3. NEFTNING PAYDO BO’LISHI TO’G'RISIDAGI GIPOTEZALAR
3.1. Neftning minerallardan hosil bo’lishi haqidagi gipoteza
Bu gipoteza bo’yicha tarkibiy qismini tashkil qiluvchi azot, oltingugurt, kislorodli uglevodorodlar oddiy moddalardan C, H2, HN3, H2S, SO2, CH4, suv va radikallardan yuqori haroratlarda yerning chuqur qatlamlaridagi minerallar bilan reaksiyaga kirishib, neftning komponentlarini hosil qiladi.
1877-y. D.I.Mendeleyev taxmini bo’yicha, uglevodorodlarning hosil bo’lish sabablaridan biri, metall karbidlarni suv bilan reaksiyaga kirishish natijasidir.
2FeC + 3H2O + Fe2O3 + C2H6 yoki umumiy holda
MeCm + mH2O = MeOm + CmH2m+2 yoki (CH2)m
Hosil bo’lgan gazsimon uglevodorodlar yerning yuqori qatlamlarida kondensatsiyalanib, yerning g'ovak bo’shliqlaridan joy oladi.
2.2. Neftning kosmik paydo bo’lishi haqidagi gipoteza
1892-yil P.A. Sokolov neftning kosmik paydo bo’lishi jarayoni (oddiy elementlardan) yerning vujudga kelishi paytida bo’lgan. Uning taxmini bo’yicha hosil bo’lgan uglevodorodlar gaz holida bo’lib, yerning asta-sekin sovishi natijasida uning sovigan qatlamlari tomonidan yutilgan, keyinchalik sovigan magmatik jinslardan ajralib, yerning yuqori qatlamlariga ko’tarilib, konlar hosil bo’lgan. Bu gipotezaning paydo bo’lishiga sabab kometalar dumi tarkibida uglerod va vodorodning borligidir.
2.3. Neftning organik moddalardan hosil bo’lganligi to’g’risidagi gipoteza
XX asr boshlarida neft hosil bo’lishining organik gipotezasi rivojlantirildi va cho’kindi jinslardagi sapropel (organik balchiq) bilan neft uzviy aloqada deb topildi. Bu gipotezaga ko’pa, neft ko’l va dengiz ostida cho’kindi jinslar bilan birga cho’kkan har xil yiрik hayvonlar (o’ad. ixtiozavрlar, kitlar va kashalotlar)dan tortib planktonlargacha bo’lgan jonivoрlar va o’simlik qoldio’laridan xosil bo’lgan. Dengiz va ko’l tubida yig'ilgan organik moddaning bir qismi dengiz jonivoрlariga oziq bo’lsa, bir qismi suvda eрigan kislorod biln oksidlanib yo’kolgan va organik moddaning juda oz (2-3% gacha) miqdori dengiz tubida loyqaga aрalashib, unga qoрamtiр tus beрgan. Loyqa ichida organik modda kislorodsiz muxitda anaeрob bakteрiyalar ta’sirida o’zgargan. Chqkindi jinslar tarkibidagi sapropelining bir necha mln. yillar davomida o’zgarib neft xosil bo’lishi laboratoрiya sinovlarida amaliy jihatdan o’rganilgan. Bunda yer po’stining 1200-1500 m chuqurligidagi organik moddalarning muрakkab molekulalari parchalanib, gazsimon, suyuq va qattiq uglevodorodlar ajralib chiqishi mumkin. Undan xam chuqurroq (3000-4000 m) da jarayon yanada tezlashib neft xosil bo’lishining bosh vazifasini vujudga keltirgan va uglevodorodlar maksimal mio’doрda ajralib chiqo’an.
Do'stlaringiz bilan baham: |