234
31-jadval.
Lizing munosabatlarida qatnashuvchi subyektlar
№
Lizing subyektlari
Izoh
1
2
3
1.
Lizing beruvchilar
(mulk egalari)
tijorat banklari
qo„shma lizing kompaniyalari
xorijiy lizing kompaniyalari
xalqaro lizing kompaniyalari
ixtisoslashgan milliy lizing kompaniyalari
uskunalarni tayyorlovchi korxonalar
filiallari va bo„limlari
davlat va mahalliy organlar:
→ mulk qo„mitalari
→
moddiy ta‟minot bo„limlari
→ qurilish bosh boshqarmalari
→ boshqa organlar
sug„urta kompaniyalari
nafaqa fondlari
lizing operatsiyalarini amalga oshirishga
yo„naltirilgan ochiq va yopiq aksionerlik jamiyatlari
2.
Lizing oluvchilar
(mulkdan foydala-
nuvchilar)
tovar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar
yuridik shaxs bo„lmagan tadbirkorlar
3.
Lizing obyektlarini
sotuvchilar
mulk egalari
uskunalarni ishlab chiqaruvchilar
moddiy ta‟minot tashkilotlari
savdo firmalari
aksionerlik jamiyatlari
qo„shma korxonalar
4.
Lizing munosabatlarida
qatnashuvchilar o„rtasida
vositachilik qiluvchilar
distribyutor (ulgurji xodim)
dilerlar
brokerlar
komissionerlar
maklerlar
konsignatorlar
ishonchli shaxs (vakil) lar
ishlab chiqaruvchilar agentlari (iste‟molchilar)
kommivoyajerlar
maslahatchilar
xabarlovchi savdogarlar
Lizing beruvchi lizing oluvchi oldida lizing obyekti yuzasidan
javobgar bo„lmaydi, lizing obyekti sotuvchi va obyektining o„zi lizing
beruvchi tomonidan tanlangan va lizing oluvchi shu tufayli zarar
ko„rganligi isbotlangan hollar bundan mustasno.
235
Lizing beruvchi va lizing oluvchi sotuvchiga nisbatan lizing obyekti-
ning oldi-sotdi shartnomasiga binoan solidar kreditorlar sifatida ish ko„ra-
dilar. Sotuvchi ular oldida lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasidan
kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarish (lizing obyektining sifati, butligi,
lozim darajada yetkazib berilishi va boshqalar) yuzasidan javobgar bo„ladi.
Bunda sotuvchi lizing obyekti bilan bog„liq aynan bitta zarar uchun bir
paytning o„zida lizing oluvchi va lizing beruvchi oldida javobgar bo„lishi
mumkin emas.
Operativ lizingni amalga oshirishda lizingga berilgan lizing
obyektidan foydalanishga to„liq yoki qisman to„sqinlik qiluvchi kamchi-
liklar uchun lizing beruvchi javobgar bo„ladi. Bunday kamchiliklar aniq-
langan taqdirda, lizing oluvchi lizing beruvchidan ularning bepul barta-
raf etilishini va lizing to„lovlari mutanosib ravishda kamaytirilishini yoki
mazkur lizing obyektining kamchiliklarini bartaraf etish bilan bog„liq
o„z xarajatlarining qoplanishini talab qilishga haqli.
Lizing beruvchi lizing obyektining lizing shartnomasini tuzishda
qayd etib o„tilgan kamchiliklari uchun javob bermaydi.
Lizing oluvchining aybi bilan lizing obyektining yo„qolishi yoki
lizing obyektining o„z vazifasiga doir ahamiyatini yo„qotishi, agar lizing
shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo„lsa, lizing
oluvchini lizing beruvchi oldidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: