Ekonometrik tenglamalar tizimi va ularning turlari
Omillararo bog„lanishni faqatgina bitta ishlab chiqarish funksiyasi orqali qarab chiqmasdan, ularni ekonometrik tenglamalar tizimi yordamida tahlil etish mumkin.
Ekonometrik tenglamalar tizimi uch xilga bo„linadi:
tizimga bir biri bilan bog„lanmagan tenglamalar kiradi. Har biri alohida yechilib, umumiy iqtisodiy-matematik modelni bir qismi bo„lib koladi;
tizimga bir biri bilan bog„langan statistik xususiyatga ega bo„lgan tenlamalar kiradi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotga bir nechta omillar, ya‟ni ishchilar soni va asosiy fondlar o„z ta‟sir kuchini ko„rsatadilar. Uz navbatida, ishchilar soni aholi soni bilan va asosiy fondlar miqdori kapital quyilmalar bilan bog„langan. Buni natijasida ekonometrik tenglamalar tizimi quyidagi ko„rinishda yezilishi mumkin:
Y = f (OPF,PPP) PPP = f (L)
OPF = f (KK),
bu yerda Y - asosiy ko„rsatkich, RRR - ishchilar soni, OPF - asosiy fondlar hajmi, L - aholi soni, KK - kapital quyilmalar.
v) tizimga dinamik xususiyatga ega bo„lgan tenglamalar kiradi. Bu tizimga kiradigan tenglamalar faqat har biri vaqt davrida bog„lanishi borligini aniqlamasdan, ilgari bo„lgan omillararo bog„lanishini borligini ham tahlil qilish mumkin (t-1).
Masalan, bir jarayon tahlil etish uchun va uni asosiy ko„rsatkichlarni prognoz davriga hisoblash uchun berilgan ma‟lumotlar asosida, ya‟ni yalpi mahsulot (VAL), ishchilar soni (RRR), asosiy fondlar (OPF), ish xaqi fondi (ZAR), kapital qo„yilmalar (KV), har yili ishga kirgizadigan asosiy fondlar (OWF) kabi ko„rsatgichlarni tenglamalar tizimi orqali yezib chiqamiz:
VAL = f(OPF,PPP) (12.20)
PPP = f(VAL,ZAR) (12.21)
ZAR = f(VAL,KV) (12.22)
OWF = f(KV,OPF) (12.23)
OPF = f(OPF(-1),KV) (12.24)
KV = f(FN) (12.25)
FN = f(ND) (12.26)
Yukorida keltirilgan tenglamalar tizimi bir biri bilan bog„lanib, ketma-ket hisoblanadi, ya‟ni (12.26) tenglama yechilib, uni natijalari omil sifatida (12.25) tenglamaga kapital quyilmalar hisoblash uchun ishlatiladi. Uz vaqtida (12.25) tenglamani natijalari (12.24) tenglamani yechish uchun ishlatiladi.
Bu ekonometrik tenglamar tizimida prognoz vaqtiga bir ko„rsatkich aniqlanib, uni natijasi orqali kolgan asosiy ko„rsatkichlarni aniqlash mumkin. Model iqtisodiyetga mos bo„lgan yulanishlarni, bog„lanishlarni aks etirish kerak.
Iqtisodiy o„sishni natijaviy ko„rsatkichi - bu milliy daromadni dinamikasi. Ishlab chiqarish jarayoniga va iqtisodiy o„sishga o„z ta‟sirini ko„rsatadigan asosiy omillarga ishchilar soni, ishlab chiqarish fondlar, tabiat resurslar kiradi. Sozlangan milliy daromad yoki pirovard mahsulot iste‟mol fondi va jamg„arish fondidan iborat.
Ular o„z navbatida ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan resurslar uchun ishlatiladilar. Iqtisodiy o„sishni mantiqiy modeli makroiqtisodiy jarayonda
Y=f(X1, Х2, Х3),
bu yerda Y -milliy daromad yoki pirovard mahsulot;
X1, Х2, Х3 - ishchilar resurslari, ishlab chiqarish fondlar, tabiiy xomashyolar.
Makroiqtisodiy funksiyalar yordamida ishlab chiqarish samaradorligini, xomashyo samaradorligini va ularni almashishini, ilmiy-texnik taraqqiyotni iqtisodiy o„sishiga ta‟sirini va shularga o„xshash ko„rsatkichlarni tahlil etish mumkin. Analitik misollardan tashqari iqtisodiy o„sishni prognoz ko„rsatkichlarni makrotenglamalar yordamida hisoblash mumkin.
Zamonaviy makrodaraja tahlilida Kobba-Duglas tenglamasini ahamiyati katta, chunki uni asosida ishlab chiqarish jarayonida o„z ta‟sirini ko„rsatadigan omillarni tahlil etish mumkin. Bu tenglamani kamchiligi shundaki, omillar orasida ilmiy-texnika taraqqiyotining ko„rsatkichlari, texnika, texnologiya ko„rsatkichlari ko„rsatilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |