Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълимвазирлиги мирзо улуғбек номидаги


TALABA YOSHLARNI HAR TOMONLAMA YETUK VA



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/192
Sana13.05.2022
Hajmi4,25 Mb.
#603391
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   192
Bog'liq
IV qism

TALABA YOSHLARNI HAR TOMONLAMA YETUK VA 
BARKAMOL QILIB TARBIYALASHDA JISMONIY TARBIYA VA 
SPORTNING O‟RNI. 
B.K.Namozov. o‟qituvchi, SamDAQI 
S.Qoraboyev. 201-QXALTE guruhi talabasi, SamDAQI 
 
Sog`lom turmush tarzi deganda har bir jamiyatning asosini belgilab 
beruvchi – insonning jismoniy va ma‘naviy jihatdan zamon talablari asosida 
shakllanganligi tushuniladi. Xalqimizning «Sog‘lom tanda sog‘ aql» - degan 
naqliga amal qilgan holda aytish joizki, eng to`g`ri yo`l – bu yoshlarni jismoniy 
tarbiya va sportga yo`naltirishdir. Ma‘lumki, jismoniy tarbiya va sport har 
tomonlama komil insonni tarbiyalashda muhim vosita hisoblanadi. Jismoniy 
mashqlar bilan muntazam shug`ullanish ish qobiliyatini oshiradi, sog`lom 
turmush tarziga ehtiyojni tarbiyalaydi, bu esa uzoq yillar mustahkam salomatlik 
va ijodiy faollik garovidir. 
Hozirgi vaqtda talabalar salomatligiga katta e‘tibor qaratilmoqda va 
ularning salomatligida kamchiliklar mavjudligi aniqlanmoqda. Bunda ularning 
kam harakatliligi sabab bo`lmoqda. 
Soha mutaxassislarining ta‘kidlashlaricha, kam harakatlilik semizlik, 
diabet, nevroz, yassi tovonlik, qomatning buzilishi kabi kasalliklarning 
rivojlanishiga olib kelar ekan. Shuning uchun jismoniy tarbiya va sport 
pedagogik jarayonning asosi bo`lishi kerak. Zero, talaba yoshlarni jismoniy 
tarbiyalash mazmuni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalashga yordam 
beruvchi, o`zaro bog`liq aniq vazifalarni bajarishga yo`naltirilgan bo`lishi lozim.
Olimlarning aniqlashicha jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullangan 
shaxslar orasida kasalliklarga chalinish darajasi, jinoyatchilikka moillik darajasi 
past bo`ladi. Shu sababli jismoniy tarbiya va sport jinoyatchilikning kamayishida, 
ijobiy-ijtimoiy xulq-atvorni tarbiyalashda hamda kasalliklarni oldini olishdagi 
samarasi bebaxodir.
Ulug‘ mutafakkir Ibn Sinoning ta‘kidlashicha jismoniy mashqlar insonni 
ortiqcha vazndan xalos etadi, tanaga yengillik baxsh etadi, kun bo`yi yig`ilgan 
ortiqcha yukdan xalos etadi. 
O`z navbatida jismoniy tarbiya sog`lomlashtirish mashqlari yordamida 
umummadaniy ijtimoiy vazifalarni hal etish mumkin. Bu vazifalar o`zini 
namoyon etishiga qarab quyidagi guruhlarga ajratiladi: 
-Salomatlik darajasi, jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi va jismoniy 
ahvolning yaxshilanishi; 
-Talaba yoshlarni o`quv va kelgusidagi mehnat faoliyatiga jismoniy 
tayyorlash; 
-Talaba yoshlarning faol hordiq chiqarishi va bo`sh vaqtdan unumli 
foydalanishga bo`lgan ehtiyojini qondirish; 
-Talaba yoshlarning harakat imkoniyatlarini rivojlantirish. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib o‘tkazilgan kuzatuvlar asosida talaba 
yoshlar salomatligini mustahkamlash va asrashga oid quyidagi takliflarni tavsiya 
etamiz: 
1) talaba yoshlarda jismoniy mashg`ulotlarga ehtiyojni faollashtirish; 


231 
2) birinchi kurs talabalarini oliy o`quv yurtida o`qishga ko`nikishini 
tezlatish; 
3) kasalliklar profilaktikasi, tananing tashqi muhit salbiy ta‘siriga 
qarshiligini oshirish; 
4) 
talaba 
yoshlarda 
jismoniy 
mashqlarga, 
muntazam 
mustaqil 
mashg`ulotlarga ongli, turg`un va pozitiv munosabatni shakllantirish. 
Odatda ko`pchilik sport deganda insonning faqat jismoniy kamolotini, 
ya‘ni uning kuch-quvvatga to`lib, sog`lom yurishini tushunadi. Biroq bunday bir 
tomonlama qarash noto‘g‘ridir. Zero, sport insonning jismoniy, ma‘naviy va 
intellektual kamolotga yetishida ham juda katta ahamiyatga ega. Sport bilan 
shug`ullanuvchi odamning jismigina emas, fikru-xayoli, tafakkuri ham 
yangilanadi, sportga xos olijanoblik fazilatlar shakllanib, behuda tashvishlardan 
xalos bo`ladi, faqat yaxshi va ezgu ishlarni o`ylaydi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport 
rivojiga katta e‘tibor berilayotganining yana bir asosiy sababi nafaqat jismoniy, 
balki ma‘naviy jihatdan ham barkamol avlodni voyaga yetkazish zarurati bilan 
izohlanadi. Chunki sport xalqning, millatning g`ururini yuksaltiradi, ma‘naviy 
kuch-qudrat baxsh etadi, qolaversa, butun jamiyatni ana shu g`urur tuyg`usi 
orqali birlashtiradi. Eng muhimi, sport sog`lom turmush tarzining asoslaridan biri 
sifatida yoshlarning o`z imkoniyat va salohiyatini, iqtidorini el-yurti obro`sini 
oshirishga, o`z jismoniy va ma‘naviy kamolotini oshirish yo`lida sarflashga 
safarbar etadi. Negaki, doimiy ravishda sport bilan shug`ullanadigan shaxsning 
jismi ham, ruhi ham tetik bo`ladi, uning butun vujudi uyg`un tarzda kamol 
topadi, oilasi tinch bo`ladi. 

Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish