Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги



Download 315 Kb.
bet8/26
Sana16.03.2022
Hajmi315 Kb.
#497577
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
1.Театр тарихи 777

20- mavzu. Nemis teatri.
Nemis teatrida ekspressionizm oqimini tarqalishi. XX asrning 19 - 20yillaridan Brext tomonidan nemis dramaturgiyasida realistik prinsiplarni amalga oshirilganligi.
Brextning "epik teatr" sistemasi va bu sistema asoslarini "Uch mirilik opera", "Onaizor Kuraj va uning bolalari" asarlari orqali amalda namoyon etganligi. Bu qoidalarni sahnada 1949 yili ochilgan "Berlin ansambli" teatri misolida ro‘yobga chiqarganligi.
Yelena Vaygel Onaizor Kuraj rolini eng yaxshi ijro etgan va Brext "epik teatr"i talablarini aktyor ijrochiligida ro‘yobga chiqargan san’atkor ekanligi.
21- mavzu. Italyan teatri.
Luidji Pirandello italyan dramaturgiyasini Yevropa teatrlariga olib kirgan, "Olti personaj muallifini izlaydi" pesasi bilan hayot va ijod mutanosibligi muammosini idrok etgan atoqli dramaturg ekani. Pirandelloning "Payvand" asari va uni Abror Hidoyatov ulkan muhabbat va ishonch, e’tiqod dramasi tarzida talqin etilishi.
Italyan sahnasida Irma va Emma Gramatika tomonidan Duze an’analarini davom ettirilganligi.


22- mavzu. Ispan teatri.
Garsia Lorka dramaturgiyasida erkinlik va go‘zallik mavzusini tarannum etilishi. Lorkaning "dehqon tragediyalari", "Qonli to‘y" dramasi va uni Muqimiy nomli teatrda sahnalashtirilganligi.
Lorkaning "Bernarda Alba" asarida shaxs erkinligi g‘oyasini ifoda etilishi.


Amerika Qo‘shma Shtatlari teatri.
AQSH milliy dramaturgiyasini XX asrning boshlarida rivojga kirganligi. Yujin O'Nil va uning dramatik asarlarini XX asr birinchi yarmi Amerika sahnasida yetakchi o‘rinni egallaganligi. "Kit yog‘i", "Qayrag‘och soyasida" asarini Samarqand teatrida qo‘yilishi.
AQShda XX asrning birinchi yarmida ommabop teatrlarni keng rivojlanganligi. Bora - bora teatrlarni "Brodvey", "nobrodvey" ya’ni tijoriy va doimiy ishlovchi ommabop teatrlarga ajralishi.


23- mavzu. XX asrning ikkinchi yarmida g‘arb teatri. Fransuz teatri
Jan Pol Sartr ekzistensializm falsafiy oqimining asoschisi va o‘z dramaturgik asarlarini shu falsafiy ta’limot nuqtai nazaridan yozganligi. "Pashshalar" dramasi va uni akkupatsiya yillari xalqni fashizmga qarshi kurashga chorlovchi asar sifatida sahnaga talqin etilishi.
Fransuz absurd teatri. Ionesko va S. Bekket absurd teatrining asoschilari sifatida fransuz, shu jumladan boshqa Yevropa teatrlariga yangi estetik ifoda usullari bilan ta’sir ko‘rsatganligi.
Fransuz sahna san’ati. Jan Vilar, Jerar Flipp singari atoqli rejissyor va aktyorlar ijodi samarasi o‘laroq milliy xalq teatri va eng sara ijodiy an’analarni yangi sharoitda yashashda davom etganligi.


Ingliz teatri.
"Alamzada yoshlar" dramaturgiyasi XX asr ikkinchi yarmi ingliz teatri rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatganligi. Jan Osborn bu yo‘nalish dramaturgiyasini "Qahr ila boq" dramasi bilan boshlab berganligi. "Qahr ila boq" asarini ingliz sahna san’ati tarixida muhim bosqichga aylanganligi.
Ingliz sahna san’ati. L. Olive, Dj. Gilgud kabi mashhur tragik aktyorlar, Piter Bruk, Pol Skofilddek bir - biriga hamkor bo‘lib "Gamlet", "Qirol Lir" asarlarini yangicha talqin etgan rejissyor va aktyor tufayli yangi taraqqiyot bosqichga ko‘tarilganligi.



Download 315 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish