Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


-jadval.  Kapitalni boshqarishning turlari



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   511
Bog'liq
bank ishi

30-jadval. 

Kapitalni boshqarishning turlari 

 

№ 



Kapitalni 

boshqarishning 

turlari 

I Z O H 

1. 


Qattiq 

konservativ 

  mijozning  mablag„lari  faqatgina  eng  ishonchli 



bo„lgan,  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarning  davlat 

qimmatli  qog„ozlariga  sarflanadi.  Bunda  zarar  ko„rish 

xavfi umuman bo„lmaydi. 

2. 


Konservativ 

  mablag„larni  rivojlangan  mamlakatlarning  davlat 



qimmatli  qog„ozlariga  va  yirik  xalqaro  banklar 

depozitlariga  qo„yish  nazarda  tutiladi.  Lekin  bunda 

banklarning sinish  holati  mavjud bo„lganligi sababli  bu 

tartibda  mablag„larni  joylashtirish  mijozlarga  so„zsiz 

foyda olishlarini har doim ham kafolatlamaydi. 

3. 


O„rtacha 

konservativ 

  mablag„larni  jahonning  asosiy  fond  birjalarida 



baholangan  aksiyalarga  qo„yish  tushuniladi.  Investitsi-

yalashning  bu  yo„nalishi  foyda  bilan  bir  qatorda  zarar 

ko„rish xavfini ham tug„diradi. 

4. 


O„rtacha agressiv 

  bu  mablag„larni  fan-texnika  taraqqiyotini  belgilab 



beruvchi  kompaniyalarning  aksiyalariga  sarflanishini 

bildiradi.  Bunda  ularning  kursi  tebranib  turadi.  Shu 

tufayli  kapitalni  boshqarishning  bu  turi  ayrim  risklar 

bilan bog„liq bo„ladi. 

5. 

Agressiv 



  bu  mablag„larni  «Osiyoning  to„rt  ajdarhosi» 

(Gonkong, 

Singapur, 

Tayvan, 

Janubiy 


Koreya) 

kompaniyalarining  aksiyalariga  sarflashni  ta‟minlaydi. 

Bunda  katta  foyda  bilan  birga  katta  zarar  ko„rish  ham 

mumkin. 


 

Masalan, 1987-yilda Nyu-York fond birjasidagi aksiyalarning kursi 

taxminan  2  marta  pasaygan.  Bunday  hollarda  mijoz  qolgan 

mablag„larini  olib,  ularni  boshqarishni  boshqa  bank  departamentiga 

o„tkazishi  mumkin.  O„zbekistonda  tijorat  banklari  amaliyotida  trast 

operatsiyalarini qo„llash imkoniyati asta-sekin rivojlanib bormoqda. 

Komission (vositachilik) operatsiyalarini amalga oshirishda banklar 

o„z  mablag„larini  biror  sohaga  yoki  faoliyat  turiga  qo„ymaydilar  va 




 

232 


mijozlarga  ssuda  bermaydilar.  Ular  faqatgina  o„z  mijozlarining  to„lov 

topshiriqnomasini  bajaradilar,  shuning  uchun  komission  operatsiyalar 

bo„yicha  bank  daromadi  foiz  shaklida  emas,  balki  vositachilik  uchun 

mukofot shaklida bo„ladi. 

Tijorat banklari o„z mijozlarining turli xil to„lov topshiriqnomalarini 

bajarishi  va  o„zaro  operatsiyalarini amalga  oshirish uchun  bir-biri bilan 

korrespondentlik aloqalarini o„rnatadilar. 

Masalan,  o„z  filiallari  yoki  bo„linmalariga  ega  bo„lmagan  joylarda 

bank mijozlarning to„lov topshiriqnomalarini boshqa bank orqali, cheklar, 

akkreditivlar  va  boshqa  shakllar  bo„yicha  maxsus  korrespondentlik 

kelishuvini  tuzib,  amalga  oshiradilar.  Bunda  u  korrespondent  banklar 

cheklar,  akkreditivlar  to„lashni  o„z  zimmasiga  oladi.  Banklar  o„rtasidagi 

talab va majburiyatlar maxsus korrespondent schyotlarida aks etadi. 

Korrespondentlik  munosabatlarini  amalga  oshirishda  banklar 

tomonidan shifrlar tizimi qo„llanadi. Teleks xabarlari banklararo muno-

sabatlarda  hujjat  bo„lib  xizmat  qiladi.  Bank  tizimida  qo„llaniladigan 

telekslar ichki va xalqaro bo„lishi mumkin. 

Bank  foydasining  manbalari,  berilgan  kreditlar  bo„yicha  bank 

oladigan  foizlarning  oshirilishi,  qimmatli  qog„ozlarga  qo„yilgan 

investitsiyalar  (qo„yilmalar)  bo„yicha  foiz  va  dividendlar,  hisob-kitob, 

faktoring, trast va boshqa vositachilik operatsiyalaridan olinadigan vosi-

tachilik  mukofotlari,  birja  bitimlari  bo„yicha  valuta  operatsiyalaridan 

keladigan  tushumlar  va  boshqalar  bo„lishi  mumkin.  Bu  tushumlar 

bankning likvidligini mustahkamlashda muhim o„rin tutadi. 




Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish