Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта масус таълим вазирлиги


Alkenlarning kimyoviy xossalari



Download 3,49 Mb.
bet89/192
Sana19.03.2022
Hajmi3,49 Mb.
#501063
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   192
Bog'liq
Нефть ва газ кимёси мажмуа

5.2. Alkenlarning kimyoviy xossalari


Alkenlar reaksiyaga o‘ta qobiliyatli birikmalardir. Quyida ularning eng zarur reaksiyalarini ko‘rib o‘tamiz.


5.2.1. Vodorodni biriktirib olish

O‘ta maydalangan platina yoki palladiy ishtirokida xona haroratida vodorod alkenlarga birikadi. Reaksiya analitik ahamiyatga ega. Ushbu sharoitlarda aren uglevodorodlar gidrirlanmaydilar. Shunday qilib, alkenlarning miqdorini ushbu yo‘l bilan aniqlash mumkin. Masalan, kreking benzinlarida.
Alkenlarning simob (II) atsetati va oltingugurt (I) xlorid S2Cl2 bilan reaksiyalari ham analitik ahamiyatga ega.
A) Simob atsetatining birikishi:
Hg(OOCCH3)2

Ushbu usul bo‘yicha alkenlarni boshqa uglevodorodlardan ajratish va ularni toza holda ajratib olish mumkin.


Б ) S2Cl2 ni biriktirish:
Ushbu reaksiya ham alkenlarni neft mahsulotlaridan miqdoran ajratib olishga xizmat qiladi.


5.2.2. Alkenlarni oksidlash va ozonlash

Ushbu reaksiyalar olefinlardagi qo‘shbog‘ning o‘rnini hosil bo‘layotgan mahsulotlar tarkibi bo‘yicha belgilashga yordam beradi.



Bundan tashqari oksidlash reaksiyalari etilen oksidi, atsetaldegid va akrolein olishda amaliy ahamiyatga egadir.

СН2 = СН – СН3  СН2 = СНСНО


Propilen Akrolein
Propilen va ammiak aralashmasi oksidlanganda (oksidlab ammonoliz qilish) akrilonitril hosil bo‘ladi va u sintetik kauchuk va kimyoviy tola olishda zarur monomer hisoblanadi.

Akrilonitril
Alkenlarni qayta ishlash sanoat jarayonlaridan polimerizatsiya, degidrirlash, xlorlash va gidro – xlorlash, gidratatsiya, alkillash, oksosintezlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. С6 – С15 alkenlarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish hamda yuqori oktan sonli benzin komponentlarini olishda quyi molekulyar oligomerlar (dimerlar, trimerlar, tetramerlar) alkenlarni polimerlab olinadi:



Alkenlarni yuqori molekulyar polimerlargacha polimerlash qimmatbaho polimer materiallari – polietilen, polipropilen va poliizobutilenlarni beradi:




Butilen va izoamilenlarni degidrirlaganda 1,3–butadiyen va izoprenlar hosil bo‘lib, kauchuklar sintezida ular asosiy monomerlardir.

Etilen va propilenlarni xlorlash va gidroxlorlash ayrim erituvchi va oraliq mahsulotlarni olishda ahamiyatli usullardir:

Nordon katalizatorlar ishtirokida alkenlarni gidratatsiyasi spirtlarning hosil bo‘lishiga olib keladi:



Alkenlarni tarmoqlangan alkanlar bilan alkillaganda yuqori oktanli motor yoqilg‘isi hosil bo‘ladi:

Monotsiklik arenlarni alkenlar bilan alkillaganda alkilbenzollar hosil bo‘ladi:
Alkilbenzollar asosiy organik sintez sanoatini qimmatli xom ashyosidir.
Yuqori alkenlarga sulfat kislota biriktirilganda (sulfurlash reaksiyasi) H2SO4 ning nordon efirlari hosil bo‘ladi va ushbu alkilsulfatlar sintetik yuvish vositalarini olishda qo‘llaniladi.



Kobalt katalizatori ishtirokida alkenlarni uglerod oksidi va vodorod bilan reaksiyasi (oksosintez) aldegidlar ishlab chiqarishda katta axamiyatga egadir:


R – СН = СН2 + СО + Н2  RСН2СН2СНО
Aldegidlarning keyingi bosqichda qaytarilishi natijasida mos ravishda birlamchi spirtlarni olish imkoniyatini beradi.

Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish