Deyteromitsetlar sistemasini tuzish uchta yopnalishda olib borilmoqda, bular – sporologik, funktsional va ontogenetik yopnalishlardir.
1. Sporologik yopnalish. Sakkardo, Lindau va b., deyteromitsetlarni, ularning tabiiy belgilarini aks ettirmaydigan, sporalarining tashqi koprinishiga qarab klassifikatsion guruhlarga boplishdi. Bu sistemani ishlatish oson. Morfologiyasiga kopra konidiyalar allantospora, amerospora, didimospora, fragmospora, diktiospora, skolekospora, gelikospora va stavrosporalarga boplindi (.. rasm). Mitseliy va konidiyalari topq rangli (pigmentli) turlar Dematiaceae, gialin (rangsiz) yoki och rangli turlar Mucedinaceae, konidioforalari pustulalarda (sporodoxiylarda) joylashgan turlar Tuberculariaceae va tik joylashgan dastalarda (koremiyalarda) rivojlanadigan turlar Stilbellaceae oilalariga kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |