BOZOR SHAROIТIDA QAROR QABUL QILISH
O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiga o‘tish davrida hozirgi zamon tahlil usullarini qo‘llashning zarurligi
O„zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiga o„tish davrida hozirgi zamon tahlil usullarini qo„llashning zarurligi ortib bormoqda.
O„zbekiston bozor iqtisodining shakllanishi xo„jalik hisobini tijorat bilan almashtirishni taqozo etadi. Хo„jalik yuritish ob‟ektlarining bozor iqtisodidagi faoliyati uchun javobgarligi va raqobatning mavjudligi natija va xarajatlarni taqqoslash, jami xo„jalik jarayonlarini hodisa va ko„rsatkichlarni tahlil qilish zarurligini belgilaydi. Shuning uchun yangi tahlil usullarini o„rganish va tatbiq etish muhim ahamiyatga ega.
Matematik usullarni keng qo„llash iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning muhim yo„nalishi bo„lib firma, korxona va uning bo„limlarini tahlil qilish samarasini oshiradi. Bu esa tahlil muddatini qisqartirish, barcha omillarni hisobga olish, xatosiz hisob-kitoblar yuritish imkonini yaratadi. Bundan tashqari bu usullar bir necha mezonlar bo„yicha optimal qarorlar (yechimlar) topishni mumkin etadi.
Jumladan, ishlab chiqaruvchilarning xatti-harakati modeli foydani maksimallashtirishga asoslangan. Bunday mezon universal hisoblanmaydi. Joriy foydani maksimallashtirish korxona istiqbolini belgilash bilan bog„liq. Hozirgi murakkab davrda asosiy vazifa - korxonani ishlab chiqarish yacheykasi sifatida saqlab qolish bo„lganligi tufayli foydani maksimallashtirish mezoni hisoblanmaydi, balki xarajatlarni minimallashtirish mezoni ma‟qul bo„ladi.
Keyingi paragrafda korxona (firma) ekstremal sharoitda ishlamayapti deb faraz qilamiz va barqarorlik sharoitida korxona foydani oshirishni ko„zlaydi yoki mahsulot miqdorini maksimallashtiradi.
Firmaning ishlab chiqarish faoliyatini optimallashtirish modeli
Ishlab chiqarish firmasi bir xil yoki doimiy strukturadagi bir necha xil mahsulot ishlab chiqarmoqda deb faraz qilamiz. Unda firmaning tovar mahsuloti Х deb qabul qilinadi.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun firma jonli mehnat L (yillik ishchilar soni yoki odam-soatlar miqdori) vositalari K (asosiy ishlab chiqarish fondlari) va buyumlashgan mehnat va mehnat buyumlari M (ishlatiladigan yillik yoqilg„i, xom- ashyo, materiallar, jihozlar va hokazo).
Har bir agregatlashgan resurs turlari (mehnat, fondlar va materiallar) bir necha xillarga ajraladi (har xil toifadagi mehnat, turli uskunalar). Vektor-ustun x=(x1,...,xn) bilan resurslar sarfini belgilaymiz. Unda firmaning texnologiyasi resurslar sarfi va mahsulot miqdorining bog„liqligini ifodalovchi ishlab chiqarish funksiyasi bilan tasvirlanadi:
X = F (x) (14.1)
F (x) ikki marta differensialini topish mumkin bo„lgan uzluksiz, neoklassik funksiya deb qabul qilinadi va uning ikkinchi hosilasi matritsasi manfiy.
Agar mahsulot bahosi r va j resurs birligining bahosi -w=1,...n, bo„lsa xarajatlar vektori quyidagicha yoziladi va foyda topiladi.
P(x) = p F(x) - wx (14.2)
bunda: w = (w1, w2, ..., wn) - resurslar bahosi vektor-qatori.
Resurslar bahosi tabiiy va aniq mazmunga ega agar xj - muayyan malakadagi ishchilarning o„rtacha yillik soni, va wj - bir kishiga to„g„ri keladigan yillik ish haqi; agar xj - sotib olingan materiallar (yoqilg„i energiya va h.k.), unda wj - ushbu materialning sotib olish bahosi. Agar xj -ishlab chiqarish fondlari, unda wj - fondlarning yillik arenda summasi yoki fondlarni ta‟mirlash xarajati.
Bunda R=pX=pF(x) - firmaning yillik mahsuloti yoki yillik daromadi C=wx
- ishlab chiqarish xarajatlari yoki resurslarning yillik sarfi.
Jalb etiladigan resurslar hajmiga boshqa omillar ta‟sir etmasa, foydani
maksimallashtirish quyidagicha yoziladi:
maxpF(x ) wx
x 0
(14.3)
Bir chiziqsiz masala bo„lib, n ta manfiy bo„lmagan yechimlarga ega: x0, masalani yechish uchun Kun-Тakker sharti qo„llaniladi:
П pF w 0
x x
(14.4)
П F
x x p x
w x 0
Agar optimal yechimda resurslar ishlatilsa x*>0, unda (14.4) shart quyidagicha yoziladi:
yoki
F(x *)
p x w
(14.5)
p
F( x *)
x j
wj ,
j 1,2, . . . , n
optimal nuqtada resurs birligiga to„g„ri keladigan pirovard mahsulot bahoga teng bo„ladi.
v) Ishlab chiqarish xarajatlari o„zgarmagan holda mahsulot miqdorini maksimallashtirish quyidagicha yoziladi:
max F( x )
wx C,
x 0 (14.6)
Bu masala chiziqsiz dasturlashning bir chiziqli chekligi bor o„zgaruvchilar masalasidir. Nazariyaga amal qilgan holda Lagranjning funksiyasini tuzamiz:
L( x, ) F( x ) ( C wx )
Keyinchalik o„zgaruvchilar manfiy bo„lmagan holda maksimal qiymatni topamiz. Buning uchun Kun-Тakker shartini bajaramiz.
F w 0
x
F
x w x 0
(14.7)
x 0
Ko„rinishicha (7) shart (4) shart bilan mos keladi. Agar
= 1/p
Do'stlaringiz bilan baham: |