Mavzu dolzarbligi. Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimini isloh qilish davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri sifatida etirof etildi. Talimiy islohotlar jarayonida jahon andozalariga mos keladigan uzluksiz ta`lim tizimini yaratish, ta`lim samaradorligini yuqori bosqichlarga ko`tarish tartibiga qo`yildi.
Kurs ishining maqsadi: “Holl effekti” haqida ma’lumot berish.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, mavzu, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og’ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustivor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko’taramiz.
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqiyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuchi va imkonyatlarini safarbar etamiz . Ushbu kurs ishi ham aynan shu maqsadlarda tanlangan va yozilgan.
1. Yarim O’tkazgichlarda elektr o’tkazuvchanlik mehanizmi.
Yarim o’tkazgichli materyallarning ajoyib hossalari, ya’ni temperaturaga, yorug’likka, kirishmalar kontcentratciyasiga, bosimga, elektr va magnit maydonlarga iuqori sezgirligi Yarimo’tkazgichlar elektronika sohasini keskin rivojlanishiga olib keldi. Bunga misol tariqasida elektronikani yangidan - yangi bo’limlari: mikroelektronika, optoelektronika, akustoelektronika sohalari bilan bir qatorda magnitoelektronika sohasi ham paydo bo’ldi.
Hozirgi paytda magnitoelektronikada gal`vanomagnit hodisalar: Holl effekti va boshqalardan foydalangan holda ular asosida turli gal`vanomagnit asboblar yaratilmoqda. Ulardan amaliy qurilmalar tayyorlanmoqda. Erkin zaryad tashuvchilar (elektronlar, kavaclar) kontcentratciyasi (p, r)ni va harakatchanlik (мp,мn)ni O’lchashiing bir qancha usullari mavjud. U yoki bu usulning qO’llanishi ularning metrologik harakteristikasiga, O’lchanayotgan parametrlarni tushuntirish ma’lumotlarga boyliga, O’lchash usullarining fizik asoslari, namunaning elektrofizik hossalari, geometrik shakli va O’lchamlariga bog’liq. O’lchash usulini tanlashda bulardan tashqari uskunalarning teXnik murakkabligi, fizik kattaliclarni O’lchashdagi hatoliclarni nazarda tutish kerak. Zaryad tashuvchilar kontcentratciyasi va harakatchanligini O’lchash usullari ichida keng tarqalgani Holl effektiga asoslangan usuldir. Bu usul bilan yarimO’tkazgach namunada n мn ni O’lchashdan tashqari, elektr O’tkazuvchanlik tipini ham aniqlash mumkin. Zaryad tashuvchilar kontcentratciyasi va harakatchanligini temperaturaga bog’liqligini O’lchab, taqiqlangan zona kengligini, kirishmalarning mahalliy energetik sathlari, ionizatciya energiyasi, kirishma atomlarning kontcetratciyasi va zaryad tashuvchilarning sochilish mehanizmlarini aniqlash mumkin.
Yarimo’tkazgich materyalga turli tashqi kuchlar(elektr va magnit maydon) ta’sir qildirib ko’raylik. Bunda zaryad tashuvchilar muvozanatsiz holatda bo’ladi: tashuvchilarning yo’nalishli ko’chishi – ko’chish hodisasi paydo bo’ladi. 1- rasmda kristallga elektr, elektr va magnit maydon kuchlari ta’siri kO’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |