Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълимвазирлиги мирзо улуғбек номидаги


«O„zbektelekom» AK Jizzax viloyatida Gibrid quyosh-shamol-dizel



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/192
Sana13.05.2022
Hajmi4,25 Mb.
#603391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
Bog'liq
IV qism

«O„zbektelekom» AK Jizzax viloyatida Gibrid quyosh-shamol-dizel 
elektrostansiyasini sinov rejimida ishga tushirdi 
Qishloq va olisdagi tumanlarda elektr aloqa, axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari obyektlarini barqaror energiya bilan ta‘minlash bir tomondan, 
energiyani tejovchi va ekologik toza texnologiyalar, boshqa tomondan, gibrid 
quyosh-shamol-dizel elektrostansiyalarining amal qilishining ishonchliligini 
ta‘minlash bo‗yicha muhim vazifa bo‗lib hisoblanadi. 
Tog‘ hududlarida ularga kelib tushadigan shamol energiyasi miqdoriga 
ko‘ra bir tekis emas, tog‘llarda shamolning o‘rtacha tezligi tog‘larning yopiq 
ichki havzalarida 1,0-1,5 m/s dan baland. Tog‘ning qoya hamda davonlarida ham 
shamol tezligi yuqori bo‘lishi kuzatiladi. Tog‘li tumanlarining katta qismida ular 
2 m/s dan oshmaydi. Balandlikka ko‘tarilgan sayin kelib tushadigan
 
O‟ZBEKISTON SHAMOL RESUSRSLARIDAN ELEKTR ENERGIYASI 
ISHLAB CHIQARISH MASALALARI 
X.T.Nazarov.,
1
S.T.Nishonov.,
2
 Sh.O.Ismoilov.,
3
 I.B.Gulimmatov

1-dots. Geografiya kafedrasi mudri, 2,3,4-magistrant, SamDU,
 
Bugungi kunda dunyoda kuniga millionlab tonna neft, gaz, uran va boshqa 
energiyaning tabiiy manbalari qazib olinyapti. Agar birgina «qora oltin»ning 
paydo bo‗lishi uchun 100 million yil kerakligini hisobga olsak, mavjud resurslar 
XXI asrdayoq tugash ehtimoli juda yuqori. Ammo unutmaslik kerakki, havoni 
ifloslantirishning 80 % dan ko‗prog‗i aynan shu energetika sohasi hissasiga 
to‗g‗ri keladi. Demak, atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar miqdori juda katta. 



Shu bois dunyo hamjamiyati bugun qayta tiklanuvchi energiya manbalariga najot 
ko‗zi bilan qaramoqda. Bunday manbalarga quyosh, shamol, suv resurslari, 
geotermal manbalar, sanoat, maishiy va qishloq xo‗jalik chiqindilaridan 
olinadigan biogazlar kiradi. Ular orasida, ayniqsa, shamol energiyasi eng arzon 
va samaraliligi bilan ajralib turadi.
 
Shamol energetikasi -fan va texnikaning shamol oqimining kinetik 
energiyasidan mexanik, elektr va issiklik energiyasi olishda foydalanish 
usullarini, nazariy asoslarini ishlab chiquvchi va xalq xujaligida shamol 
energiyasidan foydalanish tarmoqlari hamda yo‘llarini belgilovchi sohasi. 
Shamol energiyasidan Quyosh va suv energiyasi bilan birga foydalanish katta 
ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtga kelib, ShESlarning qo'llanilish geografiyasi g'arbiy 
Yevropani deyarli qamrab olmoqda. Bu holga birlamchi sabab, muqobil elektr 
energiyasiga bo'lgan zaruriyatning shiddat bilan o'sib borishi bo'lsa, ikkinchi 
sabab, tabiiy shart-sharoitdir. Zero zamonaviy ShESlar 3-4 m/s dan 25 m/s gacha 
bo'lgan tezlikdagi shamol sharoitida va relefi nisbatan baland bo'lmagan joylarda 
optimal ishlaydi. 
Ba'zi mamlakatlarda shamol energetikasi sohasini maqsadli rivojlantirishga 
yo'naltirilgan tadbirlarga e'tibor qarataylik. 2020 yilga kelib, Germaniya 20 foiz 
elektr energiyasini ShESlar yordamida ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Xalqaro 
Energetika Agentligi (IEA)ning taxminiga ko'ra, 2030 yilga kelib, sayyoramizda 
shamol energetikasiga bo'lgan ehtiyoj 4800 gigavattni tashkil etadi!
Endi shamol energetikasining ba'zi iqtisodiy va ekologik afzalliklari haqida 
to'xtalib o'tsak. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi tannarxining asosiy 
qismini ShESni qurishga sarflangan dastlabki xarajatlar tashkil etadi.
ShES minorasining poydevori (fundamenti) odatda to'laligicha yer ostida 
bo'ladi. Bu hol o'sha joyda bemalol qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirishda 
davom etish imkonini beradi. Shunday qilib, ShESlar uchun ajratilgan yer 
maydonlari ekinlar hosilining salmog'iga deyarli ta'sir qilmaydi; 
Ekspluatasiya davomida ShES amalda hech qanday yoqilg'i talab etmaydi. 
Misol uchun, 1 MVt quvvatli ShES 20 yilda taxminan 29 ming tonna ko'mir yoki 
92 ming barrel neftni tejash imkonini beradi; 
Boshqa energiya ishlab chiqaruvchilardan farqli holda ular zararli 
chiqindilar bilan tevarak-atrofni ifloslantirmaydi. 1 MVt quvvatli bunday ShES 
sayyoramiz atmosferasiga har yili chiqarilayotgan karbonat angidrid (CO2) 
gazini 1800 tonnaga, sulfat oksidi (SO2) gazini 9 tonnaga, azot oksidini 4 
tonnaga qisqartiradi. Global Wind Energy Council tashkilotining hisob-kitoblarga 
asoslanib tarqatgan ma'lumotiga ko'ra, 2050 yilga kelib jahon shamol energetikasi 
atmosferaga chiqarilayotgan CO2 gazining yillik hajmini 1,5 milliard tonnaga 
qisqartirar ekan. ShESlarning yana bir afzallik tomoni shuki, ular muayyan 
sharoitlarda qayta tiklanmaydigan boshqa energiya manbalari bilan raqobatlasha 
oladi;
Eng muhimi, ShES uchun energiya manbai bo'lgan shamol tabiatan bitmas-
tuganmasdir. Zero, mutaxassislarning aniqlashlaricha, shamol energiyasi manbasi 
sayyoramizdagi barcha daryolarda mavjud suv energiyasi (gidroenergiya) 
manbalaridan 100 barobardan ortiqroq marta ko'pdir. Yer sathidan 7-14 kilometr 



balandlikdagi shamol oqimlarining tezligi yer sathidagidan ko'ra 10-15 barobar 
yuqori va bu oqimlarning tezligi yil davomida deyarli o'zgarmaydi.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki jahon shamol energetikasi istiqboliga ishonch 
bilan qarashga umid uyg'otadi. Albatta, barcha sohalar kabi shamol energetikasini 
amaliyotga tadbiq etish bilan bog'liq qator muammolar mavjud. Bu tabiiy hol. 
Zero muammolarsiz hech bir soha shakllanmagan va rivojlanmagan. Birlamchi, 
asosiy muammo bu shamolning beqarorligidir. Bunday beqarorlik shamol 
yo'nalishi va tezligining tez-tez o'zgarishida namoyon bo'ladi. Bu esa ShES 
quvvatining ba'zan salbiy o'zgarishi ehtimolini vujudga keltiradi. Bunday holda 
ShESlarning nisbatan lokal tarmog'ida muayyan quvvatdagi energiya ta'minotini 
uzatish mumkin bo'lmay qoladi. ShES tarmog'ining turg'un va barqaror ishlashini 
ta'minlash maqsadida akkumulyator batareyalaridan foydalaniladi. Ular ShES 
ishlab chiqargan elektr energiyasini to'playdi va bir maromda iste'molga uzatadi. 
Ta'minot uzluksiz davom etishi uchun bu batareyalarni boshqa energiya 
manbalariga bog'lash zarurati mavjud. Bunday manbalar sifatida quyosh 
batareyalaridan foydalanish mumkin.
O‗zbekiston har yili shamoldan 1 trillion kVt/s elektr energiyasi olishi 
mumkin, deb yozadi UzDaily Germaniya kompaniyalari konsorsiumining 
O‗zbekistonning shamol energetikasi salohiyati haqidagi ma‘ruzasiga tayanib. 
Geo-Net kompaniyasining dastlabki taxminlarga ko‗ra, O‗zbekistonning shamol 
energetik manbalari yiliga 520 ming MVt quvvat va 1 milliard megavatt/soat 
elektr energiyasiga ega. Bu esa yiliga jami 1 077 651 GVt/s (1078 TVt/s) 
energiya ishlab chiqarilishiga umid qilish mumkindir.
Bugun shamol va uning qudratli kuchidan inson manfaatlari yo‗lida 
foydalanish ancha ommalashgan. Zamonaviy shamol elektr stantsiyalari 5 m/s. 
dan 25 m/s.gacha bo‗lgan tezlikdagi shamol muhiti, relefi nisbatan baland 
bo‗lmagan joylarda juda samarali ishlaydi.
Xo‗sh, bugun energiya manbalariga talab kuchayotgan bir paytda bizning 
mamlakatimizda 
mazkur tizimni rivojlantirishning istiqbollari qanday? 
Mutaxassislar tomonidan yurtimizda shamol energiyasining yalpi potentsiali 2,2 
million tonna neft ekvivalentiga teng deb baholangan. Ammo bunda alohida 
hududlardagi, jumladan — Ustyurt va Bekobod shamol energiyasi imkoniyati 
to‗la hisobga olinmagan. Qolaversa, bu ko‗rsatkich 5-8 metr balandlikda 
hisoblangan. Aslida esa 25-100 metrda aniqlanishi kerak. Umuman, 
respublikamizda doimiy shamol esib turadigan ochiq hududlarning ko‗pligi bu 
borada umidbaxsh xayollar uyg‗otadi. 
Shamol energiyasidan yoritish, tele va radio, aloqa asboblarini ishlatish, 
suv tortib chiqarish, isitish va boshqa ko‗plab maqsadlarda foydalanish mumkin. 
Mamlakatimizda, xususan, Orolbo‗yi kabi ekologik nochor hududlarda yashovchi 
aholini, shuningdek, elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv ta‘minotidan uzoqda 
joylashgan, ichimlik suvi bilan ta‘minlanmagan, cho‗l, sahro, tog‗ hududlaridagi 
maskanlarni elektr energiyasi, issiqlik va ichimlik suvi bilan ta‘minlashda shamol 
energiyasidan foydalanish yaxshi samara beradi. 
Ko‗rinib turibdiki, shamolning bezavol va ekologik zararsiz kuchidan 
foydalanish ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan katta foyda keltiradi, aholi 
turmushi farovonligiga xizmat qiladi. Vaholanki, mamlakatimizning yuqori 
salohiyatli qayta tiklanadigan energiya manbalaridan to‗liq foydalanilsa, 



atmosfera havosiga chiqariladigan 450 million tonnaga yaqin is gazining (uglerod 
ikki oksidi) bartaraf qilinishiga erishish mumkin. Shunday ekan sohani yanada 
taraqqiy ettirish, bu boradagi izlanishlarni qo‗llab-quvvatlash bugun vaziyatning 
o‗zi taqozo etib turgan masalalardan, desak yanglishmaymiz. 

Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish