangan  mamla-

katlarning  ilg„or  texnologiyalari  va  uskunalarini  jalb  etish  hamda 

ulardan  foydalanishga  katta  e‟tibor  qaratilib,  mamlakatimizning  jahon 

bozorida mustahkam o„rin olishi uchun imkoniyatlar yaratdi. 

 



Birin-ketin lizing kompaniyalari tashkil etila boshlandi. Bugungi 

kunda  O„zbekiston  bozorida  12  ta  lizing  kompaniyasi  faoliyat 

ko„rsatmoqda ulardan quyidagilarni qayd qilamiz: 

 



«O„zbeklizing  interneyshnl»  O„zbekiston-Malayziya  qo„shma 

korxonasi (1995-yil yanvar); 

 

«Baraka» universal lizing kompaniyasi (1995-yil noyabr); 



 

«AYETK»  Osiyo-Yevropa  trast  kompaniyasi  Kanadaning 



«Raana-ni xolding interneyshnl» kompaniyasi bilan hamkorlikda (1995-

yil iyul); 

 

«O„zkeysagrolizing»  O„zbekiston-Amerika  qo„shma  korxonasi 



(1997-yil fevral); 

 



«O„zaviolizing» aviatsiya lizing kompaniyasi (1997-yil noyabr); 

 



«O„zqishloqxo„jalikmashlizing»  hissadorlik  kompaniyasi  (2000-

yil noyabr); 

Lizing  kompaniyalari  dastlab  yirik  banklar  va  yirik  ishlab 

chiqaruvchilar qoshida, bevosita davlatning yordamida tuzila boshlandi. 

Ular asosiy vositalarning egasi sifatida ularni ishlab chiqaruvchidan olib, 

uchinchi  (yuridik,  jismoniy)  shaxsga  ijara  shartlari  asosida  qisqa  yoki 

uzoq  muddatga  berishi  mumkin.  Lizing  bo„yicha  daromadlar-muayyan 

(oylik,  uch  oylik,  yarim  yillik)  davrda  tushadigan  ijara  to„lovlaridan 

iborat  bo„ladi.  Bu  to„lovlar  bank  foizini  va  amortizatsiyani  o„z  ichiga 

oladi.  Lizing  shartnomasida,  shuningdek,  fondlar  vositalardan  foyda-

lanuvchilar tomonidan to„la sotib olinishi ko„zda tutilishi mumkin. 



 

259 


Lizing  kompaniyalari  ishlab  chiqaruvchilar,  bank  tizimi,  ijarachilar 

bilan o„zaro manfaatda bo„ladilar. Xususan, ishlab chiqaruvchilar uchun 

lizing kompaniyalari ularning mahsulotlariga doimiy xaridordir. Bundan 

tashqari,  hamma  ishlab  chiqaruvchilar  ham  o„z  mahsulotlarini  xalqaro 

miqyosda reklama qilish imkoniyatiga ega emaslar.  Kichik firmalar  o„z 

mahsulotlarini  lizing  kompaniyalariga  sotishsa,  lizing  kompaniyalari 

ularni  mahsulot  sotish  bilan  bog„liq  bo„lgan  qo„shimcha  xarajat  va 

ishlardan ozod qiladi. 

Bank  tizimi  manfaatlarida  esa  banklarda  pulga  talab  kamaygan 

vaqtlarda ortiqcha resurslar paydo bo„ladi. Ilgari banklar bu mablag„larni 

(rivojlangan  mamlakatlarda)  ko„chmas  mulk  sotib  olishga  sarflashgan. 

Pulga  talab  oshganda  esa,  teskari  operatsiyalarni  amalga  oshirganlar. 

Ba‟zi  g„arb mamlakatlarida, xususan AQShda 1985-yilda yangi Qonun 

qabul  qilindi.  Unga  ko„ra  har  qanday  mol-mulkka,  u  foyda  keltirmasa 

ham,  soliq belgilanadi. Endi  banklar uchun  o„z  mablag„larini ko„chmas 

mulkka sarflash samarali bo„lmay qoldi.  

Banklar asosan uzoq muddatli kreditlar hisobiga faoliyat yuritishadi 

va daromad olishadi. Bunday kredit ma‟lum tahlikaga – xavfga ham ega 

bo„lishi  tabiiy.  Kredit  berilayotganda,  odatda,  mulk  garovga  qo„yiladi. 

Shu  nuqtayi  nazardan  banklar  uchun  ham  lizing  manfaatlidir.  Bank 

lizing kompaniyasiga uzoq muddatli kredit beradi. Kredit hisobiga lizing 

kompaniyasi uskunalarni sotib oladi va ular firmaning mulkiga aylanadi. 

Agar  ijarachi  shartnoma  talablarini  bajarmasa,  lizing  kompaniyasi 

ijarachining  mulkiga  ega  bo„lib  oladi.  Agar  uzoq  muddatli  kreditlar 

yiliga  10  foiz  daromad  bersa,  lizing  kompaniyalarida  12  foiz  daromad 

olinadi. 




Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish