Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта таълим вазирлиги


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 0,78 Mb.
bet26/32
Sana11.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#348697
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Bog'liq
4 Маърузалар матни

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Aliev A. Ta`lim tayanchi. Xalq ta`limi 1992 yil. № 8-9.

2. Nasriddinov B. Pedagogik mahoratga yangicha munosabat. Xalq ta`limi. № 8-9. 1992 yil.

3. Xasanov T. Ko`p qirrali pedagogik mahorat. Xalq ta`limi. 1992 y.№4-

4. Zyaz’yun I.A. Pedagogik mahorat asoslari M.1989 y.

5. Yunusov. O`qituvchining faoliyatini oshirish. Xalq ta`limi. 1992 y.№4

Milliy mustaqqillk jamiyatdagi har bir mehnatkashdan Prezident I. Karimov ta`kidlaganidek, «o`z kuchi ,salohiyatiga ishonadigan, boqimandalikni or deb biladigan, eng rivojlangan mamlakatlarning ilg’or kishilari bilan teppa-teng muomala qila oladigan, oqni qoradan yaxshini yomondan ajrata biladigan, bu murakkab , beshafqat hayotning pastu - balandi , tangu – tor ko`chalarida olloh bergan aql zakovati bilan to`g’ri yo`lni adashmay topa olishga qodir bo`lgan barkamol avlodni tarbiyalab etishtirishni taqazo qilmoqda. Zero fikri teran, e`tiqodi sog’lom yoshlar hech qachon milliy mafkuramizga zid xarakterlarga, soxta oqimlarga qo`shilmaydi. O`quv – tarbiya jarayoni ishtirokchilari oldida turgan birinchi galdagi ,eng muhim vazifa, o`quvchi yoshlarimizda mafkuraviy bo`shliq paydo bo`lish sabablarini bilish va ularni yosh g’oyalar ta`siridan asrash hamda ularni davr talabidagi mutaxasis qilib tarbiyalashdir. Bu ulkan vazifani muvoffakiyatli bajarish uchun oliy ta’lim maktabda tayyorlanayotgan murabbiy yuksak mahorat va odobga ega bo`lish kerak».

Buning uchun avvalo pedagogik mahorat va odobning mohiyati va mazmunini o`rganib chiqish zarur .

I. Pedagogik mahorat: mohiyat va mazmun ta`limning muvaffakiyatli bo`lishi, oqibat natijada darslik yoki metodga emas , balki o`qituvchiga bog’liq.



Mehnat, bilish, mahorat , ijod. Inson hayotining bosh mezoni. Bu mezon faoliyat orqali amalga oshiriladi – mehnat qilish, izlanish jarayonida, ya`ni faoliyat jarayonida yutuqlar qo`lga kiritiladi, mahoratga erishiladi. Kasbiy mahorat sirlarini o`rganishga harakat qiluvchi har bir murabbiy avvalo egallashi lozim bo`lgan pedagogik bilim ma`lumotlarga ega bo`lishga intilishi, qilayotgan ishning barcha qirralarini tasavvur qilishga harakat qilishi, ish natijalarini baholashi, yo`l qo`ygan xato – kamchiliklarni mohiyatini tushunib borishga harakat qilishi lozim. Bu holatlar albatta, faoliyat orqali amalga oshiriladi. Natijada o`quvchilarga bilim beriladi, ularning shaxsiy sifatlari tarbiyalanadi, psixologik xususiyatlari rivojlantiriladi, natijada o`quvchi shaxs sifatida kamol topib boradi. Shuning uchun kasbiy faoliyat jarayonida pedagog tashkil qiluvchi , yo`l ko`prik ko`rsatuvchi, targ’ibot-tashviqot yurituvchi, ma`lumot- axborot to`plovchi, shaxsiy xususiyatlarini va mahoratini takomillashtiruvchi shaxs sifatida ishtirok etadi. Bularning barchasi bevosita va bilvosita pedagogik mahoratni shakllantirishga ta`sir ko`rsatadi. Pedagogik faoliyat aniq ko`rinishda bo`lsa unda o`qituvchi o`qitish, tarbiyalash, rivojlantirish vazifalarini aniq ko`ra oladi va ularni hal qilishga harakat qiladi. Bu jarayonda faoliyat ruhiy jihatdan tayyorlanadi, ta`sir ko`rsatish vositalari belgilanadi, natijalarni nazorat qilish, tahlil qilish, baholash va yangi vazifalar belgilash bilan chegaralanadi. Bilimlarni o`zlashtirish vositasida shaxsning o`sishi ta`minlanadi, natijada jamiyat talabi va vazifalari bajariladi. Buning uchun o`qituvchi avvalo vaziyatni tushunishi, har bir o`quvchining o`zlashtirish jarayoni, rivojlanib shaxs sifatida shakllanish darajalarining mezonini aniq ko`ra bilish imkoniyatiga ega bo`lmog’i darkor. Bu o`z navbatida o`qituvchidan katta bilim, tajribalarni talab etadi. Bu faqat nisbiy mahoratga ega bo`lish orqali amalga oshadi. Shuning uchun ham o`quvchi tarbiya jarayonida oldidagi muhim vazifalarni amalga oshirish uchun murabbiyga mahorat zarurdir.

Avvalo pedagogik mahoratga ta`rif beraylik. Shunday qilib, «Pedagogik mahorat» nima? U qanday qilib qo`lga kiritiladi? o`qituvchi tarbiyachining kasbiy mahorat – bu ma`lum shaxsiy (bolalarni sevishi ,mehribonligi , hayrixohligi va h. k ) va kasbiy (bilimdonligi, javobgarlikni his qilishi, ijodkorligi eruditsiyasi va h. k.) fazilatlarining yig’indisi hisoblanib, u o`quv pretmetini chuqur va atroflicha bilishida, pedagogik-psixologik, usuliy tayyorgarligida, o`quvchi– yoshlarni o`qitish va tarbiyalashning optimal yo`llarini izlab topishida namoyon bo`ladi. O`qituvchi pedagogik mahorat sirlarini o`rganishi va yuksak natijalarga erishishi uchun, avvalo o`quvchi yoshlarni o`qitish, ma`lumotli qilish va tarbiyalashning eng qulay, oson, ko`p natija beradigan yo`llarini izlab topish va qo`llashga harakat qilmog’i, ta`lim va tarbiyasining, shakl usul va vositalaridan unumli foydalanish kerak. Albatta, o`quv ishlarining tashkil qilishning zamonaviy shakl, usul va vositalarini qo`llash orqali o`qituvchi o`quvchilarni o`quv ishlarining turli jarayonlarga, xususan, ijodiy ishlarga jalb qiladi. Natijada o`quvchilarda ma`lum ilmiy bilimlar tizimi vujudga keladi va amaliy ko`nikma va malakalar bilan qurollanish imkoniyatiga ega bo`ladi. Ammo ba`zan eng ko`p natija beradigan usul va vosita ham ko`zlangan natija beravermaydi. Biz ba`zan ayrim o`qituvchilardan men barcha metodik ko`rsatmalarga asoslanganda, o`qituvchilar meni tushunmayaptilar, darsda meni tinglamay qo`ydilar, degan e`tirozlarni eshitib qolamiz. Buning sababi shundan iboratki, ba`zan o`qitishning ma`lum faol shakllari , usul va vositalari ham o`quvchilarni o`qishga bo`lgan qiziqishlarini tarbiyalashga ojizlik qiladi. Bunday sharoitlarda o`qituvchi shaxsi, uning individualligi o`quvchilar bilan munosabati ma`lum darajada muhim ahamiyat kashf etadi. Shuning uchun, avvalo, o`qituvchi pedagogik mahoratning ustasi bo`lishi uchun o`zining shaxsiy fazilatlarini tarbiyalab takomillashtirib borishi, davr, vaziyat, imkoniyatga qarab ish tutishi lozim. Shuning uchun o`qituvchi- tarbiyachining kasbiy mahorat, bilimdonligi, zukkoligi, ijodkorligi bilan birga shaxsiy sifatlarni ham takomillashtirishni ham taqozo qiladi. Murabbiy faoliyat mahoratini qanday fazilatlar belgilaydi? Mohir o`qituvchi avvalo mafkuraviy tayyorgarlikka ega bo`lishi lozim. Bu deganimiz Milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an`analarni bo`lishi va ularni yoshlar ongiga etkazib o`quvchilarni ota-bobolarimiz yaratgan boy merosga hurmatni tarbiyalay olishi kerak. Buning uchun avvalo murabbiyning o`zi milliy qadriyatlarning mohiyat mazmunini chuqur anglashi, ularga hurmat e`tiqodi bo`la olishi darkor, Ijtimoiy hayot qonunlarini aniq tushunish, milliy-ahloqiy qadriyat, mafkura mazmunini anglash o`quvchilarda bobolar avlodlar ruhiga hurmatni, ilmiy dunyoqarash asoslarini tarbiyalash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, o`qituvchi shaxsiy fazilatining muhim omili o`tmish merosini mukammal bilish, qadriyatlar, urf-odatlar mazmunini anglash ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarini tushunish orqali ilmiy dunyoqarashni o`zida tarbiyalangan bo`lishi kerak.

Bolalarni seva olish, ularga o`z ota-onalaridek mehribonlik ko`rsata bilish mohir pedagogning muhim shaxsiy fazilatlaridan biridir. Murabbiy har doim, hamma vaqt o`quvchilarga mehribonlik ko`rsata olishi lozim. O`z o`quvchisi to`g’risida shoshma-shosharlik bilan xulosa chiqarmaslik, ular haqida salbiy yoki ijobiy fikrga kelmaslik o`quvchilar orasida uning "sevimli" yoki "yomon"-ko`radigan tarbiyalanuvchilarni bo`lishi o`qituvchida pedagoglikni so`ndiradi qanday bo`sh va past o`zgashtiradigan, "tarbiyasi qiyin" o`quvchining vazifasi shundan ibotratki, o`quvchidagi ana shu bilinar bilinmas lekin eng muhim ijobiy fazilatni topa olish va shu fazilatga tayanib o`quvchi mulkidagi, o`tmishidagi salbiy xususiyatlarni tugatishga intilmog’i lozim. O`qituvchi shaxsiy fazilatlari tizimida pedagogni faoliyatga bo`lgan ehtiyoj nomli muhim kasbiy yo’nalishi mavjudki u pedagogni mahoratni egallash uchun katta rol’ o’ynaydi. Bunday professional xususiyatlarni olimlarimiz S.Baranov va boshqalar shunday izohlaydilar. Pedagogik faoliyatga bo`lgan ehtiyoj professional mahoratdagi o`qituvchi shaxsiy fazilatlarini belgilovchi qimmatli bahodir, u o`zida: "...bolalarga qiziqish va muxabbatni; pedagogni ishga havasni; psixologik-pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanligimni mujassamlashtiradi.

Murabbiyning o`quvchilarga nisbatan mehribonligi, hayrixohligi bolalarni sevishi insoniy talabchanlik asosida ko`rilmog’i lozim, insonparvarlikka asoslangan talabchanlik o`quvchilarni intizomga chaqiradi, o`z hulq-atvori to`g’risida o`ylashni, o`ziga boshqalar ko`zi bilan. qarashni, salbiy xususiyatlarim qayta tarbiyalashni, ijobiy fazilatlarini takomillashtirishni yo`lga qo`yishga da`vat etish muddaosiga erishadi. Buning uchun murabbiy talabning me`yorini bilishi lozim. Talab istiqbolli bo`lib, bolaning kelajak hayoti, faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan, bolalarni quvonchga qiziqishlarini takomillashtiruvchi yunaltirilgan bo`lsagina, maqsadga muvofiq bo`ladi. L.I.Ruvinskiy tahriri ostida chop etilgan "Tarbiyaviy ishlar metodikasi" qo`llanmasida talablarning bir necha shakllari ko`rsatib o`tilgan, jumladan, iltimos shaklidagi talab, ishonch bilan talab qilish, talab-ma`qullash, talab-maslahat, o`yin shaklidagi talab, talab-sha`ma, shartli-talab, qoralovchi talab, ishonchsizlik asosidagi talab, talab qo`rqitish va boshqalar»

Murabbiy shaxsiy sifatining yana bir ko`rinishi "uning shaxsiy namunasidir”. O`tmish mutafakkirlarimi?: mehnat shaxsni shakllantiradi deb da`vat etgan edilar. Darhaqiqat, murabbiyning shaxsiy namunasi o`quvchi uchun hayot darsligi vazifasini o`taydi. Shaxsiy namuna o`z ishiga bo`lgan munosabatda, o`quvchilarni, tushunish, hurmat qilish, ta­labning me`yorda bo`lishida namoyon bo`ladi. o`qituvchining shaxsiy namunasi har qanday pedagogik jamoadagi munosabati bilan belgilanadi. Ayrim xollarda eng yaxshi deb, yoki eng yomon deb tushunilgan o`quvchilarimiz teskari bo`lib chiqishi mumkin. Shuning uchun o`qituvchi sinchkov, ziyrak, chidamli, sabr-toqatli, o`zini tuta biladigan» hayri-xoh muntazam o`z hissiyotini, faoliyati, xulq-atvorini nazorat qila oladigan kishi bo`lishi lozim. Shundagina ish ham, tarbiya ham unumli bo`ladi. o`quvchilar o`zlarining qilgan ishlari, hulq atvorlariga qo`yiladigan bahona ziyraklik bilan kuzatuvchan bo`ladilar. Ayniqsa, kollej yoshlarida bolalar o`qituvchining qay holatlarida haq, qay vaziyatlarda u nohaq ekanligini aniq baholaydigan bo`ladilar. Munosabatda garmjo`shlik, xulq-atvorda vazminlik og’ir-bosiqlik, talabda ob`ektivlik hozirgi davr o`qituvchisining muhim shaxsiy sifatlaridan biridir.

O`qituvchining shaxsiy fazilatlarini uning kasbiy xususiyatlari to`ldirsa, u kasbiy mahorat pillapoyalari sari yana ilgari odimlaydi. Yuqorida qayd qilib o`tganimizdek o`qituvchi kasbiy mahoratini uning bilimdonligi pedagogik- psixologik, metodik tayyorgarligi, erudutsiyasi, ijodkorligi, o`quvchi-yoshlarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo`llarini izlab topishi kabi malakalar tashkil etadi. Kasb mahoratining bu malakalari pedagogik texnika, pedagogik qobiliyat, pedagogik xayol; pedagogik takt; pedagogik muloqot mazmunida tarkib topib boradi. O`qituvchi kasbiy mahoratining bunday tarkibiy qismlari o`qituvchining g’oyaviy-siyosiy tayyorgarligi, o`quv predmetining ilmiy-nazariy va amaliy asoslari bilan qurollanish, muntazam mustaqil bilim olishga intilishi kabi xususiyatlar bilan to`ldiriladi.

Komponentlar o`zaro pedagogik mahoratning mazmunini tashkil etadi. Izohlab o`tilgan murabbiyning shaxsiy va kasbiy sifatlari, uzviy bog’liklikda shakllanib takomillashib boradi. Ular pedagogik faoliyat zaminida mustahkamlanar ekan o`quvchilar bilan bo`lgan munosabatlarda, ularning qalbini bilishga intilishda, o`z shaxsiy va kas­biy faoliyatini muntazam nazorat va tahlil qilishda namoyon bo`ladi. Mabodo o`qituvchi pedagogik kasbni faqat o`quvchilarga bilim berish, ularni tarbiyalashdan iborat deb bilsa, katta xatolikka yo`l qo`yadi. Shuning uchun u vaqti-vaqti bilan o`z ishlarini, muomalasini, munosabatlarini, hoh u ijobiy bo`lsin, hoh salbiy tahlil qilib borishga odatlanish kerak. Bulardan tashqari kasbiy mahorat tizimida yana shunday masalalar, borki ularni bilmaslik, ularga e`tiborni qaratmaslik maktabda ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga oshirishni qiyinlashtiradi, oqibat-natijada pedagogik mahoratni shakllantirish va uni takomillashtirish ishlariga sharoit yaratilmaydi.

Ilmiy pedagogik ta`lim, maktab tajribasini o`qituvchining kas­biy mahorat quyidagi omillar asosida, rivojlanishi mumkinligini ko`rsatmoqda: o`quv predmetining ilmiy-nazariy va metodologik asosi bilan qurollanishi ta`lim-tarbiyaning maqsad va vazifalarini davr talablari asosida anglash va amalga oshirishni rejalashtirish;

• shaxsiy pedagogik mahoratni mustaqil tashkil etish va mustaqil bilim olishni aniq reja mahoratni, shakllantirish va uni takomillashtirish ishlariga sharoit yaratilmaydi.

Ilmiy pedagogik ta`lim, maktab tajribasini o`qituvchining kasbiy mahorat quyidagi omillar asosida rivojlanishi mumkinligini ko`rsatmoqda.

• predmetining ilmiy-nazariy va metodologik asosi bilan qurollanishi.

• ta`lim-tarbiyaning maqsad va vazifalarini davr talablari asosida anglash va amalga oshirishni rejalashtirish.


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish