Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта масус таълим вазирлиги



Download 3,49 Mb.
bet114/192
Sana19.03.2022
Hajmi3,49 Mb.
#501063
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   192
Bog'liq
Нефть ва газ кимёси мажмуа

Amaliy mashg‘ulot № 16
Suyuqlik ekstraksiyasi.

Neftni qayta ishlashda suyuqlik ekstaksiyasidan masalan, dizel yoqilg‘ilari va yoqilg‘i fraksiyalar distillyatini tozalashda neft qoldiqlarini deasfaltlash qurilmalarida, aromatik uglevodorodlarni olishda va boshqalarda ishlatiladi.


Suyuqlik ekstaksiyasi deb – suyuq xom-ashyo F dan komponentlarni olish jarayoni tushuniladi. Bunda bu komponentlar selektiv qayta ishlash, ya’ni tanlab harakatlanuvchi S aralashmasi yordamida olinadi.
Bunda 2 teng muvozanatli suyuq fazalar hosil bo‘ladi: 1) L faza - СL aralashmaning asosiy massasidan va E ekstraktni, ya’ni xom-ashyodan ajratib olingan eritmadan tashkil topgan; 2) G faza – aralashma СG ning kamroq qismidan va R, rafinat, ya’ni xom-ashyoning ekstraktlanmagan qismidan tashkil topgan.
Suyuqlik ekstraksiyasini qonuniyatini nisbatan oson bo‘lgan misolda ko‘rib chiqamiz: A va V komponentlaridan iborat bo‘lgan suyuq gomogen xom-ashyo F – С ekstragenti bilan qayta ishlanadi. Bunda jarayon harorati t da В komponent istalgan proporsiyada eriydi. A komponent esa kamroq eriydi.
Bu holda G, rafinati va L ekstrakt fazasi hosil bo‘lishida barcha 3 A, В va S komponentlar ishlatiladi, lekin turli proporsiyalarda.
L fazasida V komponentni konsentratsiyasi G fazaga nisbatan yuqori bo‘ladi, shuning uchun bundan komponentini ajratib olinadigan yoki taqsimlanadigan komponent deb ataymiz.
3 komponentli sistemalar bilan bog‘liq hisoblarni uchburchakli diagramma yordamida o‘tkazish qulay.


Uchburchakli diagramma.

Uchburchakli diagramma – tomonlari teng bo‘lgan uchburchakdir. Uning A, V va S cho‘qqilari toza komponentga mos keladi. Uchburchak tomonida joylashgan istalgan nuqta 2 komponentli sistemani tasvirlaydi.


Masalan: F nuqtasi A va V komponentlari binar aralashmasini bildiradi. M nuqta V va S komponentlari aralashmasi, D. A va S aralashmalarini bildiradi.
Uchburchak ichida joylashgan N nuqta A V va S qorishmalariga mosdir.
A V va S komponentlarini 3 tali aralashmadagi konsentratsiyasini a, v va s orqali belgilaymiz, ya’ni

V komponentni nisbiy konsentratsiyasining A+V komponentlariga munosabati sistemada S komponentning bor yoki yo‘qligiga qaramay x deb belgilaymiz.
Unda

A V va S kattaliklari ifodasida aralashmadagi komponentlar miqdori (massasi, hajmi yoki kilomoli) ko‘rsatiladi.
1 rasmda N nuqtasi orqali 3 komponentli sistemada, uchburchak tomonlariga parallel to‘g‘ri chiziq o‘tkazilgan.
Bunda uchburchakning har bir tomoni 1 uzunlikda 3 ta kesma a v va s hosil bo‘ladi. Ular quyidagi shartga javob beradi:


1 rasm. Uchburchakli diagrammada turli sistemalar tasviri.
F— A va V komponentlari binar aralashmasi;
N— V va S aralashma;
D – A va G aralashma;
N – 3 komponentli aralashma.
2 rasm. Uch komponentli sistema tarkibini hisoblash usuli.

3 rasm. Har bir komponent konsenratsiyasi sanog‘i uchun mustaqil shkalalardan foydalanish.
4 rasm. Uchburchakli diagrammaning asosiy xususiyatlari tasviri.
Agar 1 ni birlik deb yoki (100%) deb hisoblasak, a, v, s kesmalari A, V, S komponentlarining N sistemasidagi konsentratsiyasi ulushiga javob beradi.
Ishning qulayligi uchun uchburchakning har bir tomoniga 100 bo‘lmali shkala chizadilar va bu shkalalardan har birini konsenratsiyasi (% da) sanog‘i uchun (faqatgina 1 komponentni) ishlatadiganlar.
N1 va N2 sistemalarning aralashuvidan yangi N sistemasi hosil bo‘lsa ham mayli. (4 rasm.)
Oqimlar bo‘yicha butun va A, V komponentlari bo‘yicha material balanslar aralashuvining tenglamasini tuzamiz:

S komponenti bo‘yicha balansni yozmaymiz, chunki bu nuqtaning 3 komponentli sistemasida joylashuvi diagrammada istalgan 2 komponentlar konsenratsiyasi bilan aniqlanadi.
Sistemaning tenglamasini birgalikda yechimi quyidagi munosabatga olib keladi:

U uchburchakli diagrammaning asosiy xususiyatini ko‘rsatadi: N1, N va N2 nuqtalar bir to‘g‘ri chiziqda yotadilar. N nuqta N1 N2 kesmalarni ikki qismga bo‘ladi (N1 va N2 boshlang‘ich sistemalari miqdoriga teskari proporsional holda).
Mutanosibliklar shuni ko‘rsatadiki, N1 N2 va N nuqtalariga ma’lum bo‘lgan “richag usul”ni qo‘llash mumkin, agarda tasvirlanayotgan N1 va N2 boshlang‘ich miqdori vektorlari uchun bitta yo‘nalish qabul qilsak. N sistemadagi vektor uchun esa teskari yo‘nalishda bo‘ladi.
1 misol. 5 rasmda muvozanat egri chizig‘i va yordamchi bL = f(bG) egri chizig‘i keltirilgan. Bir marotabalik ekstraksiya jarayonini quyidagi boshlang‘ich ma’lumotlardan kelib chiqqan holda hisoblaymiz:
Xom-ashyo sarfi F = 10000 kg/soat. Xom-ashyodagi V komponentni konsenratsiyasi хF = 52 % (massa) N nuqta sistemada aralashma konsenratsiyasiga mos СN = 35 %.

Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish