Kalit komponentlar
|
P, MPa
|
t0, C
|
o’rtacha
|
Yengil
|
og‘ir
|
kondensatorda
|
qaytargichda
|
СН4
|
С2Н4
|
3,43
|
-92,8
|
-7,8
|
5,3
|
С2Н4
|
С2Н6
|
2,06
|
-27,8
|
-5,6
|
1,48
|
С2Н6
|
С3Н8
|
2,06
|
-5,6
|
55,6
|
3,0
|
С3Н6
|
С3Н8
|
1,54
|
37,8
|
43,3
|
1,15
|
С3Н8
|
Izo-С4Н10
|
1,37
|
37,8
|
82,2
|
2,06
|
С4Н10
|
Izo-С5Н12
|
0,36
|
37,8
|
71,1
|
2,20
|
Pirolizni tozalangan gazidan vodorod va metanni ajratib olish zamonaviy qurilmalarida quyi bosim ostidagi, quyi haroratli rektifikatsiya jarayoni ishlatiladi. Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, metan – etilen kalit qo‘shaloq komponenti uchun nisbiy uchuvchanlik koeffitsiyenti yetarli yuqoridir. Ularni ajratish uchun metan kolonnasi taxminan 30 likopchaga egadir. Deetanizatsiya–etan–etilen fraksiyasini ajratish (kalit komponentlar etan va propilen) ham nisbatan oson amalga oshiriladi. Bunda kolonna taxminan 40 likopchaga ega bo‘ladi. Etilenni etan–etilen fraksiyasidan ajratib olish murakkabroq vazifa. Rektifikatsiya jarayoni 110–120 likopchali kolonnada flegma soni 4,5 (5,5 ga teng bo‘lganda yaxshi ketadi. Toza propilen ajratib olish uchun 200 likopchaga ega flegma soni 10 ga yaqin bo‘lgan effektivroq kolonnalar talab qilinadi.
Propilenni ajratib olishning boshqa qator usullari ham taklif qilingan: ekstraktiv rektifikatsiya, silikagel va alyumogellarda adsorbsiya, qutblangan erituvchilardagi mis (I) tuzlari eritmasi bilan xemosorbsiya. Propilenni mikrobiologik tozalash ham mumkin: propan–propilen fraksiyasi va havo mikrobiologik eritma orqali o‘tkaziladi. Bunda propan mikroorganizmlar uchun ozuqa manbai bo‘lib xizmat qiladi. Eritmada biomassa yig‘ilib boradi, propilen esa tozalangan holda chiqadi. Biroq propilenni ushbu usul bo‘yicha ajratib olish sanoat ko‘lamiga chiqa olmadi. Hozircha eng iqtisodiy jarayon–rektifikatsiya bo‘lib qolmoqda.
С4–fraksiyasini odatdagi rektifikatsiya bilan individual uglevodorodlarga ajratish mumkin emas, chunki komponentlarni qaynash haroratlari o‘zaro yaqin va azeotrop aralashmalar hosil bo‘ladi. Butanni degidrirlash mahsulotlaridan butilenlarni ajratib olish uchun ekstraktiv rektifikatsiya qo‘llaniladi va selektiv erituvchilar bo‘lmish atsetonitril, dimetilformamid, dimetilatsetamid, N–metilpirrolidonlar ishlatiladi. Hozirda ko‘pchilik xorij qurilmalarda (shu jumladan, O‘zbekistonda ham) ushbu erituvchilar kichik selektivlikka ega bo‘lgan furfurol va atseton o‘rnida ishlatilayapti.
С4–fraksiyadan izobutilenni ajratib olish usullari uni normal butilenlarga nisbatan yuqoriroq reaksion qobiliyatiga asoslangan bo‘lib, 6 С-Н–bog‘larini qo‘shbog‘ bilan o‘zaro ta’sirlashuvi orqali tushuntirish mumkin. Izobutilenni 60% li H2SO4 dagi absorbsiya tezligi 2–butennikiga nisbatan 150–200 barobar yuqori, 1–butennikiga nisbatan esa taxminan 300 barobar ko‘p.
Jarayonning 40–45% li H2SO4 qo‘llangandagi modifikatsiyasi yuqoriroq selektivlikka ega bo‘lib, polimerlarning kamroq hosil bo‘lishiga olib keladi. Bunda izobutilen gidratlanib uchlamchi–butil spirtiga aylanadi va rektifikatsiya orqali ajratib olinib, so‘ng boshqa apparatda suvsizlantiriladi.
uchlamchi–butil spirt
Sanoatda izobutilenni ajratib olishning boshqa usuli ham qo‘llanilib, u NSl bilan (metall xloridi ishtirokida) o‘zaro ta’siriga asoslangan.
Uchlamchi–butilxlorid va uchlamchi–butil spirti aralashmasi hosil bo‘ladi, ular ajratiladi va 85–1200S gacha isitilib, toza izobutilen ajratib olinadi:
Izobutilenni iqtisodiy eng yaxshi ajratib olish usuli–butilenni seolitlardagi adsorbsiyasidir. Ushbu usul orqali olingan izobutilen 99,9% tozalikka va konversiya darajasi 99% (hajmiy) dan ortiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |