Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


[52].  Oltin  andozasi  (standarti)



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   511
Bog'liq
bank ishi

[52].  Oltin  andozasi  (standarti)  –  bu  pul  tizimi  bo„lib,  unda  oltin 

umumiy  ekvivalent  rolini  o„ynaydi  va  erkin  zarb  qilinadigan  oltin 

tangalar  yoki  oltinga  almashtiriladigan  qiymat  belgilari  muomalada 

bo„ladi. 

Oltin  andozasi  (standarti)  quyidagi  beshta  iqtisodiy  holatning 

namoyon bo„lishini anglatadi: 

1.  Oltin tangalar muomalada bemalol harakatda bo„ladi. 

2.  Pulning barcha vazifalarini oltin bajara oladi. 

3.  Oltin tangalar erkin zarb etiladi. 

4.  Qiymat belgilari oltinga bemalol almashtiriladi. 

5.  Jismoniy  shaxslar  va  davlatlar  o„rtasida  oltin  cheklanmagan 

miqdorda harakat qila oladi. 

1976-yil  1  yanvardan  boshlab  Xalqaro  valuta  fondi  tomonidan 



 

74 


oltinning  qat‟iy  belgilangan  jahon  bahosi  bekor  qilindi.  Ungacha  to„la 

qiymatga  ega  oltin  tangalar  haqiqiy  muomalada  bo„lar,  qog„oz  pullar 

chiqarish  esa  Markaziy  bank  yoki  xazinadagi  markazlashtirilgan  oltin 

zaxirasining miqdori bilan qonunan bog„lab qo„yilgan edi. 

Oltin  andoza  sharoitida  pul  muomalasini  tartibga  solish  tizimi 

o„zining ancha kam harakatliligi va moslanuvchan emasligi bilan ajralib 

turar  edi.  Pul  chiqarish  jarayoni  mamlakat  aholi  va  xo„jalik  yurituvchi 

subyektlarning pulga bo„lgan obyektiv ehtiyoji bilan emas, mamlakatga 

nodir  metallarning  kelish  yoki  mamlakatdan  chiqib  ketishi  bilan  mexa-

nik tarzda belgilanar edi. 

Oltin  standart  mexanizmining  amal  qilishi  xalq  xo„jaligida  pulning 

yetishmasligini  kuchaytirar  edi,  chunki  tanglik  davrida  mamlakatdan 

oltinning  chiqib  ketishi  pul  emissiyasiga  ehtiyoj  eng  yuqori  nuqtaga 

chiqqan ayni vaqtda muqarrar sur‟atda keskin qisqarishiga olib kelar edi. 

Shunga  qaramay,  oltin  andoza  davridagi  pul  tizimi  milliy  pul 

birligining  barqarorligini  o„z-o„zidan  ta‟minlab  turganligini  qayd  etish 

kerak. Bu barqarorlik quyidagicha ta‟minlanar edi: 

Oltin  andoza  oltinning  barqaror  va  qat‟iy  belgilab  qo„yilgan  narxini 

taqozo  etadi.  Agar  pul  belgilarining  soni  haddan  tashqari  ko„payib  ketgan 

bo„lsa, biroq oltinning narxi belgilab qo„yilgan darajada qolaversa, mijozlar 

uchun «ortiqcha» pulga xazinadan nisbatan arzonlashgan oltinni sotib olish 

foydali  edi  va  shu  tariqa  xazina  ortiqcha  pul  belgilarini  muomaladan 

chiqarib olar edi. 

Aksincha, pul belgilarining soni haddan tashqari kamayib, ular normal 

xo„jalik aylanmasi uchun yetarli bo„lmay qolganida oltinning narxi oshar va 

odamlar xazinaga o„zlarining qimmatlashgan oltinlarini sotar edilar. 

1976-1978-yillarda  Yamaykada  to„rtinchi  jahon  valuta  tizimini 

yuzaga  keltirish  maqsadida  o„tkazilgan  davlatlararo  kelishuvga  asosan 

oltinni  demonetizatsiya  qilish,  ya‟ni  uning  pulning  barcha  vazifalarini 

bajarishdan  mahrum  etishga  qaror  qilindi.  Uning  o„rnini  Markaziy 

banklarning  pul  siyosati  tamoyillariga  asoslangan  murakkab  va  ko„p 

bosqichli «pulni boshqarish» tizimi egalladi. 



[53].  «O„zbekiston  Respublikasining Markaziy  banki to„g„risida»gi 

qonunning  40-moddasida  valutani  tartibga  solish  xususida  quyidagilar 

yozilgan. 

Markaziy  bank  valutani  tartibga  solish  va  valutani  nazorat  qilish 

davlat organidir. Markaziy bank: 

– O„zbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar uchun majburiy 




 

75 


bo„lgan valutani nazorat qilishga doir normativ hujjatlar chiqaradi; 

–  banklar,  boshqa  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  chet  el  valutasida 

operatsiyalar o„tkazish uchun litsenziyalar beradi va litsenziyalarni qaytarib 

oladi, ularning faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi; 

– banklar  uchun  ochiq  valuta  mavqeyi  limitlarini  va boshqa iqtisodiy 

normativlarni belgilaydi; 

– milliy valutaning chet el valutasiga nisbatan kursini aniqlash tartibini 

belgilaydi; 

–  O„zbekiston  Respublikasining  xalqaro  rezervlarini  tasarruf  etadi  va 

boshqaradi. 

Markaziy  bank  o„z  nomidan  yoki  hukumat  topshirig„iga  ko„ra 

O„zbekiston  Respublikasi  nomidan  chet  elda  joylashgan  kliring 

(tovarlar,  qimmatli  qog„ozlar,  xizmatlar  uchun  o„zaro  majburiyat 

talablarini,  ya‟ni  bir-biriga  beradigan  pullarni  hisobga  olish  bilan  naqd 

pulsiz hisob-kitob qilish tizimi) muassasalari bilan kliring hamda to„lov 

bitimlari,  shuningdek,  har  qanday  shartnomalar  tuzishga  haqlidir  (41-

modda). 

Markaziy  bank  o„zining  balans  hisobvaraqlarida  O„zbekiston 

Respublikasining  xalqaro  rezervlarini  shakllantiradi.  Bu  rezervlar 

quyidagilarni: 

–  oltin va boshqa qimmatbaho metallarni; 

–  naqd chet el valutasini; 

–  chet  el  banklarida,  xalqaro  moliya  tashkilotlarida  hisobvaraqlar  va 

depozitlarda bo„lgan chet el valutasi qoldiqlarini; 

–  chet  el  hukumatlari,  banklari  va  xalqaro  moliya  tashkilotlari 

chiqargan  yoki  kafolatlagan  chet  el  valutasidagi  qimmatli  qog„ozlarni  o„z 

ichiga oladi. 

Markaziy  bank  O„zbekiston  Respublikasi  hududi  va uning  tashqar-

isida  O„zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlariga  hamda  xalqaro 

amaliyotga muvofiq chet el valutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish-

ga haqlidir (43-modda). 


Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish