Ma’muriy huquq normalari ma’muriy huquqbuzarlik xatti-xarakatlar doirasini belgilab beradi va unday harakatlarni sodir etganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini belgilaydi.
Huquqning boshqa tarmoqlari kabi ma’muriy huquq ham o’z normalarining oddiy arifmetik yig’indisi emas, balki sistema, ya’ni ma’lum qoidalar asosida, bir tartibda belgilangan normalar yig’indisidir.
Shunday qilib, ma’muriy huquq davlat boshqaruv organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ma’muriy huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig’indisidan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |