Organik kislotalar
Mitselial zamburug’larning juda kuchli agressiv metabolitlari organik kislotalardir. Ular organik va anorganik sanoat materiallarida, jumladan metallarda ham, tez rivojlanadigan va substrat ichkarisiga chuqur tarqaladigan destruktsiya qopzg’atadi. Mog’or zamburug’lar kulgpturalaridan 40 tadan ortiq organik kislotalar ajratilgan. penicillium turlari asosan limon va glyukon, Aspergillus spp. – limon, glyukon va shovul, Mucor spp. – qahrabo, fumar va shovul kislotalarini sintez qiladi. Mahlum bir sharoitda zamburug’lar opzlashtirgan qandlarning 90-100 foizini limon kislotasi hosil qilish uchun sarflagani aniqlangan (V.S. Butkevich). Odatda ayni bir turga mansub zamburug’ bir qancha bir-biriga yaqin boplgan organik kislotalar hosil qila oladi. Sintez qilinadigan kislota miqdoriga asoslanib zamburug’larni uch guruhga ajratish mumkin: 1) muhitga organik kislotalarning nisbatan katta miqdorini ajratuvchi turlar (p. chrysogenum, A. niger, A. oryzae); 2) kislotalarning uncha kopp boplmagan miqdorlarini ajratuvchi turlar (zamburug’larning koppchiligi); 3) muhitga kislotalarni judayam oz miqdorda ajratuvchi turlar (Mucor sp., Alternaria alternata). Mog’or zamburug’lari kopp hollarda va katta miqdorlarda hosil qiladigan kislotalar limon, glyukon, shovul, sut, fumar, qahrabo va olma kislotalaridir.
Limon kislotasi. Formula. (M = 192,13; Terish = 153oS – karbonsuvlarning topla boplmagan oksidlanishi mahsulotidir). Limon kislotasi sintezining asosiy yopli – trikarbon kislotalar tsiklida (TKTS) shovulsirka kislotasining atsetil-koenzim vositasida kondensatsiya qilinishidir. TKTS da ayni vaqtda hosil bopladigan va ular ham 4 karbon atomiga ega boplgan qahrabo, fumar va olma kislotalari ham SHSK orqali limon kislotasiga aylanishi mumkin. Limon kislotasi sintezi uchun eng qulay karbon manbai qandlardir. Limon kislotasini topplash karbon manbai bitgunicha davom etadi, sopngra zamburug’ topplangan kislotani parchalashi mumkin. Zamburug’lar hayot kechirishi uchun lozim bopladigan mikroelementlar (Zn, Mn va b.) bahzi turlarda limon kislotasi sintezini kuchaytirishi, boshqalarida esa kamaytirishi mumkin. Dezaminlash jarayonida karbon manbai sifatida opzlashtirilishi uchun, barcha aminokislotalar limon kislotasi sintezini kuchaytiradi. Limon kislotasining eng yaxshi produtsenti boplgan Aspergillus niger shu kislotani sanoatda ishlab chiqarish uchun qopllaniladi. Limon kislotasining ancha katta miqdorlarini Aspergillus glaucus, A. clavatus, A. fumaricus, A. awamori, A. aureus, penicillium glaucum, p. arenarium turlari ham sintez qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |