Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълимвазирлиги мирзо улуғбек номидаги


UZLUKSIZ TA‟LIM TIZIMIDA OMMAVIY SPORT HARAKATINING



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/192
Sana13.05.2022
Hajmi4,25 Mb.
#603391
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   192
Bog'liq
IV qism

UZLUKSIZ TA‟LIM TIZIMIDA OMMAVIY SPORT HARAKATINING 
TASHKILIY VA BOSHQARUV ASOSLARI 
B.K.Namozov. o‟qituvchi, SamDAQI 
M. Abduazizova. 201-QXALTE guruhi talabasi, SamDAQI 
 
Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq vatanimiz ravnaqi va xalqimiz 
farovonligini ta‘minlashning muhim sharti bo‘lgan har tomonlama sog‘lom va 
barkamol avlod tarbiyasiga jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish 
ishlariga kirishildi. Davlatimiz rahbarining sog‘lom avlodni voyaga yetkazish 
haqidagi qarashlarida har tomonlama erkin va mustaqil fikrlaydigan, o‘z kuchi va 
imkoniyatlariga tayanadigan, vatan va xalq manfaati uchun butun borlig‘i bilan 
kurasha oladigan insonlarni tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sport harakatining 
o‘rni va ahamiyati beqiyos ekani o‘z ifodasini topdi. 
Avvalo, o‘quvchi-yoshlarda jismoniy tarbiya va sportga katta ishtiyoq va 
qiziqish uyg‘otib, ularni bu sohaga uzluksiz jalb qila oladigan, milliy ta‘lim tizimi 
doirasida o‘tkaziladigan, yoshlarni sog‘lomlik, komillik va go‘zallik g‘oyalari 
ruhida tarbiyalaydigan ommaviy sport harakatini shakllantirish zarur edi. 
Prezident Islom Karimov boshchilgida ishlab chiqilgan ―Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi‖ga muvofiq ta‘lim modeli asosida, o‘quvchi-yoshlarni jismoniy 
tarbiya va sportga uzluksiz jalb qiladigan, umumta‘lim maktablari, akademik 
litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari hamda oliy talim muassasalari 
talabalarining ―Umid nihollari‖, ―Barkamol avlod‖, ―Universiada‖ ommaviy 
sport musoboqalarini o‘z ichiga olgan uch bosqichli yagona tizim tashkil qilindi 
va amaliyotga joriy etildi. 
Ommaviy sport harakati milliy modeli quyidagi tamoyillarga asoslandi: 
-aholining barcha qatlamlarini kundalik sport harakatiga jalb etib, sog‘lom 
turmush tarzini ta‘minlash va millat genofondini sog‘lomlashtirish; 
-
mamlakat aholisining yoshi, hayotiy ko‘nikmasi, bilimi, ijtimoiy holati, 
imkoniyati, sharoiti, mustaqil harakatlanishining inobatga olinganligi; 
-
model barcha bo‘g‘inlari uzviy va mantiqiy bog‘langanligi; 
-
modelda belgilangan ratsional maqsad aholi o‘rtasida sog‘lom turmush 
tarzini ta‘minlashning funksional maqsadiga ta‘sir etishi va zanjirsimon siklga 
egaligi; 
-
modelning funksional maqsadi amalga oshishi bilan o‘quvchi va talaba-
yoshlar orasidan yuqori malakali, vataniga mehr-muhabbati yuksak, o‘z 
mamlakati obro‘si uchun munosib bo‘la oladigan iqtidorli sportchilar yetishib 
chiqishi. 
Mazkur tizim 5 ta bo‘limdan tashkil topib, maktab yoshigacha bo‘lgan 
bolalarni, umumta‘lim maktablari o‘quvchilarini, o‘rta maxsus kasb-xunar ta‘limi 
tizimidagi yoshlarni, oliy ta‘limdagi talabalarni hamda ishlab chiqarish 
sohasidagi va undan tashqaridagi barcha yoshdagi fuqarolarni jismoniy tarbiya va 
ommaviy sport o‘yinlariga jalb qilish, ularning sog‘lomlik darajasini sport 
harakatlari orqali oshirishga qaratildi. 
Birinchi bo‘limning asosiy funksional maqsadi -maktab yoshigacha bo‘lgan 
bolalarda birlamchi jismoniy harakat ko‘nikmasini dastlab oila, bog‘cha va 
mahallada shakllantirish, bolalarda har kuni sport bilan shug‘ullanish 
ko‘nikmasini xosil qilish. 


229 
Ushbu bo‘limning funksional maqsadi xalq ta‘limi vazirligi, hokimliklar, 
―Bolalar sportini rivojlantirish‖, ―Sog‘lom avlod uchun‖, ―Maxalla‖ 
jamg‘armalari va boshqa tashkilotlar orqali amalga oshiriladi. 
Ikkinchi
 
bo‘limning funksional maqsadi - umumiy o‘rta ta‘lim tizimi 
o‘quvchilarining dastlabki jismoniy harakat ko‘nikmalarini jismoniy tarbiya 
darslarida va musoboqalarida mustahkamlash hamda ularning sportga bo‘lgan 
mehrini uyg‘otish orqali jismoniy sog‘lomligini ta‘minlash. ―Umid nihollari‖ 
sport musoboqalari, maktab va maktabdan tashqari sport to‘garaklari faoliyati 
orqali o‘quvchilarning sport turlariga qiziqishini kuchaytirish. O‘quvchilarning 
sport turlari bo‘yicha qobiliyatlarini aniqlash, iqtidorli yoshlarni bolalar va 
o‘smirlar sport maktablari hamda olimpiya zahiralari sport kollejlariga 
yo‘naltirish. 
Ushbu funksional maqsadlar xalq ta‘limi vazirligi, Madaniyat va sport 
ishlari vazirligi, hokimliklar, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, ―Bolalar sportini 
rivojlantirish‖, ―Sog‘lom avlod uchun‖, ―Mahalla‖ jamg‘armalari va boshqa 
tashkilotlar orqali amalga oshiriladi. 
Uchinchi bo‘limning
 
funksional maqsadi - kasb-hunar ta‘limi tizimidagi 
o‘quvchilarining jismoniy qobiliyatlarini namoyish etish, jismoniy tarbiya va 
sport kundalik extiyojiga aylangan o‘quvchilarning ―Barkamol avlod‖ sport 
musoboqalarida faol ishtirokini ta‘minlash. 
Ushbu funksional maqsadlar Madaniyat va sport ishlari vazirligi, 
hokimliklar va Milliy Olimpiya qo‘mitasi, ―Bolalar sportini rivojlantirish‖, 
―Sog‘lom avlod uchun‖, ―Mahalla‖ jamg‘armalari va boshqalar orqali amalga 
oshiriladi. 
To‘rtinchi bo‘limning
 
funksional maqsadi- oliy ta‘lim muassasalari 
talabalarining umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi tizimida sport 
turlaridan to‘plagan tajriba va mahoratlarini ―Universiada‖ sport musoboqalarida 
yanada faollashtirish, talabalarning jismoniy va ma‘naviy salomatligini 
mustahkamlash, ular orasidan yuqori malakali sportchilarni yetishtirishdan iborat. 
Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, 
hokimliklar, Milliy Olimpiya qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar orqali ushbu 
funksional maqsadlarni amalga oshirish belgilandi. 
Beshinchi bo‘limning funksional maqsadi- ta‘lim tizimida jismoniy tarbiya 
va sport harakatida toblanib, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohaga o‘tgan 
mutaxassislarning sportga bo‘lgan ehtiyojlarini sohalar bo‘yicha sport 
musoboqalari, oilaviy va boshqa o‘yinlar orqali qondirish hamda jamiyatda 
sog‘lom turmush darajasini mustahkamlash. 
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va hokimliklar, Madaniyat va sport ishlari 
vazirligi, ―Bolalar sportini rivojlantirish‖, ―Sog‘lom avlod uchun‖, ―Mahalla‖ 
jamg‘armalari va boshqa tashkilotlar orqali ushbu funksional maqsadning amalga 
oshirilishi belgilandi. 
Xulosa qilib aytganda bu tizim o‘quvchi yoshlarni sportga ommaviy jalb 
qilishda uzviylik va doimiylik, maqsadlilik va samaradorlik tamoyillariga 
asoslanib, quyidagi natijalarga erishishni ko‘zda tutadi: 
-sog‘lom turmush tamoyillarini yoshlarning qalbi va ongiga singdirish 
hamda kundalik ehtiyojiga aylantirishga yo‘naltirilgan tegishli tizimda va 
boshqaruv mexanizmini yaratish, ular orqali hududlarda ommaviy sport 
harakatlarini shakllantirish. 


230 

Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish