Liazalar sinfiga mansub fermentlar moddalar qopsh aloqalar hosil qilishi (yoki guruhlar qopsh aloqa joylaridan birikishi) bilan tugallanuvchi nogidrolitik parchalashni kataliz qiladi. Bunda –S–S, –S–O, –S–N– aloqalari uziladi va suv, SO2, ammiak va boshqa guruhlar uzib olinadi. Bu guruh fermentlari yuqori darajada spetsifik va substratga nisbatan kuchli tanlab olish xususiyatiga ega. SHunday boplsa ham, ularning faoliyati moddalarni parchalashga qaratilgani ular sintetik materiallarni yemirishda ishtirok etishini faraz qilishga asos bopla oladi. Masalan, tarkibida galoid boplgan materiallar parchalanishi “karbon – galoid – liaza” (LF 4.5) kenja sinfi fermentlari ishtirokida optadi. Mog’or zamburug’lari va bakteriyalar fermentlarining agressiv faoliyati, birinchi navbatda shu fermentlar faolligiga bog’liq. Opz navbatida, fermentlar faolligi kuchli darajada harorat, muhit reaktsiyasi va boshqa atrof-muhit sharoitlariga bog’liq.
Har qanday kimyoviy reaktsiya tezligi harorat oshganida tezlashadi (harorat 10oS ga koptarilganda taxminan 2 marta). Fermentativ reaktsiyalar bu qonuniyatga faqat harorat 40-50oS ga yetgunicha bopysunadi. Kimyoviy tuzilishi oqsil boplgani uchun, 45oS dan yuqori haroratgacha qizdirilgan fermentlar denaturatsiyaga uchraydi, molekulasining strukturasi opzgaradi, natijada ularning katalitik faolligi kamayadi. 100oS da barcha fermentlar faolligini butunlay yopqotadi. Fermentlarning koppchiligi uchun optimal harorat 35-50oS. Masalan, Aspergillus awamori ning lipazalari uchun 37oS, nordon proteinazalari uchun 50oS, Actinomyces rimosus ning proteolitik fermentlari kompleksi uchun 40-45oS. SHu bilan birga bahzi, odatda yuqori harorat sharoitida yashovchi bakteriyalar (termofillar) ning fermentlari g’ayrioddiy yuqori termobarqarorlikka ega. Ularning bahzilari 90-100oS da bir soat qizdirilgandan sopng hayotchanligini 80-90% ga saqlab qola oladi. past haroratda (0oS va pastroq) fermentlar odatda denaturatsiyaga uchramaydi va parchalanmaydi, ammo faolligi nolgacha pasayadi. Fermentlar termobarqarorligiga muhit reaktsiyasi va substrat kontsentratsiyasi kuchli tahsir qiladi.
Fermentativ faollikning muhitdagi rN ga bog’liqligi ham bir chopqqili egri chiziq bilan ifodalanadi, bunda kopp fermentlarning maksimal faolligi sal nordon muhitda (rN 6,0-6,9) kuzatiladi. Ammo umuman rN optimum koprsatkichlarining tebranishi kopp hollarda ancha keng ( 2 dan 10 gacha). Ayni shu sababdan fermentlarni “nordon”, “ishqor” va “neytral” fosfatazalar, proteinazalar va hokazo guruhlariga boplishadi. Mog’or zamburug’lari peroksidazalarining rN optimumi 5,0-6,3; tsellyulolitik va gemitsellyulolitik fermentlariniki Aspergillus terreus uchun rN 6,5-7,0, Actinomyces diastaticus uchun esa rN 4,5-5,5. Ammo bahzi zamburug’lar tsellyulozani ancha nordon muhitda ham parchalay oladi. Misol uchun, Fusarium oxysporum va Trichoderma koningi tsellyulozada rN 1,8-2,0 boplganida ham opsishni davom ettiradi. A. niger zamburug’ining lipaza fermenti uchun optimal rN 5,6. Mog’or zamburug’larining “nordon fosfatazalari” rN 4,0-4,5 da, “ishqorli fosfatazalari” esa rN 8,0-8,5 diapazonida faol. Har xil qora tusli aspergillarning (A. awamori, A. saitoi, A. usamii) asosiy proteolitik fermenti “nordon proteinaza” dir. Bu fermentning katta miqdorlarini Rhizopus va penicillium turkumlarining turlari ham sintez qiladi, ayni paytda oddiy sharoitda opsgan Aspergillus oryzae faol “ishqorli proteinaza” hosil qiladi. Karbonsuvga boy (demak, rN ni pasaytiruvchi) muhitda ayni shu zamburug’ asosan “nordon proteinaza” sintez qiladi.
Zamburug’ mitseliysida fermentlar sintez qilinishiga ozuqa muhitidagi azot va karbon manbaalari, mikroelementlar va boshqa mineral tuzlar mavjudligi, kislorod bilan tahminlanish darajasi va boshqa faktorlar ham tahsir qiladi. Masalan, A. awamori turining yaxshi opsishini K+, Na+ va NH4+ nitratlari tahminlaydi, ammo ular nordon proteinaza sinteziga salbiy tahsir koprsatadi. Bu ferment hosil boplishiga (va zamburug’ biomassasi yaxshi opsishiga) azot tuzlaridan NH4Cl eng qulay sharoit tug’diradi. Ammo bu zamburug’ning nordon proteinaza biosintezi uchun organik birikmalar (kazein, pepton, aminokislotalar aralashmasi) optimal azot manbaidir. Zamburug’ kulgptural suyuqligi aeratsiyasi tartibini opzgartirish vositasida proteinaza sintezi tezligini 4 martagacha oshirish yoki kamaytirish mumkin. Xabarga kopra, hujayra tashqarisiga chiqariladigan proteinazalar sintezini boshqarish uchun Aspergillus turkumi namoyandalarida bevosita adaptatsiya mexanizmi mavjud (Egorov i dr., 1982). Muhitda N, p va S ning opzlashtirilishi qulay manbaalari mavjudligida ekzoproteinazalar sintezi kamayadi. Bu elementlardan birortasining miqdori juda oz darajagacha kamaysa va zamburug’ opsishini kamaytirsa, proteinazalar sintezi qayta tiklanadi va muhitda ushbu substratlardan birining tanqisligi yopqolgunicha davom etadi.
Ozuqa muhitiga natriy nitrat oprniga ammoniy fosfat qopshganda A. awamori zamburug’i lipaza fermenti sintezini 50% ga koppaytiradi. Bu ferment hosil boplishini karbonsuvlar (kraxmal, glyukoza) juda kamaytiradi, muhitda lipidlar mavjudligi esa kuchaytiradi. Ayniqsa muhitda solod tarkibidagi opstiruvchi moddalar mavjudligida lipaza sintezi keskin faollashadi.
Og’ir metallar (qoprg’oshin, kumush, simob va b.) kationlari 10-3 – 10-5 kontsentratsiyalarida deyarli barcha fermentlar faoliyatini topxtatadi, koprsatilgan kontsentratsiyalardagi kaliy, ammoniy va magniy tuzlari esa ularning koppchiligini faollashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |